shaxs
tug`iladi,
inson ma’naviyati sirli tarzda shakllanib boradi, o`quvchi o`qituvchi
bilan hamkorlikda hayot sirlariga tushunib yetadi.
Oraliq yakun yasashda o`qituvchi tinglovchilarda savollar bor–yo`qligini
aniqlaydi. Tushgan savollarga boshqa tinglovchilarning javob berishini iltimos
qiladi, so`ngra barchaga quyidagi savollarni beradi;
Sizning dastlabki fikringiz Buber nuqtai nazari bilan qay darajada mos
tushdi?
Sizni eng ko`p hayratga solgan narsa nima?
Nima sizga ma’qul bo`ldi ?
Nimalarga e’tirozingiz bor?
Bundan biz qanday xulosa qilishimiz mumkin?
Siz buni amalda qo`llay olasizmi?
Ma’ruzaning yakuniy qismida o`qituvchi va o`quvchi munosabatlari erkin
bo`lishi kerak. O`qituvchi ma’naviyat zinapoyasida o`quvchiga nisbatan bir
pog`ona yuqori turadi. Uning ustunligi va obro`si ana shundan kelib chiqadi.
O`qituvchining aynan mana shu obro`sining tan olinishi, Buber yondashuvining
an’anaviy
va
zamonaviy
pedagogikada
mustahkam
shakllanib
qolgan
yondoshuvlardan afzalligini ko`rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |