Majolis un-Nafois (I- qism)
Alisher Navoiy
57
library.ziyonet.uz/
Mavlono Aminiy — Muhammad Ali Amin oʻgʻlidurkim, ikkinchi majlisda oti mazkur
boʻldi. Tab’i bagʻoyat muloyim yigitdur. Bu matla’ aningdurkim:
Yor dar silsilai nozu itobam dorad,
Boz devonagi ishqi xarobam dorad
(107)
.
Mavlono Muhammad Tolib — majnunvash yigitdur, tolibi ilmligʻi ham bor va
shatranjgʻa ajab mash’ufdur va muammogʻa ham koʻproq mashgʻul boʻlur.
Mavlono Ziyrakiy
(108)
— shahr ichidagi xush tab’lardindur, tab’ida tasarruf nishonasi bor
va bu matla’ aningdurkim:
Dar rohi ishq sangi jafo toʻshai man ast
Dar koʻxu dasht lola jigar goʻshai man ast
(109)
.
Do'stlaringiz bilan baham: |