Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Nasoi m  ul -M uhabbat ( I-  qi sm)



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/108
Sana25.01.2022
Hajmi0,9 Mb.
#408647
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   108
Bog'liq
nasoyim ul-muhabbat

Nasoi m  ul -M uhabbat ( I-  qi sm)  
Alisher Navoiy
 
 
56 
library.ziyonet.uz/ 
 
tirilturur, ya’ni mendan oʻldiradi, oʻzi bilan tiriltiradi]
(3)
. Va ham ul debdurkim, bu 
oyat tafsirida [albatta, «Parvardigorimiz Allohdir» deb, soʻngra «ustuvor boʻlgak 
zotlar...», Ibn Ato bu oyatdagi «ustuvor turishlikni» qalbni yolgʻiz Allohga bogʻlash, 
deb izohlaydi]
(4)

 
Va u ham ul debdurkim, [adab –doʻst tutilgan narsalar (yaxshiliklar). bilan 
toʻxtashdir. Buning ma’nosn nima?–deb soʻraganlarida, aytdi: Allohga pinhon va 
oshkor adab bilan muomala qilsang, ajamiy boʻlsang ham adabli hisoblanasan. 
 
She’r: 
Soʻzlasa, soʻzining bari ma’noli 
Va gar sukut qilsa, bari malohat]
(5)

Shayx ul-islom debdurki, adab uldurki, Haq s. t.gʻa ibodat qilurda suv va tufroq va 
nafs ruunatidin qoʻpqaysen va demagaysenkim, men va kirdorim, degaysenki, ul va 
tavfiqu iyoyati. 
169.
 
A
BU 
S
OLIH 
M
UZAYYIN Q
.
 T
.
 S
 
Oʻz roʻzgornning akobiridin erdi. Ibn Ato bilasu suhbat tutub erdi. Sohibi xilvat erdi, 
Sahl b. Abdulloh Tustariy debdurki, manga orzu erdikim, Abu Solih bila suhbat 
tutqaymen. Bir qatla Haramda ani koʻrdum va ul orzuni zohir qildim. Dedikim, zy 
Sahl, tongla Abu Solih oʻlsa, kim bila suhbat tutqungdur? Dedim: bilmon. Dedi: holo 
hamul sogʻinki, ul oʻlubdur va koʻzumdin nopaydo boʻldi. 
170.
 
A
BULABBOS 
A
RZIZIY Q
.
 S

Shayx ul-islom debdurki, ul dediki, Abulhasan Abbodoniy dedikim, men va bir 
darvesh Basragʻa kirduk. Olti kun taom topmaduk yeguli. Yettinchi kun birav kelib, 
har birimizga bir diram berdi. Biriga taom yeb, birini mallohga berdukkim, bizni 
kemaga kivurdi. Kemada koʻrar erdukkim, darveshe boshin xir qasigʻa chirmabdur va 
hech kim bila soʻzlashmas. Anga dedukki, biz sening yoronlaringbiz, bizing bila 
soʻzlash va har nima keraklik boʻlsa, bizga buyur: Dedikim, tongla namozi peshin 
men bu dunyodin borurmen Siz mallohqa iltimos qilingki, kemani qiroqqa tortsun. 
Sohilda beshaye boʻlgʻusidur. Bir ulugʻroq yigʻoch tubida mening takfinu tajhizim 
tayyor boʻlgʻusidur, meny anda dafi qiling va bu muraqqa’imni zoye’ kilmang: 
Hillaga yetkanda bir latif va zarif yigit 
(6)
u muraqqa’ni sizdin tilagusidur, anga bering: 
Yana bir koʻp namozi peshinni guzarladi va boshini muraqqa’gʻa tortti. Chun tahqiq 
qilduq, oʻtub erdi. Malloh kemani sohilgʻa tortqach, ul aytqondek, besha orasida 
ulugʻroq yigʻoch tubida qazilgʻon goʻr va barcha asbob tayyor erdi. Ani dafi qilib, 
muraqqa’ni olib, Hillagʻa mutavajjih boʻlduk. Ham ul aytqondek, zebo yigit oʻtru 
kelib, ul amonatni tiladi. Anga topshurib dedukki, albatta bizga aytki, ul kim edi va 
sen kimsen? Dedi: ul bir darvesh edi. Oʻtar chogʻda bu vadiatni topshirgʻali kishi 
tiladi, mani anga koʻrguzdilar. Bular tahqiq qilgʻandin soʻngra andak ma’lum 
qildilarkim, ul yigit Hillaning raisining oʻgʻli ekandur. Otasigʻa ul hol ma’lum 
boʻlgʻach, shukrlar qilib, ayttikim, bihamdillahki, mening sulbumdin andoq kishi 
vujudgʻa keldi. Shayx ul-islom debdurki, xaloyiq orasida tirik oʻlukdin meros olur, 
gʻayri bu toifakim, oʻluk tirikdin meros olur. Va ham dedikim, hech kishi valoyat 



Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish