Алишер Навоий номидаги Самарқанд давлат университети педагогика факультетининг Бошланғич таълим ва спорт бўлимининг сиртқи бўлим курс талабаси Очилова Дилфуза синф «Ўқиш китоби»да А



Download 384,13 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/12
Sana10.06.2022
Hajmi384,13 Kb.
#650439
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
yaqubova rayhon o\'qish darslarida she\'rlarni o\'rgatish

O’qish 2-sinf 
She’r: 
1. O’zbekiston. Abdulla Oripov, 4-bet. 
2. O’zbekistonim. Hamza Imonberdiyev, 5-bet. 
3. Istiqlol. Jumaniyoz Jabbor, 6-7-bet. 
4. Humo qushi. Po’lat Mo’min, 7-bet. 
5. O’lka. Erkin Vohidov, 11-bet. 
6. Sohibqiron bobomiz. Muxtor Xudayqulov, 14-15-bet. 
7. Vatan. Narimon Orifjonov, 15-bet. 
8. Yur tog’larga. Usmon Nosir, 17-18-bet. 
9. Tilagim. Yo’ldosh Sulaymon, 18-19-bet. 
10. Kuz. Kavsar Turdiyev, 21-bet. 
11. Olma. Erkin Vohidov, 22-bet. 
12. Gilos. Erkin Vohidov, 22-bet. 
13. Bog’da. Qambar ota, 24-bet. 
14. Dehqonga ta’zim. Tursunboy Adashboyev, 25-bet. 
15. Kuzda. Habib Rahmat, 26-bet. 
16. O’quvchiga esdalik. Quddus Muhammadiy, 28-bet. 
17. Kitob deydi. Quddus Muhammadiy, 29-bet. 
18. Orzular Rauf 
Tolib, 30-31-bet. Bu ro’yxatni uchunchi hamda to’rtinchi sinf 
darslilaridagi she’rlar hisobiga yanada kengaytirish mumkin. Ammo shulardan 
ham ko’rinib turibdiki, she’r ilmi – jiddiy ilmdir.
Albatta, darslikda berilgan har bir mavzu o’quvchilarning ongi va 
tushunchasi darajada berilib, mavzuning g’oyaviy-badiiy xususiyatlarini qanchalik 
idroq qila olishlari hisobga olinishi zarur. 


Prezidentimiz I.A.Karimov o’zining «Barkamol avlod o’rzusi» nomli 
kitobda «Farzandlarimiz bizdan ko’ra bilimli, kuchli dono va albatta baxtli 
bo’lishlari kerak» deb ta’kidladanidek, yosh o’sib kelayotgan avlod yoshligidanoq 
tarbiyali, o’qimishli qilib tarbiyalanishi kerak. 
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi hamda «Ta’lim to’g’risida» Qonun ham 
shu maqsadga qaratilgan. 
Boshlang’ich sinflarning o’qish darslari o’z mohiyati, maqsad va 
vazifalariga ko’ra ta’lim tizimida alohida o’rin tutadi. Negaki uning zaminida 
savodxonlik va axloqiy-ta’limiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham boshqa 
predmetlar ta’limini o’qish ta’limisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. 
O’quvchi matnni to’g’ri, tez, tushunib o’qish, mazmunini o’zlashtirish bilan 
ilk bor o’qish darslarida yuzlashadi. O’qish darslari orqali o’quvchilarning Davlat 
ta’lim standartli (DTS) talabalari bo’yicha o’zlashtirishlari ko’zda tutilgan o’quv-
biluv ko’nikma-malakalari hamda bilimlari egallashlariga yo’l ochiladi. Aynan 
o’qish ta’limida insonning, avvalo, o’zligini, qolaversa olamni anglashga bo’lgan 
intilishlariga turtki beriladi. 
Shu maqsadda «O’qish kitobi» darsliklariga ona tabiat, atrofimizni o’rab 
turgan olam, Vatanimiz tarixi va bugungi qiyofasi, kattalar va bolalar hayoti, 
mehnatsevarlik, istiqlol va milliy-ma’naviy qadriyatlar, xalqlar do’stligi va tinchlik 
kabi turli mavzular bo’yicha atroflicha tushunchalar berishga mo’ljallangan badiiy, 
axloqiy-ta’limiy, ilmiy-ommabop asarlar kiritiladi. 
O’qish darslari savod o’rgatish davrida o’quvchilarni bo’g’in, so’z va gaplar 
bilan tanishtirish va ularni o’qish, rasmlar asosida hikoya qilish tarzida 
uyushtirilsa, o’qish texnikasi egallangandan so’ng o’qish muayyan mavzular 
bo’yicha tanlangan badiiy, ilmiy-ommabop matnlar yuzasidan olib boriladi. 
Boshlang’ich sinf «o’qish kitobi» darsliklariga kiritilgan muayyan mavzular 
o’quvchilarni badiiy adabiyotning sehrli olamiga olib Kirishi, dunyoqarashlarini 
milliy istiqlol mafkurasi asosida to’g’ri shakllantirishga qaratilishi bilan 
belgilanadi. shunga ko’ra, o’qish darslarining yetakchi xususiyati o’quvchilarning 


savodxonligini ta’minlash bilan birga, o’quvchilarni milliy mafkura asosida yuksak 
axloqiy qadriyatlarruhida tarbiyalashga qaratiladi. 
Boshlang’ich sinflarning o’qish darslarida o’rganiladishgan asarlarning 
mavzu doirasi ancha keng bo’lib, ular ona tabiat yil fasllari, xalq og’zaki ijodi, 
mehnatga muxabbat, asosiy bayram sanalari, milliy istiqlol va ma’naviyat kabi 
umumiy mavzular doirasida birlashtirilgan. 
O’qish darslari uchun tanlangan mavzular o’quvchilarga kundalik hayot, 
mustaqillikni mustahkamlash va insoniy munosabatlar bo’yicha ham bilim va 
tarbiya berishni ko’zda tutadi. Bular ichida istiqlol, vatan, ma’naviyat va tabiat 
mavzular alohida ajralib turadi. ulardan ko’zlangan maqsad o’zlikni anglash, 
istiqlol, vatan va tabiat bilan bog’liq tuyg’ularni uyg’otishdir. 
Vatanparvarlik, atrofimizdagi olam. mehnatsevarlik kabi mavzular o’qish 
darsliklaridagi keng qamrovli mavzulardan bo’lib, 2 sinf «O’qish kitobi»dagi «Ona 
yurtim-oltin beshigim» bo’limiga kiritilgan «O’zbekistonim» (H.Imonberdiyev), 
«Istiqlol» (J.Jabborov), «O’lka» (E.Voxidov), «Yur tog’larga» (U.Nosir), 3-sinfda 
«Ona bita, Vatanyagona» bo’limidagi «Vatan haqida she’r» (A.Avloniy), 
«O’zbegim» (E.Voxidov), «Vatan mo’tabirdir» (X.Davron), «Bilib qo’yki, seni 
Vatan kutadi» (T.Malik), 4-sinfda «O’zbekiston» - Vatan manim bo’limidagi 
«Serquyosh o’lka» (Z.Diyor), «Iqboli buyuksan» (A.Oripov), «Toshkentnoma» 
(M.(Shayxzoda), «Xarita» (N.Norqobil) kabi asarlar misolida atroflicha tahlilga 
tortiladi. 
Ijtimoiy-tarixiy mazmundagi mavzular Vatanimiz o’tmishi, xalqimiz hayoti, 
mardonavor kurashi, ilug’ siymolar tomonidan amalga oshirilgan ishlar, tarixiy 
sanalar to’g’risida muayyan tasavvur beradi. Beruniy, amir Temur, Alisher Navoiy, 
Bobur va boshqa ajdodlarimiz haqidagi matnlar shular jumlasidandir. Bu xildagi 
asarlar o’quvchilarni faqat o’tmishimiz bilan tanishtirib qolmasdan, vatan oldidagi 
farzandlik burchi va masuliyatini teran anglashga ham yordam beradi. ularda 
Vatanga muxabbat tuyg’usi shu tariqa shakllanadi. Vatanimiz o’timishi haqida 
hikoya qilingan asarlar bilan tanishish va ularni tahlil qilish jarayonida o’quvchilar 
o’tmish bilan bugungi kunni taqqoslash imkoniga ega bo’ladilar, jamiyat 


taraqqiyoti xususida qisqacha bo’lsa-da, tushuncha hosil qiladilar. Tabiatga oid 
mavzular yordamida o’quvchilar tabiatdagi o’zgarishlar, yil fasllarining 
almashinuvi, hayvonot olamiga doir bilimlarni egallaydilar. Bunday mavzudagi 
asarlar o’quvchilarni kuzatuvchanlikka, tabiatni sevishga. unga nisbatan to’g’ri 
munosabatda bo’lishga o’rgatadi. 
Tabiat tasviriga oid matnlar ustida ishlashga tabiat bag’riga sayohat 
uyushtirilib, bolalar kuzatuvchanlikka o’rgatilsa, vatanparvarlikka oid asarlar tahlil 
vatanning dongdor kishilari bilan uchrashuvlar yoki mavzuga daxldor kinofilmlar 
namoyishi vositasida amalga oshirilsa, dars samaradorligi yanada ortadi. 
Umuman, «O’qish kitobi» darsliklaridagi barcha mavzular o’quvchilarga 
ta’lim-tarbiya berish bilan birga, ularning lug’atini boyitishga, og’zaki va yozma 
nutqini to’g’ri shakllantirish va nutq madaniyatini o’stirishga ham qaratiladi. 
Amaldagi «O’qish kitobi» darsliklarida materiallarning sinfdan sinfga o’tgan 
sari mavzu jihatidan ham, mazmun jihatidan ham kengaya borishi hisobga olingan. 
Masalan, 1-sinfda o’rgatiladigan «Ajdodlarimiz - faxrimiz», «Ilm – aql chirog’i», 
«Zumrad bahor», «Kumush qish» kabi mavzular 2-4 sinflarda ham davom 
ettirilgan. Bu esa o’quvchilarning oldingi bilimlarini to’ldiradi va boyitadi. 
Uzluksiz ta’limning boshqa bosqichlaridan farqli o’laroq, boshlang’ich 
sinflarning o’qish darslarida o’quvchilarning o’qish malakalarini shakllantirish, 
asar matni ustida ishlash ta’limning didaktik maqsadi hisoblanadi. U turli 
mavzudagi matnlar ustida ishlash orqali ma’naviy-axloqiy, adabiy-estetik tarbiya 
bilan chambarchas bog’lab olib boriladi. 
Darsliklardagi har bir mavzu uchun tanlangan matnlarning janriy rang-
barangligiga, poetik mukammalligiga, o’quvchilarning bilim darajasi va yosh 
xususiyatlariga mos kelishiga alohida e’tibor qaratiladi. 
O’quvchilar darsliklar yordamida o’zlashtiriladigan bilim, ko’nikma va 
malakalarning kelajak hayotda zarur bo’lishini tushunib yetishishlariga erishish 
o’quvchilar oldidagi muhim vazifalardandir. 
Boshlang’ich ta’lim bo’yicha DTS va «Ona tili» o’quv dasturida o’qish 
ta’limi oldiga qo’yilgan talablarni amalga oshirish sinfda o’qishni to’g’ri tashkil 


qilish, o’qish bosqichlari, tamoyillari va metodlari, birinchi navbatda, ilg’or 
pedagogik texnologiyalardan o’rinli foydalanishga ko’p jihatdan bog’likdir. 
Shu o’rinda, bir fikrni aytib o’tishni o’rinli hisoblaymiz. 
Bir qancha o’qituvchilar, metodik qo’llanmalarning avtorlari adabiyotni 
faqat o’quv materiali deb hisoblab, adabiyot darslari bolalarga faqat plan tuzishni, 
qahramonga xarakteristika berish yo’llarini, ularning og’zaki va yozma nutqini 
o’stirishni o’rgatadi, deb talqin qildilar. Ular adabiyotning estetik ta’sirini, 
shaxsning har tomonlama kamol topishiga yordam berishni ikkinchi o’ringa 
qo’ydilar, ba’zan adabiyotning bu xususiyatini batamom unutib qo’ydilar. 
Shuningdek maktabga adabiyot darsi hozirgi zamon hayoti bilan yaqndan 
bog’lanmadi va o’quvchilarni uncha qiziqtirmadi. Bu hol o’qituvchining 
zimmasiga adabiyot darsini qayta ko’rish va uni yangi talablarga mos shaklda 
tashkil qilish kabi g’oyat muhim vazifani qo’ydi. Hozirgi o’rta maktablarda 
adabiyot o’qitishni ijtimoiy hayot talablari bilan o’quvchilarning mehnati bilan 
uzviy bog’lash ta’limning bosh masalasidir. O’quvchilarga beriladigan bilim va 
ularga hosil qilinadigan ko’nikmalar ta’sirli, o’quvchilarning yangicha yashashlari 
va ijodiy mehnatlari uchun yordam beradigan bo’lishi lozim. Bu talab 
o’qituvchining diqqat markazida turishi kerak. 
O’qituvchi o’quvchilarga adabiyot fani asoslarini, adabiyot tarixi va 
nazariyasi puxta tushuntirib borishi lozim. Lekin fan asoslarini tushuntirishda 
uning hayotiyligini, biror maqsadga qaratilganligini o’quvchilar ongiga singdirib 
borish zarur. Shundagina adabiyotning zamonaviyligi to’g’ri ochiladi va 
o’quvchilar adabiyotni o’z hayotiy tajribalari bilan bog’lay oladilar. 
O’quvchilarning hayotiy tajribalari cheklangan, ularning odamlar haqidagi 
tushunchalari hali zaif, subyektiv va beqaror bo’ladi. Badiiy adabiyot 
o’quvchilarning tasavvurini kengaytiradi, ularning ko’zi oldida yangi dunyo yangi 
hayot ochadi, ularning xilma-xil davrlarga olib kiradi, har xil odamlar va ijtimoiy 
sinflar bilan tanishtiradi. Shu tariqa, badiiy adabiyot o’quvchilarning inson va 
jamiyat haqidagi tasavvurlarini kengaytirib boradi, ularning shaxsiy tajribalarini 


tartibga soladi va chuqurlashtiradi, kuzatishlarini o’tkirlashtiradi, insonning 
tabiatini bilishga o’rgatadi. 
Adabiyot o’qitishning yana bir fazilati shundan iboratki, o’qish va asarni 
o’rganish o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini o’stirishga kuchli ta’sir etadi. 
Bolalar maktabga kirgan vaqtlarida ozgina so’z zapasiga ega bo’ladilar. Ular 
o’z nutqlarida shevaga xos so’z va iboralarni ko’proq ishlatadilar, jumladan 
ko’pincha noto’g’ri tug’ri tuzadilar. So’z san’atkorlarining programmaga kiritilgan 
asarlari nutq madaniyatini taraqqiy ettirishda asosiy rol o’ynaydi, o’quvchilarni 
adabiy nutqqa o’rgatishda katta yordam beradi. O’qituvchi esa o’quvchilar 
nutqining lug’aviy, mantiqiy va grammatik jihatdan o’sishiga alohida diqqat qilishi 
lozim.
Demak, o’quvchilarga badiiy adabiyot vositasi bilan axloqiy-estetik tarbiya 
berish hozirgi maktablarimizning asosiy vazifasidir. 
O’quvchilarni kitobdan foydalanishga, undan kerakli bilimlarni olishga 
o’rgatish, kitobga muhammat uyg’otish; ularni oddiy kitobxondan chuqur 
mulohaza yurituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko’tarish. 
O’quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytirish va boyitish 
hamda ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish. 
O’quvchilarni axloqiy, estetik jihatdan yutuk va mehnatga muhabbat ruhida 
tarbiyalash. 
O’quvchilarning bog’lanishni nutqini va adabiy-estetik tafakkurini o’stirish. 
O’quvchilarning xayolot olamini boyitish. 
Elementar adabiy tasavvurini shakllantirish. 
Shuni unutmaslik kerakki, har bir ta’limiy vazifani bajarishning aniq va 
ilmiy metodik usullari mavjud bo’lib ular zamonaviy o’qitish usullari bilan boyitib 
borilmoqda. Bu vazifalar boshqalari bilan o’zaro bog’liq holda va sinfdan tashqari 
o’qish mashg’ulotlari jarayonida hal qilinadi. 
«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da ta’lim berishning ilg’or pedagogik 
texnologiyalarini, zamonaviy o’quv-uslubiy majmualarini yaratish kabilar umumiy 
o’rta ta’limning asosiy vazifalaridan biri sifatida ta’kidlangan. 


Ilg’or pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish o’qituvchi va o’quvchi 
faoliyati doirasini aniq belgilab beradi. 
Inson hayotida muhim ahamiyatga ega bo’lgan o’qish faoliyati barcha 
predmet darslarida amalga oshiriladi. Lekin o’qishga o’rgatish yo’l-yo’riqlarini 
o’qish metodikasi ishlab chiqadi. O’qish metodikasi kichik yoshdagi 
o’quvchilarning umumiy rivojlanishi, psixologiya, xususiy metodika sohasidagi 
yutuqlar asosida takomillashtirilib boriladi. 
O’qish darslarining samaradorligi ko’p jihatdan ta’lim metodlarining to’g’ri 
tanlanishiga bog’liq. Binobarin, fanning o’zi kabi o’qish metodlari ham doimiy 
rivojlanishga bo’ladi. Masalan, eski maktablarda o’qish quruq yod olish metod 
asosida o’rgatilgan bo’lsa, hozir izohli o’qish asosida olib boriladi. Yod olish 
metodida matndagi so’zlarga izoh berishga, ma’nosini tushuntirishga, o’qilganni 
qayta hikoyalashga, umuman olganda, o’qishning ongli bo’lishga mutlaqo e’tibor 
berilmagan. Ularda ko’proq to’g’ri talaffuz, qiroat bilan o’qish ifodali o’qish 
nazarda tutilgan. 
Hozir maktablarda o’qish izohli o’qish metodi asosida olib borilayotgan 
ekan, quyidagicha savol tug’iladi: Izohli o’qish nima? 
Izohli o’qishga XIX asrning 60-70 yillarida rus pedagogi K.D. Ushinsikiy 
asos solgan, u o’qishga o’quvchilarni «ongli tushunib, o’ylab o’qishga» o’rgatishni 
alohida ta’kidlaydi va uni «Izohli o’qish» deb nomlaydi. 
Izohli o’qish K.D.Ushinskiy ishining davomchilari yangiliklar kiritdilar. 
Korf va Vaxterev izohli o’qish o’quvchilarga real bilim berish vositasi desa, 
Vodovozov va Bunakov o’quvchilarga o’qish jarayonida bilim badiiy asar tahlili 
va asarning tarbiyaviy xarakteri bilan bog’liq holda beriladi, degan fikrni ilgari 
suradilar. 
Professor Asqar Zunnunov o’qitishning mazmuni va usullari haqida fikr 
yuritib, o’quvchilarning oldin bilimlarini o’zlashtirishga, so’ng yod olishlariga 
e’tibor berilishi ta’lim jarayonida izohli o’qish deb nomlanganini ta’kidlaydi. 
Demak, izohli o’qish deb o’ylashga, his qilishga, asarni to’liq idrok qilishga, 
o’qilganning mazmunini o’zlashtirishga olib keladigan o’qishga aytiladi. Izohli 


o’qish asar mazmunini tushunishni, asardagi muhim fikrni, yozuvchi ilgari 
surayotgan qoyani anglashni ta’minlaydi. 
Izohli 
o’qish quyidagi tamoyillarga to’liq amal qilingandagina 
muvaffaqiyatli bo’ladi: 
1.
O’qishni hayot bilan bog’liq holda tashkil etish. 
2.
O’qishning ongli va ta’sirchan bo’lishi uchun o’quvchilarning hayotiy 
tajribalariga, taassurotlariga asoslanish. 
3.
O’qishni ko’rgazmali tashkil qilish, tabiatga, tarixiy joylarga 
ekskursiyalar uyushtirish, hayvonot olami va o’simliklar dunyosini kizatish, 
rasmlar, jadvallar, predmetlar bilan tanishtirish hamda matnni o’quvchilarning 
ifodali o’qishi tarzida olib borish. 
Boshlang’ich sinf o’qish darslarida asosan she’rlar, masallar, ertaklar, 
hikoyalar, afsonalar, maqol va topishmoqlar, ilmiy-ommabop asarlar o’qib 
o’rganiladi. Tabiyki ularning har biri o’ziga xos shakl, uslub va mazmunda 
yaratiladi. Shuning uchun ham har bir janrga mansub asarlarni o’ziga xos usulda 
o’qib o’rganish taqozo qilinadi.
Badiiy asarni izohli o’qishga yaqin bo’lgan metodlardan biri ijodiy 
o’qishlardir. Atoqli emetodist olim N.I.Kudryashov ijodiy o’qish metodi tarkibiga 
quyidagi ish usullarini kiritadi: 
a) o’qituvchilarning badiiy matnni sharhlab o’qishi hamda o’quvchilarning 
asarni to’g’ri va imkon qadar yanada chuqurroq, emosional idrok etishlarini 
t’minlash maqsadini ko’zda tutuvchi so’zi; 
b) o’qilgan asardan o’quvchilarning bevosita olgan taassurotlarini 
chuqurlashtirish maqsadida ega bo’lgan va ularning diqqatini matnning muhim 
g’oyaviy va badiiy xususiyatlari sari yo’naltirilgan suhbat uyushtirish yoki 
o’qilgan asardan kelib chiqadigan badiiy, axloqiy, ijtimoiy-siyosiy muammoning 
qo’yilishi; 
d) o’qituvchining asar o’qilganidan keyin o’quvchilarning asarni tadqiq etish 
jarayonida tug’ilgan badiiy kechinmalarini faollashtirish maqsadini ko’zda tutuvchi 
so’zi. 


Ko’rinadiki, ijodiy o’qish izohli o’qishdan farqli o’laroq, to’g’ridan-to’g’ri 
matn mohiyatini ochishga ijodiy yondashini taqoxzo etadi. Masalan, 4-sinfda 
A.Oripovning «Dehqonbobo va o’n uch bolakay qissasi» asarini ijodiy o’qish 
metodi asosida o’rganish jarayonida matn mazmuni va shoir qoyaviy niyatidan 
kelib chiqib Vatanimiz hududlaridagi aholining yashash tarzi bilan bog’liq milliy 
xususiyatlar haqida ham atroflicha tushuncha beriladi. 2-sinfda «O’tinchi yigit», 3-
sinfda O’tkir Xoshimovning «Xazonchinak», 4-sinfda S.Anorboyevning 
«Qo’rqoq» asarlarini ham ijodiy o’qish metodi asosida o’qitish ijobiy o’qish 
metodi asosida o’qitish ijobiy samaralar beradi. 
Avvalo, o’qituvchi shunday temani bir butun holda tasavvur qilishi zarur, 
ya’ni turmushni bilish nuqtai nazaridan bu tema o’quvchilar uchun qanday 
yangiliklar berishi, bu tema bolani axloqiy-estetik jihatdan qanday tarbiyalashi, 
badiiy mahoratni tushunish va o’quvchilarning nutqini o’stirish kabi masalalar 
o’qituvchining diqqat markazida turishi zarur. Mana shunday umumiy vazifalar 
aniqlangandan so’ng, adabiy materiallarni har bir darsga bo’li zarur. Har bir dars 
metod va usul tomonidan xilma-xil bo’lishi mumkin va o’quvchilarning 
qiziqishlarini 
so’ndirmaslik, 
ularning 
asardan 
olgan 
taassurotlarini 
zaoiflashtirmaslik lozim. Har bir dars tamomlangan bo’lishi va o’tgan dars bilan, 
kelgusi yangi dars bilan bog’lanishi zarur. O’qituvchi dars planini tuzayotgan 
vaqtida sinfning ahvoli uning diqqat markazida turishi kerak. Agar darsga kirgan 
ilmiy bo’lim mudiri yoki biror ona tili va adabiyot o’qituvchisi asarni murakkab va 
zerikarli deb topsa, dars planini qaytadan tuzish va materialga ijodiy munosabat 
bo’lish zarur. 
Materialni takrorlash asosida yangi materialni o’zlashtirish darsi tashkil 
qilinadi (takrorlash o’quvchilarning bilimini tekshirish va baholash bilan 
bog’lanmaydi). 
O’qituvchi rahbarligida o’quvchilarning yangi materialni o’zlashtirishlari va 
ayni vaqtda ularning o’zlashtirganliklarini tekshirish. 
Bilimni mustahkamlash asosida o’quvchilarning mustaqil ishlari. 
Boshqa dars materiallari asosida uzoq o’tilganlarni takrorlash. 


Darsning hamma bosqichlarida o’quvchilarning bilimlarini aniqlash. 
Jurnalga baho qo’yish. 
Boshlang’ich sinf o’quvchilarga ifodali o’qish ham boshlang’ich ta’lim 
tizimida mantiqiy o’qish (matnni to’g’ri, tushunib, tez (me’yorida) o’qish) va 
adabiy o’qish mukammal o’zlashtirilganidan so’ng ifodali o’qishga o’tiladi. U yod 
olingan she’riy asarlarni ifodali o’qishni ham o’z ichiga oladi. Ifodali o’qishning 
muvaffaqiyati o’quvchilarning asar mazmuni, g’oyaviy-badiy xususiyatlari haqida 
muayan tushunchaga ega bo’lishi bilan bog’liq. 
Ohang va intonasiya she’riy asarlarni ifodali o’qishga qay darajada muhim 
bo’lsa, nasriy asarlarni o’qishga ham muhim talablardan biridir. 
Nasriy asarlarni ifodali o’qishdan oldin unda qanday g’oya ilgari 
surilayotganini aniqlash zarur. Masalan, 4-sinfda X.To’xtaboyevning «Xatosini 
tushungan bola» hikoyasini ifodali o’qishdan oldin o’quvchilarga xatosini 
tushungan bola kim ekanligi, uning xatosi nimalardan iborat bo’lganligi, 
maqtanchoqlikning illat ekanligi to’g’risida tushuncha beriladi. 
Ifodali o’qish oldiga qo’yilgan bu talab M.Abdurashidxonovning «Har kim 
ekkanini o’rar», Sh. Sa’dullaning «Laqma it», A.Oripovning «Dehqonbobo va o’n 
uch bolakay qissasi» kabi she’riy hikoyalarini o’qishga ham xosdir.
Boshlang’ich sinflarning 3-4 sinlarida badiiy o’qish katta ahamiyatga ega. 
Badiiy o’qish ifodali o’qishning yuksak bosqichi hisoblanadi. Unda so’z 
san’atining barcha komponentlari ishtirok etadi. U o’quvchidan asar ruhiga 
batamom kirishi, san’atkorona o’qishni talab etadi. Badiiy o’qishga asar 
qahramonlarining ruhiy holat, kechinmalari to’la anglab etilgandagina 
ta’sirchanlikka erishish mumkin. Badiiy o’qishga tayyorgarlik ko’rishda 
aktyorlarning audio-video tasmalarga yozilgan ijrolaridan foydalanish yaxshi 
samara beradi. 
Boshlang’ich sinflarning 3-4 sinlarida badiiy o’qishning muvaffaqiyatini 
ta’minlaydigan 
omillardan 
biri 
tanlab 
o’qishdir. 
Masalan, 
3-sinfda 
X.To’xtaboyevning «Xassa» hikoyasi bilan tanishish jarayonida Qobil boboning 
savollariga Shavkatning javoblari yoki S.Anorboyevning «Bahs» hikoyasidagi 


bolalarning bahslashish epizodi yuzasidan o’qituvchi topshirig’iga ko’ra mazkur 
o’rinlarni tanlab qayta o’qilishi natijasida ushbu asarlarning badiiy estetik 
qimmatini chuqurroq o’zlashtirishga erishiladi. 
Boshlang’ich sinflarning 3-4 sinlarida voqyea va tafsilotlar asosida 
o’quvchilarga savol-topshiriqlar tuzishda, qaxramonlarga baho berishda keng 
qo’llaniladigan usuldir. 
O’qish darslarida reproduktiv metod keng qo’llaniladi. Masalan, o’qituvchi 
dastlabki darslarda o’zi asar matnini qismlarga bo’ladi, yozuvchi yoki shoirning 
aytmoqchi bo’lgan muhim fikriga o’quvchilar diqqatini jalb qiladi, uni aniqlab 
ko’rsatadi, o’quvchilar bilan birga tasivr vositalariga yuklatilgan ma’noni ochib, 
o’quvchilariga ko’maklashadi.Bularning bari o’quvchilar uchun bir ko’rsatma 
vazifasini o’tadi. Shundan so’ng o’quvchilar o’qituvchilarning ko’rsatmalari 
yordamida yuqorida ko’rsatib o’tilgan vazifalarni o’zlari mustaqil ravishda 
bajaradilar. 
Yuqorida ta’kidlangan metodlardan tashqari, boshlang’ich sinf o’qish 
darslarida zamonaviy pedagogik texnologiya usullaridan «Aqliy xujum», 
«Tarmoqlash», «Guruhlar bilan ishlash», «Blis texnologiyasi» kabilardan ham 
foydalanish yaxshi samara beradi. 
Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, har bir darsda qanday metoddan foydalanish, 
darsda qanday usullarni qo’llash o’qituvchi tomonidan oldindan belgilab olinishi 
va ruxta ishlab chiqilishi kerak. 
O’qish malakalari va ularni takomillashtirish usullari. Dastur talablarini 
to’liq bajarish va amalga oshirish uchun, birinchi navbatda, o’qish ko’nikmalarini 
to’g’ri va puxta egallash va takomillashtirilib borish zarur. O’qish ko’nikmalari 
savod o’rgatish jarayonida shakllanadi, o’qitishning keyingi bosqichlarida 
takomillashadi. 
O’qish malakalari deganda badiiy asar matnini to’g’ri tez, ongli va ifodali 
o’qish tushuniladi. O’qish darslarida o’quvchilarning o’qish malakalari 
shakllantiriladi va takomillashtiriladi. 


O’qish malakasining sifatlari o’zaro bog’liq bo’lib, ularningasosi ongli 
o’qish hisoblanadi. O’quvchi matnni tez va to’g’ri o’qisa-yu. anglab o’qimasa yoki 
uning tez o’qishi natijasida boshqalar matn mazmunini tushunmasa, to’g’ri o’qisa-
yu, o’ta sekin o’qisa, nutq birliklari orasida to’xtamlarga e’tibor bermasa, matnda 
ifoda etilayotgan fikr tushunilmaydi. Muayyan tezlikda va to’g’ri o’qish ongli 
o’qishga xizmat qiladi, to’g’ri, tez va ongli o’qish esa ifodali o’qishning asosi 
hisoblanadi. 
O’qish malakalarini egallash maktabda o’qitiladigan barcha predmetlarni 
muvaffaqiyatli o’zlashtirishning muhim sharti xisoblanadi. 3-sinf «O’qish kitobi» 
darsligida berilgan Miraziz A’zamning bir talay she’rlari oddiy haqiqatni lo’nda 
qilib berishga bag’ishlangan. Masalan, Miraziz A’zamning «Yer aylanadi» she’rini 
olib qaraylik. Bu bir oddiy gap, axir necha ming asrdanberi u aylanadi, yana 
aylanavereradi, bu haqda jozibali eshe’r bo’lishi mumkin emas, degan tushuncha 
xayolingizdan o’tadi. Lekin she’rni o’qiydigan bo’lsanshgiz sizning tasavvuringiz 
butunlay o’zgaradi. Murg’ak qalb u yoqda tursin biz kattalar ham yerning 
aylanishi, onlarning o’tishi, shamolning esib turishi bidlan o’sib-ulg’ayishimiz, 
kamodl topishimiz, bunyodkorlik ishlarimiz ko’z o’ngimizdan o’tadi. Qilgan 
yaxshi-yomon ishlarimizni o’ylaymiz. «Yer aylanadi» - xuddi shu haqda bahs 
yuritadi: 
Asta-asta shamol esadi, 
Asta-asta yer aylanadi. 
Asta-asta odam o’sadi, 
Asta-asta aylanadi. 
Asta-asta ulg’ayar aql, 
Asta-asta yer aylanadi. 
Asta-asta yetilar naql, 
Asta-asta yer aylanadi… 
Boshlang’ich sinf o’quvchilari, xususan, 3-4 sinflar hayot murakkabligidan 
unchalik xabardor emas. Ular o’qituvchilarning ko’magida, o’zlari tinglagan badiiy 
asarlar yordamida olam mujizalari, va turmush bilan tanishib boradilar.


O’qish faoliyatning asosiy turi bo’lib, o’quvchilarni g’oyaviy-siyosiy, aqliy, 
estetik va nutqiy tomondan rivojlantirish uchun juda katta imkoniyat yaratadi. Bu 
jarayon esa o’qish malakalarini o’stirish va takomillashtirish ustida tizimli va 
maqsadga muvofiq ishlashni talab qiladi. 
O’qish malakasini egallash ancha murakkab bo’lib, uni shakllantirish uzoq 
vaqtni talab etadi. Ruhshunos olim T.G.Yegorov o’zining «Ocherki psixologii 
obucheni detey chteniyu» nomli asarida o’qish malakalarini shakllantirish 
jarayonini ish bosqichiga ajratadi: analitik bosqich, sintetik bosqichi va 
avtomatlashgan bosqich. Analitik bosqich savod o’rgatish davriga to’g’ri keladi, 
bunda so’zni bo’g’in harf tomonidan tahlil qilish va bo’g’inlab o’qish malakasi 
shakllantiriladi. Sintetik bosqich uchun so’zni sidirg’a o’qish xarakteridir; bunda 
so’zni ko’rish orqali idrok qilish va uning talaffuzi so’z ma’nosini anglash bilan 
asosan mos keladi. O’qish so’z ma’nosini idrok qilish bilan amalga oshadi. 
O’quvchilar sintetik bosqichga 3-sinfda o’tadilar. Bundan keyingi yillarda o’qish 
avtomatlasha boradi. 
O’qish darslarida asar ustida ishlashni shunday tashkil etish kerakki, asar 
mazmunini tahlil qilish o’qish malakalarini takomillashtirishga yo’naltirilgan 
bo’lsin. 
To’g’ri o’qish xato qilmasdan, yanglishmasdan o’qish tushuniladi, ya’ni 
to’g’ri o’qish so’zning tovush-harf tarkibini, grammatik shakllarini buzmasdan, 
so’zdagi tovush yoki bo’g’inni tushirib qoldirmay, boshqa tovushi qo’shmay, 
harflar o’rganini almashtirmay, aniq talaffuz qilib, so’zga urg’uni to’g’ri qo’yib 
o’qish hisoblanadi. M.Odilova va T.Ashrapovalar «Adabiy talaffuz me’yorlariga 
qo’yilgan barcha talablar to’g’ri o’qish ko’nikmasiga ham taalluqlidir», - deb 
ta’kidlaydilar. Rus metodisti Yakovleva to’g’ri o’qishga qo’yilgancha ta’rif 
bergan: «To’g’ri o’qish – bu materialning tovush tomonidan xatosiz va bir tekisda 
ravon nusxa ko’chirishdir». Demak, to’g’ri o’qish so’zning tovushi tarkibini, 
grammatik shaklini buzmasdan adabiy-orfoepik me’yorlar asosida o’qishdir. 
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga Miraziz A’zamning «Metallurg», «Aqlli 
bolalar», «Senga nima bo’ldi?», «G’alati tush», «Yer aylanadi», «Yerga dovruq 


solamiz» singari she’r, qo’shiq, ertak dostonlari kichik bolalarga bag’ishlangandir. 
U har bir asarida bolajonlar uchun albatta bir yangilik, bir yaxshi gap aytish 
ishtiyoqi bilan qaynab toshadi va uni uddasidan chiqadi. Shu mavzularni idrok 
etish, talaffuz qilish va matn mazmunini tushunish o’rtasida puxta sintez bo’lgani 
uchun ular o’qishda xatoga yo’l qo’ymaydidlar. Ba’zilarda esa puxta sintez 
bo’lmashganligi uchun xatoga yo’l quyadilar. Bu esa matn mazmunini tushunishni 
qiynlashtiradi. 

Download 384,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish