djol
(yo‘l)
djomon
(yomon), shuningdek so‘z oxirida keng unlilardan
keyin kelgan q, g‘ tovushlari v kabi talaffuz qilinishi:
tov
(tog‘),
bov
(bog‘); so‘z
oxiridagi q, g‘, k, g undoshlaridan keyin kelganda tushib qolishi:
sari
(sariq),
kishilik va ko‘rsatish olmoshlarining jo‘nalish kelishigidagi formasi:
mag‘an, -
sag‘an, -ug‘an
kabi; hozirgi zamon davom fe’lining formasi
–djotir, -yatir
yoki
–
yap:
keldjotir, kelayotir, kelyapti
3
Ko‘rinib turganidek, ushbu tasnif biz tadqiq qilayotgan shevalarga mos
kelmaydi. Sababi birinchidan, Yangibozor va Gurlan tumanlarida lablangan o
tovushi ishlatilmaydi, ikkinchidan so‘z boshida dj-lashish , uchinchidan, olmoshlar
1
Решетов В.В. Шоабдураҳмонов Ш. Ўзбек диалектологияси. Тошкент, «Ўқитувчи», 1978. 29-30-
бетлар.
2
O‘sha kitob. 32-bet.
3
O‘sha kitob. 36-bet.
13
jo‘nalish kelishigida
–mag‘an, -sag‘an
shaklida kelmaydi, bu hududda ayrim
so‘zlardagina saqlanib qolgan:
djiyna
(yig‘ishtir),
jiyim-terim
(yig‘im-terim) kabi.
Xorazm shevalarining eng mukammal tasnifini yaratgan olim F.
Abdullayev hisoblanadi. U Xorazm shevalarini fonetik-morfologik va leksik
xususiyatlariga ko‘ra ikkita: qipchoq va o‘g‘uz lahjalariga ajratadi.
Qipchoq lahjasiga y-lashgan va dj-lashgan tip shevalar mansubligini
ta’kidlaydi. Bu shevalarga xos fonetik-morfologik va leksik xususiyatarni birma-
bir sanab ko‘rsatadi
1
.
“j” lashgan sheva vakillarining Gurlan tumanidagi Oqqum, Marbutat
qishlog‘ining shimoli-sharqida, Vazir qishlog‘ining shimoli-g‘arbida, shuningdek,
Qoraqalpog‘istonning Qipchoq (hozirgi Amudaryo) tumanining Xitoy uchaskasi,
Mang‘itning Shimoli-sharqida, janubidagi joylarni ham, “j” lovchilar tashkil
qilishi, ularga xos til xususiyatlari atroflicha ko‘rsatib beriladi. “J” lashgan
shevalarning asosiy belgilari sifatida F.Abdullayev quyidagilarni ta’kidlaydi:
1. I va ü tovushlari o‘g‘uz shevalaridagidek til oldi unlilari emas, balki til
o‘rtasiga moyil tovushlardir:
ish, il, ich, kim, ilm, til, tish, kichchi, kül, yür, yüzüm,
tüsh, kün, ün, yüz
kabi.
2.
ӓ
tovushi Toshkent dialektidagidek, til oldi quyi ko‘tarilishdagi unli
tovushdir, o‘g‘uz shevalarida o’rta quyi ko’tarilishdagi
ӓ
unlisidan ancha farq
qiladi.
3. O‘g‘uz lahjasiga xos bo’lgan qadimgi cho‘ziqlik yo‘q.
4. So‘z boshida kelgan o‘rta kenglikdagi e, ö, o tovushlari kuchli
diftonglashadi
: yoki, elli, ot, o’pka, ozbak, oq;
rus tilidan kirgan
so‘zlar ham shu qonunga bo‘ysunadi: oблъс, ўрдън kabi.
5. “j”lashgan ya’ni markaziy o‘zbek shevalarida, o‘g‘uz lahjasida shuningdek,
Xorazmning shimol qismidagi ayrim qipchoq shevalarida so‘z boshida kelgan y
tovushi o‘rnida sistematik ravishda j keladi:
joq, jamav, jash
kabi.
6. Bu shevada chuqur til orqa x undosh tovush yo‘q:
qatin, qala, qabar, qat,
tuqum
kabi.
1
Абдуллаев Ф. Хоразм шевалари. I том . Ўзбекистон ФА нашриёти, Тошкент, 1961.
14
7. q va g‘ tovushlari bu shevada chuqur til orqa tovushlaridir. O‘g‘uz lahjasida
bu tovushlar rus tilidagi k-g tovushlariga yaqin .
8. Bir qator so‘zlarning boshida keladigan c tovushi o‘rnida sistema tariqasida
ch keladi
: chichqan, choch, chimishka
kabilar.
9. g‘ Do'stlaringiz bilan baham: |