Majol i s un-Nafoi s (II - qism)
Alisher Navoiy
72
library.ziyonet.uz/
etadilar.
18. Tarj.: Kimki sarv [qomatligim]ning sallasini bejab qoʻysa, chamandan suman guli
terib nima qiladi?!
19. Xoja Majdiddin Muhammad (vaf. 1494, Tobuq)— Shohrux Mirzoning devonboshisi
Xoja Pir Ahmad Xoniyning oʻgʻli. Husayn Boyqaro saltanatida parvonachi (vazir
muovini, farmon ijro etuvchi) va vazir boʻlgan. Tarixiy manbalarda qayd qilinishicha,
saroydagi ma’lum fitna-fujurlar Majdiddinga borib qadaladi. Bobur yozishicha, Husayn
Boyqaroga birmuncha mablagʻ zarur boʻlib, xazinachilardan soʻraganda, ular “yoʻqdir”
deydilar. Majdiddin yolgʻiz qoldirishlarini oʻtinib, shoh nazdiga shart qoʻyadi: «mening
iligimni (qoʻlimni) qaviy (kuchli) qilib, soʻzumi tajovuz qilmasalar (qaytarmasa,
cheklamasalar) oz fursatda andoq qilayki, viloyat ma’mur va raiyat shokir (shukr qilgan)
va xizona (xazina) magʻfur (moʻl) va sipohi vofir (farovon) boʻlgʻay». Shundan soʻng
shoh butun Xuroson uchun muhim ishlarni bajarishni Majdiddin ixtiyoriga topshiradi. Oz
fursatda koʻp yaxshi ishlarni bajarib, «viloyatni ma’mur va obodon qildi», deb yozadi
Bobur. Lekin saroy «a’yonlari va beklari bilan ziddona maosh» (ziddiyatli muomala)
qilgani uchun Majdiddin poytaxtdan uzoqlashtiriladi, taftish paytida behad boyliklar
yigʻgani oshkor boʻladi.
Rus sharqshunosi Ye.E.Bertel's yozishicha, Navoiyning Astrobod hokimi qilib
tayinlanishini, ayniqsa 1488 y. poytaxtdan noxush xabarlar eshitgan Navoiy Hirotga
kelganida Husayn Boyqaro darhol qaytishini lozim koʻrganini Majdiddinning nojoyiz
faoliyati bilan bogʻlaydi.
Bu yerda Navoiy Majdiddinning ehtiyojmandlarga boʻlgan ters munosabatiga urgʻu
bermoqdaki, shoir uning saroydagi faoliyati davrini «Majdiddin buzugʻligʻlari» deb
atagan edi.
20. Tarj.: Xoja Majdiddin ishimizni yoʻqqa chiqardi. Ushal kun qogʻozimizni oʻqimay
chirmadi qoʻydi.
21. Tarj.: Yoʻlingga qalam singari boshim bilan toʻxtalmay yurib kelaman. Ey oy, men
uchun xatdan sehrgarlik yoʻlini tuzding.
22. Mavlono Hasanshoh — Hirotning mashhur shoirlaridan. Xondamir “Habib us-
siyar”da bu shoirning nozik iste’dodi, shirin suxanligi, har qanday majlisga fayz kirita
olgan suhbatdosh boʻlganini ta’rif qilib, yoshlik davrida Boysungʻur Mirzoning oʻgʻli
Sulton Muhammad mulozimi ekanida ular orasida oʻtgan bir hazl-mutoyibali naql
keltiradi. Deyarli xuddi shu naqlni biz yuqorida Bobo Savdoiy nomi bilan bogʻli holda
keltirgan edik (qarang: ushbu qitob, 224-bet, 82-izoh). Lekin bu naqlda Muhammad
Sulton Hasanshoh shoirga 5000 dinor inoyat qiladi. Hasanshoh bilan Navoiy orasida
Do'stlaringiz bilan baham: |