Xoja Afzal
(29)
— Kirmon mulkining ashrofidindur. Tab’i va axloqi xub
mutaanniy va mutavoze’ yigitdur. Ahli qalam bu zamonda barcha
muttafiqdurlar mungakim, siyoq va daftar va hisob va zarb va qismat
ilmida benaziri davrondur. Oʻn besh yilga yaqin hazrat Sulton sohibqiron
qullugʻida vazorat devoni aning ixtiyori erdi. Majdiddin Muhammad
buzugʻligʻidakim, ahvoliga futur yetmagan kishi qolmadi, ani dagʻi
podshohqa yomon koʻrguzdikim, zaruratidin jalo ixtiyor qildi. Ammo ul
safarda Makka ziyoratigʻa musharraf boʻldi. Balki mirhojliq mansabi anga
mufavvaz boʻldi. Har necha ul mamolik salotini mulozamat taklifi qildilar,
qabul qilmadi, debturkim: «Agar qulluq qilsam, oʻz podshohimgʻa
Do'stlaringiz bilan baham: |