Assotsiativ tajriba – K.G. YUng, M. Vertgeymer va D. Klyayn tomonidan bir
vaqtda taklif etilgan va shaxs motivatsiyasini tadqiq etishga mo‘ljallangan
loyihalash metodi. Bu metodda sinaluvchiga rag‘bat so‘zlar to‘plamiga javoban
miyaga kelgan so‘zlarni iloji boricha tez aytish taklif etiladi. Bunda yuzaga kelgan
tasavvurlar rag‘bat-so‘z va sinaluvchining javobi o‘rtasidagi bir xil tasavvurlarning
turi, qaytarilishi, vaqtiga ko‘ra qayd etiladi.
2
[3]
S.L. Rubinshteyn tajribaning to‘rt xil o‘ziga xos xususiyatiga ta’rif bergan
edi. Birinchidan, tajribada kuzatuvchi vaziyatga faol aralasha olmaydigan
kuzatishdan farqli ravishda tadqiqotchining o‘zi o‘rganayotgan hodisani yuzaga
keltiradi. Ikkinchidan, tadqiqotchi o‘rganilayotgan jarayonning kechishi va
ifodalanishi sharoitlarini o‘zgartirishi mumkin. Uchinchidan, tajribada
o‘rganilayotgan jarayonni aniqlash uchun qonuniyatli aloqalarni o‘rnatish
maqsadida, alohida sharoitlarni o‘zgarishli tarzda istisno qilish imkoni mavjud. Va,
nihoyat, to‘rtinchidan, tadqiqotchi olingan ma’lumotlarning matematik qayta
ishlanishini qo‘llagan holda sharoitlarning miqdoriy nisbatlarini ham o‘zgartirishi
mumkin.
Tajriba metodining muhim afzalligi shundan iboratki, bunda tadqiqotchi
sustkashlikka yo‘l qo‘ymay, uni qiziqtiruvchi psixik hodisaning yuzaga kelishini
kutib o‘tirmasligi lozim. Tajribada tadqiqotchi sharoitlarni o‘zi yaratganligi uchun
bu sharoitlarni, hamda, ularning sinaluvchiga ko‘rsatadigan ta’sirini ham
to‘laligicha hisobga olish imkoniyati tug‘iladi. SHaroitlarning tadqiqotchi
tomonidan yaratilishi ularni bir necha marta takrorlash imkonini beradi. Bunday
takrorlash, bir tomondan, olingan natijalarning ob’ektiv tasdiqlanishi bo‘lib xizmat
qilsa, ikkinchi tomondan, ma’lumotlar to‘planishi va ularni miqdoriy baholash
imkoniyatlarini ochib beradi.
SHu bilan birga, tajriba metodining salbiy tomoni uni qo‘llashdagi maxsus
yaratilgan sharoitlar o‘rganilayotgan psixik holatning tabiiy kechishini izdan
chiqarishi mumkinligidan iborat (tajriba sharoitlari hayajon, qo‘rquv, o‘zining
ijobiy tomonlarini ko‘rsatishga intilishni keltirib chiqarishi mumkin), bu esa o‘z
navbatida olingan ma’lumotlarning buzib ko‘rsatilishiga olib keladi.
Keyingi yillarda psixologik tashhislash metodlari, test sinovlari keng
ko‘lamda olib borilmoqda.[2]
Psixologiyaning ob’ektiv metodlariga, shuningdek, psixologik tashhislash,
aniq shaxs, odamlar guruhi, u yoki bu psixik vazifaning holatlari, xususiyatlarini
baholash yoki aniqlash maqsadida qo‘llaniladigan test sinovlari ham kiradi.
Test deb, bir xil shaklda tuzilgan, qisqa, vaqt bo‘yicha chegaralangan,
miqdoriy kattalik bilan ifodalangan individual tafovutlarni o‘rnatish uchun
mo‘ljallangan psixologik tashhislash sinoviga aytiladi. Testlar yordamida
odamlarni o‘zaro bir-biri bilan solishtirgan holda o‘rganish, ular psixologiyasi va
hulq-atvoriga baho berish mumkin. Test sinaluvchining o‘zini tutishini belgilovchi
qat’iy qoida bo‘yicha sinaluvchilar bajarishi zarur bo‘lgan vazifalar to‘rlamidan
iborat. Testlarning bajarilishi javoblarning to‘g‘riligi mezoni bo‘yicha baholanadi.
To‘g‘ri bajarilgan vazifalar uchun ballar belgilab qo‘yilgan. Testning rag‘bat
materiali barcha sinaluvchilar tomonidan bir xilda qabul qilinishi kerak.
Testlarga berilgan javoblarni ishlab chiqishning ma’nosi shundan iboratki,
olingan ma’lumotlar kalit yordamida baholashning ma’lum ko‘rsatkichlari,
masalan, shaxsning xususiyatlari bilan solishtiriladi. Aniqlashning so‘nggi
natijalari test ko‘rsatkichlarida o‘z ifodasini topadi. Ularning tashhislashdagi
ahamiyati, odatda, ko‘p sonli sinaluvchilarda statistik hisoblash yo‘li bilan olingan
ko‘rsatkichlar bilan qiyoslash orqali aniqlanadi.
Testlar bir necha mezonlarga ko‘ra tasniflanadi. Maqsadga ko‘ra, tanlash,
ajratish, tasniflash teslariga bo‘linadi. Mazmuniga ko‘ra,: a) umumiy qobiliyatlar
uchun (intellektual va kreativ); b) maxsus qobiliyatlar: shaxs testlari, yutuqlarga
erishish testlari, mezonli-yo‘naltirilgan testlarga ajratiladi. SHakliga ko‘ra testlar
individual va guruhli bo‘lib, quyidagi turlarga bo‘linadi:
- verbal va noverbal (taqdim etilgan vazifalarning shakliga ko‘ra);
- blankli testlar («qalam va qog‘ozli») – sinaluvchiga taqdim etilish shakliga
ko‘ra;
- asbobli testlar (maxsus asboblar yordamida);
- kompyuter testlari.
Texnika usullari nuqtai nazaridan testlar to‘rt turga bo‘linadi: 1) ob’ektiv,
ko‘pchilik hollarda asbobli, psixofiziologik sinovlar, masalan, emotsional holatni
belgilab beruvchi teri-galvanik refleksini o‘lchash; 2) so‘rov metodikalari yoki
sub’ektiv testlar, masalan, G. Ayzenk va R. Kettelning umumshaxsiy testlari; 3)
«qalam va qog‘ozli» testlar, masalan, diqqatni tashhislash uchun – matndagi
ma’lum harflarni o‘chirish yoki labirintdan eng yaqin chiqish yo‘lini chizish va
boshqalar; 4) sinaluvchilar hulq-atvori ifodalanishini baholashga asoslangan
testlar, masalan, shaxsning guruh tomonidan baholanishi metodikasi (SHGB).
Psixologiyada testlar bilish jarayonlari, hissiy-irodaviy soha, shaxsning
psixologik xossalari, shaxslararo munosabatlarni tadqiq etish uchun qo‘llaniladi.
Masalan, Ayzenkning verbal matni aqliy qobiliyatlarni baholashga, Teylor testi esa
xavotirlanish darajasini aniqlashga mo‘ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |