Sulton Ibrohim Mushasha’ — Sulton Muhsinningki, Arabistonda podshohdir, aning
inisidur. Donishmand va muttaqiy va bagʻoyat ahl kishidur va xattot ham bor va arabiy
she’rni yaxshi aytur va devoni ham bor. Bu bayt aningdurkim:
Sol-al habl fiymo bayn folibin soyil
Fikam jazz haddalabin mobayn kam habl
(28)
.
Mirxond
(29)
— Sayid Xovandshoh oʻgʻlidurkim, Balx (qubbat ul-islomiy)ning mutaayin
donishmandi va buzurgi erdi va oʻzi yigitlikda ulum takmili qildi va holo bovujudi kibari
sin va ulvi nasab va kasrati hasabki barcha mujibi ujb anoniyatdurlar, ul miqdor
betaayyun va foniy mashrab va xush axloq kishidurkim, andin oʻtmas. Insho va tarix
fanida benazirdur. Bu faqir iltimos bila avvali ofarinishdin bu kungacha tarixi jome’i
biturkim, nisfigʻa yetibdur. Inshoolloh, tugaturiga muvaffaq boʻlgʻaykim, tavorix arosida
andin mufidroq tarix boʻlmagʻusidur. Vus’ati mashrab bila adami taayyun jihatidan gohi
biror ayoq icharda daf’i malolat yo kasrati nishot uchun, nard oʻynargʻa ham tanazzul
Do'stlaringiz bilan baham: |