Alijonova durdona farhodjon qizining



Download 8,09 Mb.
bet39/103
Sana26.02.2022
Hajmi8,09 Mb.
#472897
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   103
Bog'liq
topildiiii

Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875-1919). Mahmudxo‘ja Behbudiy XX asr bo‘sag‘asidagi Turkistonning orzu- armonlaridan biri sifatida maydonga keldi.
U o‘z davrining ijtimoiy-siyosiy harakatlarida faol qatnashgan eng yirik namoyandasi, yangi zamon o‘zbek madaniyatining asoschisi edi. Turkiston jadidlarining tan olingan rahnamosi, mustaqil jumhuriyat g‘oyasining yalovbardori, yangi maktab g‘oyasining nazariyotchisi va amaliyotchisi, o‘zbek dramachiligini boshlab bergan birinchi dramaturg, teatrchi, noshir, jurnalistdir. U tariximizningg‘oyat og‘ir va murakkab davrida yashadi. Mahmudxo‘ja Behbudiy 1875- yilning 19-yanvarida Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlog‘ida ruhoniy oilasida dunyoga kelgan. Behbudiy dastlab Samarqand madrasasida, so‘ngroq Buxoroda tahsil ko‘rgan. An’anaviy tahsildan so‘ng o‘z ustida qunt va sabot bilan ishlash orqali u qozi, mufti darajasiga ko‘tariladi. Mahmudxo‘ja dunyoqarashining shakllanishida esa Rusiya jadidchilik harakatining asoschisi Ismoilbek Gaspirnskiyning xizmati katta bo‘lgan.
1899-1900- yillarda Behbudiy buxorolik do‘sti Hoji Baqo bilan haj safariga chiqadi. Safar yangi maktab haqidagi qarashlarini mustahkamlaydi. Uning tashabbus va g‘ayrati bilan 1903-yilda Samarqand atrofidagi “Halvoyi”, “Rajab amin”qishloqlarida yangi maktablar tashkil topadi. Adib ushbu maktablar uchun darsliklar tuzishga kirishadi.
Behbudiy Turkistonda jadidlar harakatining yetakchi vakillaridan biri sifatida savodsizlik, johillik, qoloqlik, madaniyatsizlikka qarshi qizg‘in kurash olib bordi. Maktab maorif ishlarini rivojlantirish g‘oyasini targ‘ib etish Behbudiy faoliyatining tub asosini tashkil qiladi. Behbudiy Buxoroda amirlik tuzumiga ma’lum bir islohotlarni kiritish va shu bilan milliy madaniyatni rivojlantirishni istagan.
O‘tgan asr boshlarida Turkiston uchun shunday oyna kerak ediki, toki undan millat o‘z qabohatini ham, malohatini ham ko‘ra olsin. Mana shu ehtiyoj va zarurat Behbudiyni teatr va matbuot sari boshladi. “Padarkush” shu tariqa maydonga keldi. Muallif “Milliy fojia” atagan 4 manzarali bu drama jaholat va nodonlik haqida, o‘qimagan bolaning buzuq yo‘llarga kirib, o‘z otasini o‘ldirgani haqida hikoya qiladi.
Behbudiyning publitsist sifatidagi faoliyati adib iste’dodining juda yorqin bir qirrasini tashkil etadi. U o‘z umri davomida yuzlab maqolalar yozdi. O‘zining Millat va Vatan, jamiyat va axloq haqidagi fikrlarini ko‘proq maqola va chiqishlarida ifoda etdi.
Millati, Vatanining taqdiriga befarq bo‘lmagan jadidchilik harakatining rahnamosi Mahmudxo‘ja Behbudiy ham maktab, ham madrasalardagi ta’lim tizimini, o‘qitiladigan fanlarini, darsliklarini islomiy, sharqona an’analarni saqlagan holda isloh qilish tarafdori edi. Shu maqsadda u “Muntaxabi jug‘rofiyai umumiy” (“Qisqacha umumiy geografiya”), “Kitobat ul-atfol” (“Bolalar maktubi”), “Tarixi
muxtasari islom” (“Islomning qisqacha tarixi”), “Amaliyoti islom”, “Madxali jug‘rofiyai umroniy” (“Aholi geografiyasiga kirish”), “Muxtasari jug‘rofiyai rusiy” (“Rossiyaning qisqacha geografiyasi”) kabi oltita darslik yaratdi. Bular ilk o‘zbek maktablari uchun tuzilgan darslik va qo‘llanma sifatida emas, til, yozuv, madaniyatimiz taraqqiyoti nuqtayi nazaridan ham muhim ahamiyatga ega. Mahmudxo‘ja Behbudiy “Kitobat ul-atfol” darsligida qator muammolarni ko‘tarib chiqqan va ularning yechimi bilan bog‘liq fikr - mulohazalarni bildirgan. Adib tildagi qorishiqlikdan voz kechib, o‘zbek tilining hamma uchun tushunarli bo‘lishini ta’minlashga harakat qilgan. Behbudiy birinchilardan bo‘lib, tilimizga punktuatsiya

  • tinish belgilarini olib kirdi.

“Kitobat ut-atfol”da o‘nta rumuz – tinish belgi keltirilgan. Behbudiy tinish belgilariga ularning ahamiyatini tushungan mutaxassis sifatida munosabatda bo‘ldi. Rumuzlar:
Alomati savol [?]
Alomati nido, taajjub, xitob – [!] Alomati mutariza [()]
Alomati mummayiza –[“”]
Ikki so‘zni farq qilaturgon alomat [–]
Alomati murodofot, ya’ni ikkisi bir pog‘onada – [ -] Ozgina turmoq uchun [,]
Bayon va tafsil uchun– [:]
Notamom so‘zlar, kinoya, mubham va mahzuflar alomati –[...] So‘zni oxiri yoki vaqti tom alomati– [.]

  1. Nuqta [.] – yozuv belgisi sifatida qadimgi arab manbalariga borib taqaladi. U o‘zbek tilida XIX asrning 2-yarmidan boshlab ishlatila boshlangan. Behbudiy mazkur tinish belgisini ishlatish o‘rniga ko‘ra: “So‘zni oxiri yoki vaqfi tom alomati” deb nomlagan. Haqiqatda ham ushbu belgi tinch ohang bilan aytilgan darak, buyruq gaplar oxirida qo‘yiladi.

  2. So‘roq belgisi [?]ning kelib chiqishini lotincha “questio”– so‘roq so‘ziga bog‘laydilar. So‘roq ma’nosida mazkur so‘znning birinchi harfi “Q” ishlatila boshlangan. Keyinchalik hozirgi belgisi holatiga kelib qolgan. O‘zbek matnlarida 1885-yildan “Turkiston viloyatining gazeti”da uchragani, 1900- yildan muntazam ishlatila boshlagani ayonlashadi. Mahmudxo‘ja bu tinish belgini ishlatish o‘rni, mohiyatiga ko‘ra “Alomati savol” deb nomlaydi.

  3. Undov [!] belgisi o‘zbek tiliga rus tilidan o‘tgan. Mutaxassislarning fikricha, u lotincha “lo” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, unga nuqta qo‘yilishi bilan hosil bo‘lgan. Bu tinish belgisining zarurligini anglagan holda Behbudiy uning ishlatish o‘rni va mohiyatiga ko‘ra “Alomati nido, taajjub, xitob” deb nomlaydi va targ‘ib qiladi.

  4. Ko‘p nuqta [...] – XIX asrning 2- yarmidan boshlab o‘zbekcha matnlarda ishlatila boshlangan. 1876-yildan e’tiboran “Turkiston viloyatining gazeti”da muntazam qo‘llangan. Behbudiy esa mazkur belgini ishlatishdan kelib chiqib “Notamom so‘zlar, kinoya, mubham va mahzuflar alomati” deb nomlaydi. Bunday

nomlanish o‘quvchiga mazkur tinish belgisidan qachon, qay o‘rinda foydalanish savodini ham beradi.

  1. Vergul [,] – tinish belgisi sifatida G‘arbiy Yevropada XIV asrdan boshlab ishlatila boshlangan. O‘zbekcha matnda XX asr boshlaridan boshlab uchraydi. Ma’lumki bu tinish belgisi uyushiq bo‘laklarini hamda qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni, qolaversa, undalma, kiritmalarni ajratish uchun ishlatiladi, mazkur tinish belgisi yarim to‘xtamni talab qiladi. Shuning uchun Behbudiy vergulni “Ozgina tinmoq uchun” deb ataydi.

  2. Ikki nuqtaning [:] yozma nutqda ishlatish zaruriyatini Behbudiy to‘g‘ri aniqlagani holda “Bayon va tafsil uchun” deb nomlab, rasmiy tinish belgi sifatida e’tirof etadi.

  3. Tire [–] belgisini jahon tilshunosligiga N.M.Karamzin (XVIII asrda) kiritgan. U o‘zbek yozuviga XIX asrning 70-yillaridan “Turkestanskoye vedomosti” gazetasining ta’sirida ishlatila boshlangan. Behbudiy mazkur belgini “Ikki so‘zni farq qilaturg‘on alomat” deb ataydi. O‘rni kelganda ta’kidlash lozimki, bu tinish belgi Behbudiy ta’kidlaganidek, faqat ikki so‘zni farq qilishda ishlatilish bilan cheklanmay, dialogik nutqda, ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarda, bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda, qolaversa, uyushiq bo‘laklar va umumlashtiruvchi so‘zlar o‘rtasida ishlatiladi.

  4. Qavs [()] o‘zbek yozuvida XIX asrning oxirgi choragidan boshlab, aniqrog‘i, 1873-yildan “Turkiston viloyatining gazeti”da ishlatilgan. Behbudiy bu belgini “Alomati mu’tariza” deb amaliyotga rasmiy tinish belgisi sifatida targ‘ib qila boshlagan.

  5. Behbudiy “Alomati mummayiza” deb nomlagan qo‘shtirnoq belgisini [“”] amaliyotga rus olimi professor A.A.Borsov kiritgan. O‘zbek yozuvida esa, u kiritish belgisi sifatida XIX asrning 80-yillaridan boshlab uchraydi.

Mana shu kabi muammolarning ildizini anglagan Behbudiy “Kitobat ul- atfol”ni yaratdiki, maktab yoshidagi o‘quvchilarning hujjatchilik bilan tanishuvlari, bunda eski, tushunarsiz, an’anaviy usul va yo‘llardan voz kechib, yangi uslub va tahrirdagi hujjatlarni yozishni o‘rganishlarini tavsiya qiladi.
Darslikdagi bu maqsad keyinchalik badiiy matn va she’rlarni ifodali o‘qish, his-tuyg‘uni ta’sirchan ifoda etish yo‘lida alohida xizmat qilgani diqqatga sazovor.

Download 8,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish