Alifbe bayrami



Download 72,5 Kb.
bet5/5
Sana30.12.2021
Hajmi72,5 Kb.
#88910
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tadbir senariysi

Bu “Alifbe” kitobi!

4-O'quvchi: Alifbemiz ko'z ochar,

Olamga mehr sochar.

Odamga nur yo'l ochar,

Kitob ta'rifi bitmas

Ta'rifiga so'z etmas.

5-o'quvchi: A'lo o'qish vazifam,

Ortga qo'ymayman qadam.

O'qib olim bo'lish chun,

Sarflagayman bor kuchim.

Hamma: Senga dildan tashakkur,

Alifbejon kitobim.



Raqs.

Alifbe: Balli Ey dili poklar,

Fan ilmiga chanqoqlar.

Yana savolga qalaysiz?

Qay tovushlar bilasiz.

Bolalar: Tovushlar unli-undosh,

Biri ko'zi – biri qosh.Olti harf unlilar,

Qolganlari undoshlar.


Boshlovchi: -“Alifbejon” harflar senga o'zlarini yanada yaqinroq tanishtirish istagida. Keling ularning barchasi bilan tanishamiz.
Tovushlar tilga kirsin.

Barcha ta'rifin aytsin.

A harfi: Ayiq asal yalapti ko'p, ko'p, ko'p,

Arilar uni talabdi xo'p, xo'p, xo'p.

Yur yordamga boraylik tez, tez, tez,

Tartibga chaqiraylik biz, biz, biz.

B harfi: Bobo baliq keltirdi,

Buvi baliq pishirdi.

Botir bilan Barnooy,

Bir chekkadan tushurdi.

D harfi: Bosh harfman dalada,

Dilshod degan bolaga.

Dasturxonga sherikman,

Do'stlar bilan tirikman.

E harfi: Erkin sog'lom bolaman,

Elga xizmat qilaman.

Erinchoqlik qilmasdan,

Erta sahar turaman.

F harfi: Farida bilan Farhod,

Dalaga qo'y boqishdi,

Sho'xlik qilmasin deya,

Bo'yniga ip taqishdi.

G harfi: Gulzorga ekdim ko'chat,

Gullar ochildi qat-qat.

Dasta –dasta gul terdik,

Gullarga to'ldi savat.


H harfi: Handalakjon handalak,

Qo'lginamdan qo'ymayman.

Polizlarga men halak,

Sira hidlab to'ymayman.

I harfi: Ilhom ishkom ichida,

Ingichka ilon topdi.

Ilon kirdi iniga,

Ilhom ketdi yo'liga.

J harfi: Jo'ja boqib dalada,

Jalol qoldi jalada.

Chip-chiplab chopar jo'ja,

O'xshaydi sho'x bolaga.

K harfi: Kakku bilan Kurkaoy

Kim o'zarga o'ynadi.

Kalxat bilan Karkidon,

O'ynagani qo'ymaydi.

L harfi: Lola bo'ldim lol bo'ldim,

Lobar bo'ldim bol bo'ldim.

Lobar deb chaqirganda,

Labbay deb javob berdim.

M harfi: Mushuk mehmonga borar,

Mudom tomma-tom oshar.

Sichqon kabi ulfatlar,

Mo'ridan mo'ralashar.


N harfi:

O harfi: Oftob – yaxshimi,

Odob – yaxshimi.

Oftob berar nur,

Odob-chi huzur.

P harfi: Pahlovonman, botirman,

Palov ishga pazanda.

Puxta, pishiq o'zimman,

Pishib chiqdim qozonda.

R harfi: Ra'no raqqosa bo'ldi,

Rosa o'ynadi kuldi.

Rustam qiziqchi kelib,

Rosa tomosha bo'ldi.

S harfi: Sahar chog'i tursangiz,

Sayr-sayohat qilsangiz.

Samimiy do'st bo'lsangiz,

Sizga men ham do'stdirman.

T harfi: Tulpor tuyog'i chaqnar,

Toshga tegib yaraqlar.

Turnalar uchib kelsa,

Tong quyoshi charaqlar.

U harfi: Ulug'larga ustozman,

Unvonimni unutmang.

Unli, undosh tovushda,

Men borimni unutmang.

V harfi: Varrak yasab Valijon,

Uchirdi keng osmonga.

Varrak tutqich bermasdan,

O'ynoqlardi samoda.
Raqs.

Alifbe: Barakalla ko'p rahmat,

Meni xo'p xursand qildingiz.

Siz bilimga tashnasiz,

Ilmdan baxt topingiz.

Fursat etdi siz bilan,

Xayrlashib ketaman.

Do'stim “O'qish” kitobin,

Sizga taqdim etaman.

Bolalar: Alifbe senga rahmat,

Doim bo'lgin salomat.

O'qish kitobi: -Salom aziz do'stlarim

Siz bilan o'rtoq bo'lay

Mehrim qo'yib sizlarga

Ko'proq bilimlar beray

Hikoya, ertak she'rlar

Topishmoq hamda maqol

Tez aytishu, hikmatlar

Menda barchasi bisyor

Bolalar: Rahmat o'qish kitobi

Seni toza saqlaymiz

“A'lo” o'qib doimo

Ishonchingni oqlaymiz

Boshlovchi: Ey ona til, aziz qadrdonim

E'tiqodim, ruhim, rahmonim

Marhabo davramiz senga muntazir

Ona tili: Ey kichkintoy do'stlarim

Ona tiling bilib ol

O'qib qoidalarni

Ma'nosiga quloq sol

To'g'ri chiroyli yozish

Bilsang asl shiorim

Unga amal qilganga

Bag'ishlaydurman borim

Musiqiy tanaffus.
Boshlovchi: Hurmatli tadbir ishtirokchilari, jajji farzandlarimizning bilimlar saltanatiga ilk qadamlari qutlug' bo'lsin.

Aziz bolajonlar siz uchun bugun qo'shaloq bayramdir. Qani ayting-chi biz qanday bayramni kutyapmiz?

Bolalar: Yangi yil bayramini.

Boshlovchi: Yangi yil bayramida kimni kutasiz?

Bolalar: Qorboboni

Boshlovchi: Qani qorboboni chaqirib ko'raylikg'chi.

Bolalar: Qorbobo, Qorbobo, Qorbobo.

Qorbobo: Assolomu-alaykum aziz bolajonlar, mehmonlar, ustozlar barchangizni kirib kelayotgan yangi yil bilan tabriklayman.

Bolalar: Rahmat sizga Qorbobo

Sovg'alari bor bobo.

Qorbobo: Aziz bolajonlar mana uch oy davomida o'qishni, yozishni o'rganib oldingizmi?

Boshlovchi: Albatta, bobojon aziz bolajonlar “Archa bayrami” qo'shig'ini aytib bermoqchi.

Qorbobo: Marhamat, eshitib ko'raylik-chi.
Archa bayrami” qo'shig'i.

Boshlovchi: Shuning bilan harflar kalomi bitdi

Sizga aytgan dilkash salomi bitdi

El-yurt uchun xizmat qilsin bu savob



So'zimiz ham bo'ldi shu erda tamom.

Download 72,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish