Sulton Husayn
(12)
— «Xatmiy» taxallus qilur. Shayx Bahlulbekning oʻgʻlidur.
Agarchi otasi holo faqr tariyqin ixtiyor qilib goʻsha tutubdur, ammo Sulton
sohibqiron davlatidin Xorazm taxtida hukumat qilib, amorat devonida muhr bosti
va ogʻasi yillar Balx (qubbat ulislomiy)da hukmron erdi. Oʻzi faqirvash va
nomurodsheva yigitdur. Tab’i ham xoli az salomat emas. Bu matla’ aningdurkim:
Maro bis’yor mushkil menamoyad furqati jonon,
Majolis un-Nafois (I- qism)
Alisher Navoiy
87
library.ziyonet.uz/
Vidoi joni shirin hast dushvor, ey musulmonon
(13)
.
Mir Ibrohim — Sulton Husaynning oʻgʻlidur va faqirning ogʻasining nabirasidur.
Faqir oni oʻgʻil, chilay asrabmen.
Muhammad Solih
(14)
— ismi munosabati bila «Solih» taxallus qilur. Nur
Saidbekning oʻgʻlidurkim, koʻp vaqtlar Chahorjoʻy navohisidin Adoq navohisigʻa
degicha amorat qildi va Sulton Abu Said Mirzo eshigida, Ulugʻbek va Joʻgi Mirzo
eshigida sohib ixtiyor va jumlat ul-mulk erdi. Ammo bagʻoyag badfe’l va badxulq
kishi erdi. Oʻzi muloyim yigitdur. Atvorining otasi atvorigʻa nisbati yoʻqtur. Anga
ham gʻarib sahv tushtikim, Sulton Sohibqiron qullugʻidin gʻaybat ixtiyor qildi.
Ba’zi derlarkim, bexudligʻ olamida yomon musohiblar ani bu yomon yoʻlgʻa
tutubturlar. Tab’ida xeyli diqqat birla choshni bor. Xatqa ham qobiliyati koʻpdur.
Bu matla’ aningdurkim:
Nayam oshufta gar poʻshida kokul mohi tobonash,
Chi gʻam az tiragii shab, chu boshad subh poyonash?
(15)
Sheram — Xurosonning odamizodalaridindur. Solim nafsliq va salim tab’liq
yigitdur va tab’i nazm tavrida koʻp muloyimdur. Bu matla’ aningdurkim:
Yoridin har kim tushar ayru parishonligʻ chekar,
Vasl qadrin bilmagan mendek pushaymonligʻ chekar,
Bu forsiy matla’ ham aningdurkim:
Mashav nosih ba koʻi aqlu donish rahnamun Moro
Nadorem ixtiyori to chi farmoyad junun moro
(16)
.
Mir Ishqiy Jahon Malikbekning nabirasidurkim, gʻoyat taayyundin goʻyoki ta’rifi
hojat emas. Amir Yodgorbekkim, zikri yuqori oʻtti, inisining oʻgʻlidur va otasi
Aloulmulk dagʻi tab’din xoli emas erdi. Tab’i yaxshidur. Bu matla’ aningdurkim:
Zi bahri on ki oyad qissai jononi man berun,
Zi xubon har zamon dar anjuman oram Suxan berun
(17)
.
Mir Ali Doʻst — «Rafiqiy» taxallus qilur. Alaykabek
(18)
ning nabirasi boʻlur. Aning
sha’ni andin azimroq va shuhrati andin koʻprokdurkim, sharh qil-moq bila kishi
oni elga tanitqay. Otikim, mazkur boʻldi, basdur. Anga ma’ruf madrasa va
goʻrxona va raboti basdur. Oʻzining tab’i muloyim tushubtur. Bu matla’
aningdurkim:
Do'stlaringiz bilan baham: |