Alijonova durdona farhodjon qizi



Download 193,5 Kb.
bet45/50
Sana31.12.2021
Hajmi193,5 Kb.
#272940
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
Bog'liq
dissertatsiya so'ngisi

Bob bo‘yicha xulosalar

1. Nominatsiya deganda nomlash jarayoni tushuniladi. Terminni nominatsion-motivatsion tahlil qilish natijasida uning qaysi til birligi ekanligi, nomalashga nima asos qilib olinganligi kabi masalalarga oydinlik kiritiladi: Magazin arabcha termin bo‘lib, ombor degan ma’noni anglatadi. 1) chakana savdo do‘koni; 2) obligatsiyalar oldi-sotdisi bilan shug‘ullanuvchi dilerlik kompaniyasi. Ayni ikkinchi ma’nosi bilan magazin so‘zi umumleksik qatlamdan terminga ko‘chgan. Tijorat ushbu termin asosida bir qancha terminlar hosil qilingan: tijoratchi (tujjor shakli eskirgan), tijoratxona, tijoratchilik kabilar. Barchasi qo‘llanilish doirasi cheklanmagan, faol leksika tarkibida yashaydi. Arab tilidan o‘zlashgan bo‘lib, savdogarlik, oldi-sotdi ishi ma’nolarini bildiradi. Loyalty – inglizcha termin bo‘lib, o‘zbek tiliga loyallik shaklida qabul qilingan. Iste’molchining markaga, brendga munosabati, xarakteristikasi, deya izohlanadi.

2. Marketing terminlari maydon nazariyasi asosida leksik-semantik guruhlarga ajratildi. Natijada, soha terminlari o‘ndan ortiq mavzuviy guruhlardan tashkil topgan. Jumladan, kasbiy terminlar, tovar-mahsulotni ifodalovchi, faoliyat, jarayonni, shuningdek, huquqiy, bozor va uning turlari, marketing tarmoqlarini, metodologiyasini bildiruvchi terminlardan iborat.

3. Terminlarning etimologik tahlilga asoslanib, inglizcha terminlar ko‘p, ruscha, fransuzcha, nemis tilidan qabul qilingan terminlar talaygina. Shuning uchun ham bu soha terminlar xalqaro miqyosda amal qiladi. O‘zbekcha terminlar ham mavjud bo‘lib, arabcha hamda forscha shakllarini uchratishimiz mumkin.

4. Har qanday sohada ham yangi bir tushunchaning paydo bo‘lishi va uni tilda ifodalash zaruriyati oqibatida muayyan terminologik tizim shakllanishining ilk bosqichida sinonimiyaning vujudga kelishi tabiiy bir hol hisoblanadi. Mutaxassislar sinonimiyani terminologiyadagi eng birinchi qusurli hodisa sifatida alohida ta’kidlaydilar.

5. Terminlarni tartibga solishda tushuncha yoki predmetning eng xarakterli tomonini tanlab olish eng asosiy tamoyil bo‘lmog‘i kerak. Shuningdek, sinonimik qatordan har tomonlama talabga javob beradigan terminni tanlashda aniqlik, qisqalik mezonlari asosiy o‘rinni egallamog‘i lozim: bitim – shartnoma – kontrakt. Bitim termini sof o‘zbekcha hisoblanib, bitmoq fe’liga -im ot yasovchi affiksini qo‘shish natijasida hosil qilingan. Shartnoma terminidagi -noma affiksi forscha hisoblanadi. Kontrakt termini rus tilidan o‘zlashgan. Kontrakt – shartnoma terminlari leksik dublet terminlar desak ham bo‘ladi. Iste’molda sinonimik qatorning uchala birligi ham faol qo‘llanadi. Shu qatorda polisemantik, omonim, antonim, paronim va giper-giponimik terminlar paradigmatik munosabatlar negizida tadqiq etilganligi bilan muhim ahamiyatga ega.



xulosa

1. O‘zbekistonda mustaqillikdan so’ng bir qator yangi sohalar vujudga keldi. Turizm, xizmat ko’rsatish, axborot texnologiyalari, internet, menejment, marketing kabi sohalar shular jumlasidandir. Marketing sohasining kirib kelishi esa uning leksikasi hamda terminologiyasini tadqiq etish kabi masalalar o’zbek tilshunosligining boyishiga zamin hozirladi. Marketing (ingl. market – bozor, bozordagi harakat, faoliyat) korxonaning tovar ishlab chiqarish va sotishini tashkil etish hamda boshqarish shakli.

2. Marketing – bozor holatini har tomonlama o‘rganish va oldindan baholash asosida tovarlarni ishlab chiqarish va sotishni tashkil etish hamda shu tariqa yaxshi foyda topishni uyushtirish – deya talqin qilinadi. Yuqoridagi ta’riflardan shuni xulosa qilish mumkinki, marketing insonlar hayotini farovonlashtirishga qaratilgan, keng qamrovli muhim sohadir. Tilshunoslikdagi har bir sohaning rivoji ana shu soha negizida shakllangan lug‘atlar bilan belgilanadi. Ma’lumki har qanday terminologik lug’at u yoki bu soha terminlarini tartibga keltirish, ularning terminologiyadagi o‘rnini topdira olish singari muhim vazifalarni bajaradi. Marketing termini – marketing terminosistemasining elementi hisoblangan, marketing sohasidagi o‘ziga xos tushunchani ifodalovchi so‘z yoki so‘z birikmasi.

3. Marketing terminologiyasi iqtisodiyotning bir tarmog‘i sifatida ajralib chiqib, mustaqil fan va sohaga aylangan. Shuning uchun uning tarkibiga kiruvchi terminlarning ko‘pi iqtisodiy atamalardan iborat. shuningdek, bank-moliya hamda internet sohalariga oid terminlar bilan ham ish ko‘radi.

4. Marketing terminologiyasiga kasbni ifodalovchi, narsani bildiruvchi, jarayon hamda faoliyatni, marketing turlarini, pul birligi, iqtisodiy va moliyaviy tushunchalarni ifodalovchi, tovar-mahsulot ishlab chiqarish: nomlash, qadoqlash, sifatini aniqlash, huquqiy terminlar, bozor va savdo-sotiqqa oid terminlardan tashkil topgan. 20 dan ortiq mavzuviy guruhlarga birlashadi va 5000 ga yaqin terminni o’z ichiga oladi.

5. O‘zbek tili marketing terminologiyasi etimologik jihatdan Yevropa tillaridan: ingliz, nemis, fransuz hamda rus tillaridan qabul qilingan terminlardan tarkib topgan. Bu terminlar xalqaro miqyosda qo’llangani bois o’zbek tiliga aynan o’zlashgan. Marketing terminlarining kirib kelishiga zamin hozirlagan o‘zbekcha, ya’ni turkiy tillarga xos terminlar ham mavjudki, bu hodisalar terminologiya ilmiy-amaliy takomilining mahsulidir.

6. Marketing terminlari o’zbek tiliga kalkalash, yarim kalka, to’liq kalka asosida xorijiy tillardan o‘zlashgan terminlar tashkil topganligi uchun birikmali terminlar miqdoran ko‘p. Albatta, ushbu hodisalarni izchillik asosida soddalashtirish ham tilshunoslarning vazifalariga kiritiladi. O‘zbek tili marketing terminologiyasidagi birliklar tarkibiy tuzilishi jihatdan sodda, qo‘shma va birikma shaklida bo‘lib, qo‘shma va birikma shaklidagi terminlar salmoqli o‘rin tutadi.

7. Terminologiyaning lisoniy takomili tufayli marketing terminologiyasida polisemiya, sinonimiya, omonimlik, paronimiya, antonimlik hodisalari kuzatiladi. Masalan, antonimlik hodisasi: daromad – buromad, sarf, xarajat; foyda – zarar, kirim – chiqim, eksport – import. Polisemiya masalasida bir qator muammoli vaziyatlar uchrab tursa ham yakuniy to‘xtamga kelinmagan. Lekin terminning eng muhim xususiyati – monosemantik birlik ekanligidir. Istisno tariqasida, Debitor – 1) korxona, tashkilot yoki muassasadan pul yoki mulk shaklidagi qarzi bo’lgan yuridik yok jismoniy shaxs; 2) fuqarolik huquqida aynan qarzdor. Doket – 1) yuk tashuvchining manzili ko’rsatilgan yorliq; 2) yukka ilova qilinadigan ro‘yxat – polisemantik terminlar mavjud.

8. Tilshunoslarning sa’y-harakatlari tufayli ayrim marketing terminlarga muqobil topish jarayonlari amalga oshirilmoqda. Lekin ularning ayrimlari nofaol. Aksioner – hissador, kapital – mablag‘, konnersant – tijoratchi, biznesmen – tadbirkor, avans – bo‘nak kabilar. Terminlarning barchasini ham o‘zbekchlashtirish soha vakillari faoliyatini murakkablashtiradi. Terminga aynan muqobil tanlab, uni ommaviy axborot tarmoqlarida faol qo‘llash esa uning til sohiblari nutqiy jarayoniga singishiga sabab bo‘ladi.

9. Marketing terminlarining ma’lum qismi yasalgan: o‘zbekcha affikslar ishtirokida: aksiyador, banderollash, valorlashtirish, dilerlik, brokerlik (-chi, -dor, -lik, -lash, -lashtirish); xalqaro terminelementlar vositasida: biznesmen, gipermarket, demarketing, revalvatsiya, brending, alloniya (-ing, -er, -man, giper-, de-, re-, -izm) hosil qilinadi.

10. O‘zbek tilshunosligining dolzarb va ustuvor vazifalaridan biri shuki, aynan marketing sohasining o‘zigagina xoslangan terminlar izohli lug‘atini tuzish, o‘zlashma terminlarga muqobil topish, sinonimiya va polisemiya hodisalarini bartaraf etishdir.


Download 193,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish