Alijonova durdona farhodjon qizining



Download 8,09 Mb.
bet85/103
Sana26.02.2022
Hajmi8,09 Mb.
#472897
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   103
Bog'liq
topildiiii

Abdusaid Ko`chimov (1951-yili tug`ilgan) Samarqandning Urgut tumanida tugilgan. Toshkent Davlat pedagogika institutining o`zbek tili va adabiyoti fakultetini tugatgan. Ilk kitobi – "Kashfiyotchi bolalar" 1978-yilda chop etildi. Shundan so`ng uning "Mening O`zbekistonim"(1979) "Mening yulduzim"(1984), "Umid daraxtlari" (1992), "Chanoq"(1985), "Ikki bahor"(1990), "Qiyofa"(1996) kabi she’riy va nasriy kitoblari nashr qilindi. "Baland tog`lar"(2002) saylanma kitobiga yozuvchining qissalari, dostonlari, she’rlari kiritilgan. A.Ko`chimov Xalqaro YUNESKO mukofoti, G`afur G`ulom nomidagi mukofot bilan taqdirlangan. Unga "O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan jurnalist" unvoni, "Shuhrat" medali, "Mehnat shuhrati" ordeni berilgan.
A.Ko`chimov qalbi jo`shqin, shijoatli bolalar publitsisti hamdir. U mustaqillik g`oyalarini matbuotda keng yoyish, o`tmish tariximizga oid hamda istiqlol ne’matlarini bolajonlar qalbiga jo etishda dolzarb maqolalari bilan hissa qo`shib kelmoqda.
A.Ko`chimovning bolalar shoiri sifatidagi o`ziga xosligi - bolalar qalbini so`zlatishida. Uning she’rlar mavzusi rang-barang. Shoirning "Biz o`n yetti o`rtoqmiz", "Ikki o`rtoq bor edi", "Uch do`st", "Mish-mishvoy", "Yer boyliklar onasi", "Buvimning istagi" kabi she’rlarida kichik zamondoshlarning lirik obrazi
va murakkab ichki kechinmalari teran aks ettirilgan. Jumladan, shoirning "G`affor shamol" she’ri kichik maktab yoshidagi o`quvchilar xarakterini ochib bergishga xizmat qiladi. Unda G`affor ismli bola timsolida mashaqqatlardan hayiqadigan, o`z fikrida turmaydigan, shamol singari qo`nimsiz bolalar hajv qilingan. Ta`kidlanishicha, G`affor shundayki:
Boksyorlikka havas qo`yar Gohida u.
Goho birdan oshpazlikni Qilar orzu.
O`qituvchi, artist, suvchi Yoki rassom.
U "sevmagan" hunar yo`qdir Xullas kalom.
G`affor hamma kasbni shu tariqa oirzu qiladi, ammo o`z so`zidan darrov qaytadi. Chunki, uningcha doktorlikning ishi og`ir; shofyorlikning egni dog`-dug`, yag`ir bo`ladi; mashhur olim bo`lish soz-u, o`qish qiyin; shoirlik xo`p ajoyib, biroq she’r to`qish qiyin; xullas, hamma hunarning bir "lekin"i topila qoladi. Lirik qahramon bunday bolalarga achinadi. G`affor singarilarga biror kasbni tezroq tanlab, har daqiqa oltinga tengligini anglashga da’vat etadi.
A.Ko`chimovning yana bir she’ri "Yer – boyliklar onasi" deb nomlanadi. She’rda kichkintoy bolalarga xos "nimavoy"lik hamda undan chiqarilgan ibratli saboq mazmuni aks etgan. Yosh lirik qahramon jajji ukasi Savlatjonning ezma "bilag`on"ligidan dastlab jahli chiqadi. Chunki u juda ko`p narsaga qiziqadi: Nega kunduz chiqmas oy? Nega qishda muzlar soy? Nega tomning tili yo`q? Nega gulning qo`li yo`q? Xayriyatki, ularning tog`day bardoshli bobosi bor: u erinmay jajji nevaraning barcha "nega-nega"lariga javob beradi. Natijada, lirik qahramon ona yer haqidagi tushunchaga ega bo`ladi: Yer - non tayyorlanadigan bug`doyning, kiyim-kechak tayyorlanadigan paxtaning, oq qant olinadigan shakar qamishning, temirning, barcha boyliklarning onasi ekanligi ma’lum bo`ladi. Shuningdek, bobosining hikoyasidan yosh qahramon oqpadar Gitlerning ona-yerga chang solgani, shu urushda bobosi ham o`ng oyog`idan ajralib kelgani, hozir ham ba`zi yovlar zaminga azob berib, bog`-rog`larni xarob etayotgani ayonlashadi. Shu tariqa, lirik qahramon ongida Yer oddiy tuproq, zamin holidan buyuk Vatan darajasiga ko`tariladi va "ezmavoy" ukasiga ich-ichidan minnatdorlik bildiradi.
Shoirning "Ikki o`rtoq bor edi", "Mish-mishvoy", "Men g`iybatchi emasman", "Majlis", "Sufliyor" kabi she’rlarida ham maktab o`quvchilari o`rtasida uchrab turadigan turli voqealar, odatlar, yoki, shu yoshdagi o`g`il-qizlarning fe’l-atvori lirik ifodasini topgan. "Hiyla" she’rida kattalarga xos fe’l-atvor aslida bolalikdan, aniqrog`i, oiladan boshlanishi ochib berilgan. She’r qahramoni Shodmonjon otasidan xushomadgo`ylik sabog`ini olgach, darhol bu "o`git"ni hayotga tatbiq etadi:
Ertasi erkalanib, Oyisidan pul oldi. Darsdan keyin G`anining
Yuragiga qo`l soldi…
–"Morojnie"ga bir to`ysak. Nima deding, jo`rajon?
G`ani labin yaladi:
–Attang, pulim yo`q edi..
Shodmon kerilib:
–Mana,
Menda bor, ketdik!–dedi.
Tandirday qizib turgan kunda ikki o`rtoq muzqaymoqni paqqos tushiradilar. A’lochi, yuvosh, morojniy jonu tani bo`lgan G`ani bu siylovdan hayron bo`lib turganda, Shodmon maqsadga ko`chadi:
–Uy ishin ko`chirsam, Degandim daftaringdan…
G`anining yo`q demoqqa tili bormay, g`alati ahvolga tushadi. Qo`li titrab portfelini ochadi… "Yegan og`iz uyalar, xushomad zo`r shaytondir".
Shoir shu tarzda yosh kitobxonlarga ijtimoiy hayotda ro`y berayotgan hodisalar mohiyatini tushuntirgishga, realistik tasvirga e’tibor qaratadi. Bu ham bo`lsa, mustaqillik davri bolalar adabiyotining mavzu va muammoni yoritishda kengqamrovlilik kasb etgani dalolatidir. Shu ma’noda A.Ko`chimov ijodida umuman, insoniyat dardi, ruhiy kechinmalari, iztiroblari, yoxud orzu-o`ylari reallasha boradi, ya’ni, hayotga yaqinlashadi. Shoir she’rlarida yosh qahramonlar- bolalar chinakam "hayot qozonida qaynaydilar". Bu jihat "Ukamning maslahati" she’rida ham yaqqol ko`rinadi. Umuman, shoir she’rlari kichkintoylarni bolalik olamidan kattalik dunyosiga yetaklovchi vosita ekanligi ayonlashadi. A.Ko`chimovning bolalar uchun yozgan adabiy ertak, ballada va dostonlarida ham bu xususiyat majoziy, obrazli tasvir etilgan.
Uning "Saboq" she’riy ertagi ijtimoiy dolzarb mavzuga bag`ishlangan. Shoir Chumchuq va Burgut ramziy obrazlari orqali vatanparvarlik tuyg`usini oydinlashtiradi. O`z dala-qirida – pastlikda yashashdan or qilgan Chumchuq Burgutga taqlid qilib, o`rkach-o`rkach qoyalar tomonga qarab parvoz qiladi. Qora terga botib, jiqqa ho`l bo`lgach, nafasi tomog`iga tiqilib, bir qoyaga urilib yiqiladi. Anchagacha behush yotgan chumchuqqa sor Burgut duch kelib, uning nimjonligiga rahmi keladi. Chumchuqning:
Pastliklarda shuncha yashab, Qoniqmadi yuragim
Yo`q demasang sening bilan Yashamoqdir tilagim,–
degan gapiga qah-qah urib kulsa ham, uni yelkasiga mindirib oppoq bulutlar orasiga kirib ketadi. Yer, dala, suv, tog`, o`rmon – barchasi ko`zdan g`oyib bo`ladi. Ana shundagina yuragini qo`rquv qoplagan chumchuq yerning naqadar go`zalligini his qiladi va o`z xatosini tushunib yetadi. Burgut o`z makoni bilan cheksiz faxrlanadi: ko`k bag`rida yashash, qor-bulutlar qo`yni-yu shamollar raqsini kechalari porlagan yulduzlar qurshovini otashin muhabbat bilan ta’riflaydi.
"Bilsang, yo`qdir yer yuzida, suluvlikda bunday joy",– deb g`ururlanadi. Ammo Chumchuqqa shunday saboq beradi:
Biroq, uka, har narsaning O`z Vatani bo`ladi,
Har narsaning baxt-iqboli O`z bog`ida kuladi.
Chumchuq bu fikrdan to`g`ri xulosa chiqarib, o`z do`stlari bag`riga shamolday yelib, uchib ketadi.
Ko`rinadiki, ertak ezgulik bilan tugagan. Shunga muvofiq asarning tarbiyaviy ahamiyati, mavzuviy dolzarbligi katta.
Xullas, ona-Vatan, ijtimoiy-hayotiy voqealar, zamona taloto`plari, jamiyatda kechayotgan yaxshi-yomon o`zgarishlarlarni A.Ko`chimov o`ziga xos uslubda, ohangda bolalarbop ifoda etadi. Ijodkorning o`z ovozi, tahliliy mushohadalarga boy publitsistikasi, esse va ertaklari istiqlol davri bolalar adabiyotini yangi tamoyillar bilan boyitishga hissa qo`sha oldi. Uning she’rlarida hurfikrlilik yarq etib ko`zga tashlanadi, lirik qahramonlari haqiqatga tik boqadi. Uning asarlarida Vatan oldidagi burch va mas’uliyat eng oliy insoniy tuyg`u ekanligi anglashilib turadi. Xuddi shu qirralar davr bolalar adabiyotining yetakchi xususiyatlari hamdir.



Download 8,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish