Alisher Navoiy gʻazallarida muvozana san'ati Abduvaliyeva Zarina Botir qizi



Download 11,79 Kb.
Sana02.04.2022
Hajmi11,79 Kb.
#524257
Bog'liq
2 5456657964184114306


Alisher Navoiy gʻazallarida muvozana san'ati
Abduvaliyeva Zarina Botir qizi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat õzbek tili va
adabiyoti universiteti õzbek filologiya fakulteti talabasi
zarinaabduvaliyeva5@mail.ru
+99899-043-17-49

Annotatsiya


She'riy san'atlar ichida musiqiyligi bilan ajralib turadigan muvozana san'ati gʻazal baytlarida õzgacha ohangni kasb etadi. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy ijodida ham muvozana san'atidan keng foydalanilgan.Mazkur ilmiy axborotda shoirning ba'zi baytlari misolida muvozana san'atining boshqa she'riy san'atlar bilan õxshashlik va farqli jihatlarini qiyoslab tahlil qilingan.
Kalit sõzlar
She'riy san'atlar, lavziy san'atlar, muvozana, vazn, hijo, bayt, raviy.
Аннотация
Среди поэтических искусств искусство равновесия, отличающееся своей музыкальностью, приобретает особую мелодичность в стихах газелей. Великий мыслитель Алишер Навои также широко использовал искусство равновесия в этой работе.
Ключевые слова
Поэтическое искусство, риторическое искусство, мувозана, вес, хиджа, байт, рассказчик.
Annotation
Among the poetic arts, the art of balance, which is distinguished by its musicality, acquires a special melody in the ghazal verses. The great thinker Alisher Navoi also widely used the art of balance in this work.
Keywords
Poetic arts, rhetorical arts, muvozana, weight, hija, byte, narrator.

Sharq mumtoz adabiyotining, shu jumladan, õzbek mumtoz she’riyatining õziga xosligini, milliyligini, latofati-yu nazokatini, rang-barangligini, estetik gõzalligini, jozibadorligi-yu ta’sirchanligini namoyon qiluvchi vasitalardan biri bu badiiy san’atlardir. She’r san’atlari o’zbek mumtoz adabiyotida shu qadar ko’p va rang-barangki, ularning umumiy miqdorini aniqlash qiyin. Jumladan, sõz san'ati bilan dunyoga kelgan badiiy nafosat ham ming yillar davomida õzgarmasdan,qalblarni doim ohanrabodek õziga tortib kelmoqda.Qariyb ming yillik tarixga ega mumtoz adabiyotimizda badiiyat masalasi she'r ahlining doimo e'tiborida bõlgan. Qaysidir ijodkor haqida sõz borganda, birinchi õrinda, uning nimani qanday tasvirlaganiga diqqatimizni


qaratamiz, chunki adabiy asarlarda she'riy san'atlardan foydalanish mahorati hamma asrlarda badiiy san'atkorlikning asosiy qirralaridan biri sifatida baholangan.Biror-bir badiiy asarga yoki bõlmasa, biror shoir ijodiga baho beradigan bõlsak, ijodkor ifodalayotgan badiiy timsollar bilan birgalikda asarda qõllanilgan she'riy san'atlarning nihoyatda jozibali ekanligi diqqatimizni tortadi, negaki ayni shu omillar asarning mazmunini ochishga xizmat qiladi. Adabiyotda she'riy san'atlardan foydalanish shoir badiiy salohiyatini kõz –kõz qilish, uning xilma-xil san'atlaridan mohirona foydalanish usullarini namoyish etish emas, balki ijodkor badiiy tafakkur dahosining kõlami, yuksak ijtimoiy – axloqiy gʻoyalarni jilolantirish san'atkorligi ifodasi bõlib kelgan. Shuningdek, yaratilgan lirik she'rlardagi badiiy tasvir vositalari har bir kishiga orom beradi, ular insonlarga yoqimli kayfiyat, butun qiyinchiliklarni mahv etishga qodirdek kuch –qudrat bagʻishlaydi.
Aliser Navoiy asarlarida qõllanilgan she'riy san'atlar esa fikrimizning yorqin dalilidir. Alisher Navoiy asarlarida she'riy san'atlardan mohirona foydalanilgan. Gʻazallarida mazmun va shakl birligini uygʻunlashtirgan shoir badiiy san'atlarning jozibasini yaqqol kõrsata olgan. Navoiy qõllagan she'riy san'atlar ichidan muvazana san'ati õzining musiyqiyligi, ohangdorligi, jozibasi bilan ajralib turadi.
Lafziy san'atlar tarkibiga kiruvchi muvozana san'ati oʻzining badiiyati bilan boshqa she'riy san'atlardan ajralib turadi. "Vazn (õlchov) jihatidan tengdoshlik" ma'nosini ifodalovchi muvozana sõzi bilan ataluvchi ushbu san'at bayt misralaridagi barcha sõzlarning vazn (õlchov) jihatidan õzaro teng bõlishini nazarda tutadi.
Telba kõnglum / poyasigʻa / anbarin ban /ding iloj,
- V - - / - V - - /- V - - / - V ~
Foilotun. Foilotun. Foilotun. Foilon
Xasta jonim /za'figʻa la' / li shakarxan / ding iloj.
- V - - / - V - - / - V - - / - V ~
Foilotun. Foilotun. Foilotun. Foilon
[ "Badoye' ul-vasat" 93-gʻazal. 51- bet ]
Mazkur baydagi telba-xasta, kõnglum-jonim, poyasigʻa-za'figʻa, banding-shakarxanding soʻzlari orqali muvozana san'ati yuzaga keltirilgan. Misralardagi soʻzlarning bu xil muvofiqligi baytlar ohangdorligini, musiqiyligini kuchaytirishga xizmat qiladi. Ushbu san'at qõllangan baytlarda zulqofiyatayn usuliga ham murojaat qilinib, misralardagi ikkitadan sõzni qofiyadosh qilinnsa, bayt nafosati yanada kuchayadi.
Har kun õtgan / kechadin o / shufta kõnglum / zor(i)roq,
- V - - / - V - - / - V - - / - V ~
Foilotun. Foilotun. Foilotun. Foilon
Har tun õtgan / kundin ashkaf / shon kõzum xun / bor(i)roq.
- V - - / - V - - / - V - - / - V ~
Foilotun. Foilotun. Foilotun. Foilon
[ " Badoye' ul-vasat" 311-gʻazal. 167-bet ]
Keltirilgan baytda ham muvozana san'atining gõzal na'munasini kõrishimiz mumkin. Baytda muvozana san'ati orqali qarshilantirish ma'nosi ham ifodalangan. Ya'ni har kun va har tun sõzlari bir-biriga zid qõyilgan.
Manga lazzat / sening zikring,/ manga quvvat / sening fikring,
V - - - / V - - - / V - - - / V - - -
Mafoiylun Mafoiylun Mafoiylun Mafoiylun
Manga ishrat / sening vasling, / manga toat / sening yoding.
V - - - / V - - - / V - - - / V - - -
Mafoiylun. Mafoiylun Mafoiylun. Mafoiylun
[ "Badoye'ul-vasat" 345-gʻazal. 185-bet ]
Muvozana san'ati sõzlarning õzaro uygʻun ravishda qõllanilishiga kõra boshqa she'riy san'atlarga ham õxshab ketadi. Masalan tarsi' san'atini muvozanadan farqlash lozim. Muvozanada bir qarashda barcha sõzlar õzaro qofiyadosh bõlib kõrinsa-da, aslidasõzlar tengligi va õzaro vazndoshligi hisobiga ritm hosil qilinadi.[ "Aruz vazni qoidalari va mumtoz poetika" 156- bet]
Ishqing gʻa / mida diyda / i giryoni / ma rahm et,
- - V / V - - V / V - - V / V - -
Maf'uvlu. Mafoiylu. Mafoiylu. Fauvlun
Hajring tu / ni da nola / i afgʻoni / ma rahm et.
- - V / V - - V / V - - V / V - -
Maf'uvlu. Mafoiylu. Mafoiylu. Fauvlun
Baytdagi ishqing-hajring, gʻamida-tunida, soʻzlari mumtoz poetika talablariga kõra qofiyadosh emas, ularning õzagida raviy tovushi ishtirok etmayapti.
Muruvvat bar / cha bermakdir,/ yemak yõq,
V - - - / V - - - / V - -
Mafoiylun. Mafoiylun. Fauvlun
Futuvvat bar / cha qilmakdur, / demak yõq.
V - - - / V - - - / V - -
Mafoiylun. Mafoiylun. Fauvlun
Shoirning navbatdagi fardi misralaridagi muruvvat-futuvvat, yemak-demak sõzlari qofiyadosh bõlib kelgan, bermakdir-qilmakdur sõzlari õlchov jihatidan teng, barcha va yõq sõzlari esa aynan takrorlanuvchi hojib va radifdir. Ikkitadan sõzning qofiyadoshligi baytga nafis bir ohang baxsh etgani kõzga tashlanib turadi. Bu ham õz navbatida tarsi' san'atiga misol bõla oladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, buyuk mutafakkir shoirimiz Alisher Navoiy ijodidagi badiiy san'atlar har tomonlama mukammal, õzining badiiy nafosati bilan xilma-xil ifoda usullari bilan berilgani õzbek tilimizning naqadar boyligi va jozibaliligi, shuningdek nozik va teranligini ifodalashini kõrsatib turibdi. Bularni chuqur õrganish yangi har bir õzbek farzandi uchun zarur deb bilaman.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Alisher Navoiy " Badoye' ul- vasat" 20 tomlik. Toshkent-1990;
2. Anvar Hojiahmedov " She'r san'atlarini bilasizmi?" "Sharq" nashriyoti manbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati Toshkent - 2001;
3. Anvar Hojiahmedov " Mumtoz badiiyat malohati " Sharq" nashriyoti manbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. Toshkent - 1999;
4. www.ziyouz.com.kutubxonasi ;
5. Boltaboyev H. "Sharq mumtoz poetikasi " Õzbekiston Milliy ensiklopediyasi. 2008;
6. Anvar Hojiahmedov "She'riy san'atlar va mumtoz qofiya" " Sharq" nashriyoti manbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. Toshkent-1998
Download 11,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish