Majol i s un-Nafoi s (II - qism)
Alisher Navoiy
93
library.ziyonet.uz/
etiladi.
42. Tarj.: Hilol shaklidagi qoshlaring namli koʻzlardan nari ketmadi. Toʻgʻri, baliq ham
daryodan quruqlikka chiqmaydi.
43. Faxriy — «Majolis»ning birinchi tahririda bu shoir yoʻq, u keyin ikkinchi tahrirda
(1498 yil) kiritilgan. Forsiy tarjimalar ham asos e’tibori bilan avvalgi tahrir matnidan
qilingan. Fikrimcha, bu «Majolis»ning birinchi tarjimoni Faxriy Hirotiy boʻlishi kerak.
Faxriyning toʻla ismi Sulton Muhammad ibn Amir Muhammad (tugʻ. yili noma’lum,
Hirot — vaf. 1562—63, Hindistoi) shoir va adabiyotshunos. Asarlaridan «Latoifnoma»
nomi ostidagi «Majolns un-nafois» tarjimasi. 189 nafar yangi shoirlar haqidagi
ma’lumotni ilova qilgan. «Tuhfat ul-habib» (Doʻstlar tuhfasi), «Javohir ul-ajoyib»,
«Ravzat us-salotin» (Sultonlar jannati) kabi turli mavzudagi asarlari va «Sano’ ul-hasan»
(Goʻzal san’atlar) nomli badiiyat masalalariga bagʻishlangan risolasi, «Radoyif ul-
ash’or» degan har-xil shoirlar she’riyatidan radiflar boʻyicha tuzilgan majmuasi ma’lum.
Shuningdek, Faxriy qalamiga «Haft kishvar» (Yetti mamlakat) nomli afsona, asotirlar va
axloqiy masalalardan baxs etuvchi asar hamda taxminan 5 ming baytdan iborat she’rlar
devoni ham mansub, degan ma’lumotlar bor.
44. Ey sarvi nozanin, hech vaqt senga dil mehribon boʻlmagan deb aytding. Sendan
[mening] bunday gumonim boʻlmagan.
45. Sayid Ja’far Muhammad Qazviniy yozishicha, bu shoirning devoni oʻsha davrlarda
mashhur boʻlgan ekan.
46. Tarj.: Goʻzalim zulm zanjiriga qoʻl solib, Hizr obi hayotini tashna odam yodidan
koʻtardi.
47. Mir Sayyid Husayn Abivardiy — Kamoliddin Husayn, shoir Navoiy xizmatida
boʻlgan. Xondamir “Habib us-siyar”da uning Iroqda Ya’qub Mirzo saroyida bir necha
yillar boʻlganini yozadi va quyidagi maroqli lavhani keltiradn. Navoiy bu shoirni Sulton
Ya’qub Mirzo huzuriga Jomiyning kulliyoti va bir nechta boshqa asarlar bilan joʻnatadi.
Shoir yetib borganida Sulton undan yoʻlda zerikmay keldingizmi?, deb soʻraydi. U,
Jomiy hazratlarining kitoblarini mutolaa qilib keldik, deya javob qiladi. Keyin ma’lum
boʻladiki, kitobdor Jomiy kulliyoti oʻrniga boshqa asar berib yuborgan va shoir uni ochib
ham koʻrmagan ekan. Bu voqiadan Navoiy voqif boʻlgach, Kamoliddin Husayndan juda
ranjigan, keyinchalik unga hech qachon iltifot koʻrsatmagan. Soʻngra u Balxda
Badiuzzamon Mirzo xizmatida boʻlib, yuqori lavozimlarga koʻtarilgan. Shayboniyxon
davrida esa elchilik qilgan.
48. Tarj.: Yuzing quyoshiga dunyo quldir. Yusufga Ya’qub deb ot qoʻyibdilar. Navoiy bu
bayt ham mazmun, ham shakl jihatidan past saviyada yozilgani haqida fikr bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |