Majol i s un-Nafoi s (II - qism)
Alisher Navoiy
67
library.ziyonet.uz/
bahrayn» (ya’ni, ikki daryoning toʻplanish joyi) boʻladi; Chunki har bir yigʻlayotgan koʻz
chashmasidan bir daryo hosil qilgan.
120. Tarj.: Ey noz qilishga oʻrgangan, biz senga yolboruzchilarmiz. Seni zamona ajoyib
koʻngil oluvchi qilib yaratgan (ekan).
121. Mavlono Lutfiy (tugʻ. 1366, Hirot—vaf. 1465) — shoir, tasavvuf bilimdoni. Navoiy
soʻzi bilan aytganda, forsiy va turkiyda oʻxshashi yoʻq soʻz san’atkori. Lutfiy devoni
gʻazal, tuyuq, qit’a, ruboiy, qasida va fardlardan tarkib topgan. Navoiy “Nasoyim ul-
muhabbat”da Lutfiyga alohida maqola bagʻishlaydi. Unda, jumladan, yozadi: «Agarchi
shoirlik tariqida ma’ruf va mashhur boʻldi, ammo darveshlik tariqini dogʻi ilkidan
bermadi. Bu faqir borasigʻa koʻp iltifoti bor erdi va fotihalar oʻqur erdi». Lutfiyning
Shohrux Mirzo, Boysungʻur Mirzo va Abdurahmon Jomiylarga goʻzal qasidalari bor.
Lutfiy «Gul va Navroʻz» nomli doston ham yozgan. Lekin bu asarni Lutfiy qalamiga
mansub emasligi haqida adabiyotshunosligimizda munozaralar olib borildi. Lekin masala
hamon hal boʻlgani yoʻq.
122. Tarj. Tunga oʻxshash zulfingdan quyosh [yuzing] soyaparvardir; Tun kabi zulfingda
oy oʻrniga quyosh chiqqandir.
123. Tarj.: Agar oshiqlar dilining ishi chin kofirga tushsa, shu singari bemehr, badfe’lga
tushgandan qoʻra yaxshidir.
124. Mavlono Yaqiniy — (XV asr) shoir. Yaqiniyning nasrda yozilgan «Oʻq va Yoy
munozarasi» oʻzbek adabiyotida shu janrning yetuk namunasi sanaladi. Birinchi boʻlib bu
munozarani E.Rustamov “Uzbekskaya poeziya v pervoy polovine XV v” nomli asarida
atrofli tahlil etib bergan.
125. Tarj.: Bir nafas boʻlsa ham quyoshga dam urmagan tong sensan, mevasidan hech
kim yeya olmaydvgan daraxt sensan.
126. Mavlono Atoiy — (XV asr) shoir. Adabiyotshunosligimizda bu shoir she’riyati ham
bir tomonlama, faqat dunyoviy muhabbat kuychisi (Lutfiy kabi) sifatida talqin qilinib
kelar edi. 1991 yil S. Rafiddinov nashr qildirgan Atoiyning toʻla devoni soʻz boshisida
shoirning tasavvufiy she’rlari tahliliga ham urinishni koʻramiz:
127. Mavlono Sakkokiy — (XIV asr oxiri —XV asr birinchi yarmi) shoir. Mirzo
Ulugʻbek davrida kamolga erishgan va she’rlari bilan shuhrat qozongan. Sakkokiy Xoja
Muhammad Porsoga, Xalil Sulton (qarang: 219-bet, 41 izoh)ga atab bittadan va Ulugʻbek
Mirzoga atab 5 ta qasida yozgan. Ulugʻbek Mirzoning Amiri kabiri Arslon Xoja
Tarxonga ham 4 ta qasidasi bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |