Mavlono Hamdamiy — mashhadlikdur. Kosagarlik san’atin bilur. Bu matla’
aningdurkim:
Be ruxat motamu gʻame doram,
Motamiyu chi motame doram
(122)
.
Mavlono Najmiy — ham mashhadligʻdur. Jomabofliq hirfasigʻa mansubdur. Bu matla’
aningdurkim:
Saram on behki, zi savdoi tu dar po boshad,
Chun nadidam sari onatki, sirrimo boshad
(123)
.
Sayidzodai Munshiy — tab’ida xeyli diqqat bor. Ammo abluk yoʻsunluq
(124)
yigitdur. Bu
matla’ aningdurkim:
Yor bar holi manu agʻ’yor az afgʻoni man girist,
Bar manu bar holi man ham doʻst, ham dushman girist
(125)
.
Mavlono Osimiy — hiriyliqdur. Otasi obodon kishidur. Savdo va tijorat bila maosh
oʻtkarur erdi. Oʻzi tolibi ilmligʻ qilur ham nazm aytur. Bu matla’ aningdurkim:
Chun otasham zi hajri tu bar sar zanad alam,
Sozam ravon chu sham’ zi girdobi dida nam
(126)
.
Do'stlaringiz bilan baham: |