7-topshiriq. Savollarga javob bering:
Inson tabiatni qanday qilib boyitadi?
«Jonli tabiat» deganda nimani tushunasiz?
Qaysi qush (daraxt, hayvon) larni yoqtirasiz? Nima uchun?
Suvni isrof qilmaslik degani nima?
Tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish degani-chi?
So‘nggi yillarda sayyoramiz iqlimi qanday o‘zgardi?
Buning sababi nimada?
Uyingizda qanday jonivorlar bor? Ularga munosabatingiz qanday?
8-topshiriq. Sonlarni so‘z bilan yozib, gaplarni daftaringizga ko‘chiring.
Ayrim manbalarga ko‘ra, Respublikamizda yovvoyi hayvonlarning 99, parrandalarning 410, baliqlarning 79 turi mavjud.
Ulardan 32 hayvon, 31 parranda, 5 baliq turi O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitob»iga kiritilgan.
Uning birinchi nashrida 163 tur o‘simlik noyob va yo‘qolib borayotgan turlar sifatida ko‘rsatilgan bo‘lsa, keyingi nashriga 400 tur o‘simlik kiritilishi ko‘zda tutilgan.
3- mashg‘ulot
Do'stlaringiz bilan baham: |