Alijonova durdona farhodjon qizining


BOLALAR ADABIYOTI TARAQQIYOT SARI Reja



Download 8,09 Mb.
bet62/103
Sana26.02.2022
Hajmi8,09 Mb.
#472897
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   103
Bog'liq
topildiiii

BOLALAR ADABIYOTI TARAQQIYOT SARI Reja:


  1. Ilyos Muslim – bolalar shoiri.

  2. Hakim Nazir – o‘zbek bolalar realistik nasrining sohibkori.

  3. Mirkarim Osim – tarixiy-biografik qissanavis adib.

  4. Po‘lat Mo‘min bolalarning qo‘shiqnavis shoiri.

  5. Qudrat Hikmat she’rlarining badiiy-tasviriy xususiyatlari.

  6. Nosir Fozilov ijodida bolalar va o‘smirlar ruhiyati talqini.

  7. Farhod Musajon – bolalar adibi va kinodramaturgi.



MAVZUGA DOIR TAYANCH TUSHUNCHALAR: tashbeh, taqvim, realistik nasr, roman, ocherk, lavha, novella, tarixiy-biografik, tarixiy-qahramonlik, tarixiy-maishiy, fantastik, ertak-pyesa, epizod, dramatik konflikt, voqeaband, kinoya, istehzo.


Ilyos Muslim bolalar shoiri (1909-1993). Bolalar uchun asar yaratishdek sermashaqqat va qutlug` ishga umrini bag`ishlagan Ilyos Muslim 1909- yilda Qirg`izistonning Bishkek shahrida cho`yan quyuvchi – hunarmand oilasida dunyoga keladi. I.Muslim 1927-yilning kuzida Toshkentga kelib, erlar bilim yurtiga o`qishga kiradi. 1930-yilda u bilim yurtini muvaffaqiyatli tamomlagach, Qashqadaryoning Yakkabog` tumanidagi Shaman-qirg`iz va Sheroziy qishloqlarida o`qituvchilik qilib, yoshlarga bilim beradi.
1931-1942-yillarda Ilyos Muslim O`zbekiston davlat nashriyotida, badiiy adabiyot, yoshlar va bolalar adabiyoti nashriyotlarida turli lavozimlarda ishlaydi. Shoirning birinchi she’rlar to`plami 1932-yilda "O`suv" nomi bilan kitobxonlar hukmiga havola etildi. 1934-yilda "Zaharxandalar" degan ikkinchi to`plami, "Miqti keldi" dostoni bosilib chiqadi. 1938-yilda esa "She’rlar" to`plami nashrdan chiqadi. 1942-1947-yillarda harbiy xizmatda bo`lib qaytgan shoir yana adabiy ijodga qizg`in sho`ng`iydi. Shundan keyin uning birin-ketin "Turnalar" (1952), "Bizning maktab" (1954), "Sening sovg`ang" (1957), "Tilla qo`ng`iz" (1960), "Ishchan asalarilar" (1962), "Oylar aytishuvi", "Oyxon va rayhon" (1964), "Ko`rik" (1969) kabi qator she’riy to`plamlari bolalar adabiyoti taraqqiyotiga hissa bo`lib qo`shildi.
Shoir she’rlarida o`ziga xos poetik obrazlar, o`xshatishlar ko`zga tashlanadi. Masalan, u bahor elchisi boychechakni ta’riflar ekan, uning yorqin detallari – rang va xususiyatlarini kichkintoylar tafakkuriga mos talqin etadi:
Hali erimasdan qor, Dala, qirda gulbahor. Chiqdi mitti gul-chechak, May elchisi boychechak. Askar kabi turar tik, Barglari yashil, tetik.
Uning rangi sariq, oq, Boshida kumush qalpoq.
I.Muslim she’rda obrazning kichkintoylar tasavvuriga xos ko`rimliligini ta’minlagan. Bahor dala-qirdan boshlanishi bejiz emas. Quyosh nuri eng ko`p tushadigan, iliqlik tafti ilgariroq seziladigan joy bepoyon qir-u dalalardir. Boychechak ham dastlab dala-tuzda yashnab ochiladi. U qadimda Navro`z elchisi sifatida bolalar quvonchiga sabab bo`lgan. Shoir xalq orasida qadimdan bolalar tomonidan kuylanib kelinayotgan qo`shiqqa aniqlik kiritib, uning yangi qirralarini tasvirlaydi. May turfa gullarning qiyg`os ochilgan pallasi, boychechak esa uning dastlabki nishonasi ekanligi shu tariqa bolalarga ayon bo`ladi. Bu jajji gulning askarga o`xshatilishi ham tasodif emas. Uning sovuq va erib ulgurmagan qordan qo`rqmay, bosh ko`tarib turishi askarlarga xos jasoratga qiyoslanmoqda. Kumush qalpoq tushunchasi faqat gulning (oq rang) tashbehlanishi bo`lib qolmay, qor ostidan bosh ko`tarib turishiga ham ishoradir.
Shoir she’rlarining aksariyati maktabgacha ta’lim yoshidagi yoxud kichik maktab yoshidagi o`quvchilarga mo`ljallab yozilgani she’rlar mazmun- mundarijasidan anglashiladi. Bu yoshdagi bolalarni ko`proq hayvonlar, qushlar va jonivorlar, gullar, zilol suvlar-u yoz ne’matlari yoki qorbobo va qish, yam-yashil archa juda-juda qiziqtiradi. Ilyos Muslim bolalarga olam-olam shodlik keltiruvchi ana shunday mavzularga tez-tez murojaat qiladi. Shoirning "Laylak keldi", "Turnalar", "Quyon", "Toychog`im", "Laylak", "Gul teramiz", "Archa qo`shig`i", "Maktabimiz" singari she’rlari shu ma’noda ardoqli.

  1. Muslimning mehnat mavzusida yozilgan she’rlari o`quvchilarda faqat mehnatga ko`nikma hosil qilish, mehnatning hayotiy ehtiyoj ekanini uqtirib qolmasdan, balki ularda mehnatdan zavqlanish tuyg`ularini ham shakllantirib boradi. Shu jihatdan shoirning "Sening sovg`ang", "Oyxon va rayhon" she’rlari ahamiyatli. Masalan, dastlabki she’rda jajji qo`lchalari bilan kashta tikib onasiga sovg`a qilishga chog`lanayotgan qizaloq haqida so`z borsa, ikkinchi she’rda jambil- rayhon ekib, jo`yaklariga suv qo`yib ko`kartirgan Oyxon ta’riflanadi. She’rlarda shoir o`zi xulosalaganday, halol mehnat rohatini totish zavqi yorqin aks etgan. "Odobli qizcha"da esa qiz bolalarga xos tartiblilik, saranjom-sarishtalikka da’vat etiladi:

Ra’no kichkina hali, Ishiga hamma hayron. Qo`lda jajji supurgi,
Chinnidek hovli, ayvon. Uyni tartibli tutar,
Chang qo`nmas divanga hech. Buni ko`rib qo`shnilar Maqtashadi erta-kech.
Albatta, bunday she’rlarning mazmuni ancha sodda, badiiylikdan ko`ra oddiy so`zlar bayoni tarzida ifoda etilgan bo`lsa-da, yarim asr ilgarigi avlod kichkintoylarining zehn idrokiga muvofiqligi ayon haqiqat. Qolaversa, bugungi kichkintoylar ibrat olsa arziydigan xalq qadriyatlari mavjud unda.
Ilyos Muslim qator yumoristik she’rlar ham yozgan."Eshmatvoyning qilig`i", "Befahm Eson" she’rlarida bolalarda uchrab turadigan ayrim qusurlar hajv qilinadi. Shuningdek, uning "Oylar aytishuvi" she’rida taqvimdagi 12 oyning o`ziga xos muhim xususiyatlari, navbat bilan ketma-ket almashib kelishi, el-yurtni obod etishi kuylanadi. Zero, Ilyos Muslim boy ijodiy tajribaga hamda xalq e’tirofiga sazovor shoirlardan biridir.



Download 8,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish