Mavlono Sher Ali — olamning mashohiridindur. Oʻz zamonida «nashta’liq» xatin andoq
bitidikim, hech kishi taqlid qila olmadi, balki mushkilki, hargiz ham taqlid qilsa boʻlgʻay.
Tab’i ham tasavvuf va ham muammo va soyir fazliyotda yaxshidur. Holo muddatedurkim,
inzivo ixtiyor qilibdur. Va oʻz nomurodligʻigʻa mashgʻuldur. Va el bila ixtiloti yoʻqturkim,
tengri bu davlatni har kimga hamki, faqr davlatigʻa tolibdur anga arzoniy tutsin.
Mavlono Sulton Ali
(67)
— mashhadligʻdur. Bu kun Xurosonda va olamning aksar
bilodida «nasx ta’liq» xatida qiblat ul-kuttobdur va kitobat mulkining qalamravi yak
qalama anga musallamdur. Oncha hamida axloq va guzida atvor bila orosta va
pirostadurkim, sharhidin qalam tili ojiz va husni xulqda naziri yoʻqtur va tab’i dagʻi xub
voqe’ boʻlubtur. Bu matla’ aningdurkim:
Do'stlaringiz bilan baham: |