Xoja Muayyad Devona — Hazrati Shayx avlodidindur. Oʻzi oshuftadimogʻ kishi erdi. Ammo
nazmi ravon va salis voqe’ boʻlur erdi. Anga saltanat da’vosi bor erdi. Hamul ish ustiga ani
zoye’ qildilar. Bu matla’ Xoja Hofiz javobida aningdurkim:
Chashm dorem az on sham'i saodat partav —
Ki, jahonro bidihad ravshani az sari nav
(55)
.
Goʻyo ani talaf qilgʻonda soʻngokin topmadilarki, bir yerda qoʻygʻaylar.
Xoja Muayyad Mehna — Hazrat Shayx Abusaid Abulxayr
(56)
(quddisa sirruhu)ning
nabiralaridindur. Yillar mazor boshida shayx erdi va zohir ulumin takmil qilib erdi va va’z
majolisi bagʻoyat garm va purshoʻr voqe’ erdi. Va Xoja samo’ni dagʻi muassir qilur erdi.
Salotin Xojani ta’zim qilurlar erdi. Bu matla’ aningdurkim:
Do'stlaringiz bilan baham: |