Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Majol i s  un-Nafoi s  (II -  qism)



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/118
Sana31.12.2021
Hajmi0,62 Mb.
#270892
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   118
Bog'liq
Alisher Navoiy - Majolis un nafois 2-qism

Majol i s  un-Nafoi s  (II -  qism) 
Alisher Navoiy 
 
71 
library.ziyonet.uz/ 
 
On Miri balandqadr, oliy rutbat, 
Chun kard az in jahon ba jannat rixlat, 
Az soli vafotu joyi u pursidam, 
Dodand javobi manki, jannat, jannat! 
(Tarj: Yuksak qadrli [va] oliy martabali ul (A) Mir bu jahondan jannatga ravon 
boʻlganida, men vafot yili bilan uning joyini soʻradim. Menga «Jannat, jannat» — deb 
javob berishdi. soʻzlaridan «abjad» hisobida Navoiyning vafoti yili 906 (1500—1501 y.) 
chiqadi. 
 
14. Tarj.: Muxtasib (shariatga xilof ishlarni tekshiruvchi) mayxonadan oʻtarda may 
quyqasini toʻkib tashlamadi. Boshimizga bir balo kelib edi-yu, lekin yaxshilik bilan oʻtdi. 
 
15. Mavlono Binoiy — Kamoliddin Ali ibni Muhammad Sabz (tugʻ. 1453, Hirot — vaf. 
1512, Nasaf (hozirgi Qarshi) shoir, tarixchi, musiqachi. Otasi Muhammad Sabz banno — 
binokor, boʻlgani uchun shunday taxallus tanlagan. She’r yoza boshlaganida «Xoliy» 
taxallusini qoʻllagan. Jomiy va Navoiy adabiy maktabida voyaga yetishgan. 1487 yil 
Tabrezga Sulton Ya’qub saroyiga ketgan. 1491 yil Hirotga qaytgan. Soʻngra 
Samarqandda 1500 yildan boshlab Shayboniyxon saroyida xizmatda boʻlgan. 1510 
yillardan Nasafda istiqomat qila boshlaydi. Binoiy 1512 yilda Eron shohi Ismoil 
Safaviyning Shayboniyga qarshi yurishida Qarshidagi qatli omda shahid boʻladi. 
Binoiyning 3 ta devoni, «Behruzu Bahrom» nomli dostoni, «Majma’ ul-gʻaroib» (Ajoyib 
toʻplam) nomli qasidasi, «Shayboniynoma» va «Futuxoti xoniy» (Xon gʻalabalari) degan 
tarixiy asarlari, «Nuh rang» (Toʻqqiz rang) va «Savt un-naqsh» (Naqsh savtlari) nomi 
ostida musiqaga oid ishlari ma’lum. Binoiyning tarixi asarlari Muhammad Shayboniyxon 
xonadoni, shaxsiyati va hukmronligi, yurishlari voqealarini qamrab oladi. 
 
Navoiy bilan Binoiy orasida qandaydir ziddiyat, toʻqnashuvlar boʻlgani haqida Bobur 
ma’lumot beradi va ba’zi latifaga oʻxshash voqea, gaplarni keltiradi. Har qalay, 
Navoiyning Binoiy haqidagi maqolada unga haqqoniy baho bergani, iste’dodini madh 
etgani, «Soqiynoma»da yodga olgani ular munosabatida keskin adovat boʻlmaganligidan 
dalolat beradi. Binoiy ijodi haqida katga tadqiqot yaratgan olim akad. A.Mirzoyev bu 
masalani izchil tekshirgan hamda Binoiyning Navoiy haqidagi ta’riflarini keltirib ijobiy 
dalillab bergan. 
 
16. Tarj.: Kimki yorimning koʻzlarini surma bilan qoraytirgan boʻlsa, xuddi surmadek 
mening roʻzgorimni (hayotimni) qora qildi. 
 
17. Mavlono Muhammad Badaxshiy— qarang: ushbu kitob, IVmajlis. Xondamir va 
Vosifiy uning Navoiyga 30 yil xizmat qilgan yaqin kishilaridan boʻlganligini e’tirof 



Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish