Mavlono Abdulvose’ — insho fanida mohir, bagʻoyat sabukruh kishidur, ul
gʻoyatqachakim, xuffat va taxattukga bosh tortar. Zurafo aning bila mutoyiba koʻp
qilurlar. Ul shirin iztiroblar qilurki, yana mu’jibi hazl boʻlur. Safohat qilsa ham, eldin
qutulmas. Anga bu mansab Xoja Majdiddin Muhammad davlatidin yetishti. Derlarki,
aning uchun besh yuz baytdin ortuq hajvi bor va soyir xalq uchun ming baytdin ortuq. Bu
matla’ aningdurkim:
Ey kashida turki chashmat dar qamon payvasta tir,
Mohi nav gasht az kamoni abruvonat goʻsha gir
(59)
.
Do'stlaringiz bilan baham: |