O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Kompyuter injiniringi
FAKULTETI
Algoritmlash va matematik modellashtirish kafedrasi
“Diskret tuzilmalar” fani
MUSTAQIL ISH № 1
Mavzu:
Zamonaviy kompyuter tarmoqlari. IoT, bulutli texnologiya, tumanli
texnologiya
Topshirdi:
020-20
sirtqi
guruh
talabasi
Aliyev V.G.
Qabul qildi:
dots. A.Mirzayev
Toshkent – 2021 y.
Zamonaviy kompyuter tarmoqlari. IoT, bulutli texnologiya, tumanli
texnologiya
Reja:
1.
Kirish
2.
Zamonaviy kompyuter tarmoqlari
3.
Tarmoqlarning texnik vositalari
4.
IoT (Internet of Things)
5.
Bulutli texnologiya
6.
Foydalanilgan adabiyotlar
.
1. Kirish
Kompyuterdan turli masalalarni hal qilishda foydalanish mumkin. Axborot
almashish uchun magnit va kompakt disklardan foydalanish yoki boshqa
kompyuterlar bilan umumiy tarmoqqa ulanish kerak bo'ladi.
Kompyuterlarning o'zaro axborot almashish imkoniyatlarini beruvchi
qurilmalar majmuyiga kompyuter tarmoqlari deyiladi.
Tarmoqning asosiy imkoniyatlari tarmoqqa ulangan kompyuterlar va
axborot ashyolariga bog'liq
Kompyuter tarmoqlari (qisqacha tarmoqlar) server (yoki xizmatchi kompyuter),
konsentrator (HUB), axborot uzatish kabellari va modemdan tashkil topadi.
Insoniyat o‘z tarixi davomida uchta axborot inqilobini amalga oshirgan:
birinchisi – yozuvning kashf qilinishi, ikkinchisi – kitob bosishni kashf qilinishi va
uchinchi axborot inqilobi – Internet.Hozirda Internet orqali yozishmalar,
videoqo‘ng‘iroqlar va hatto savdo ishlarining bajarilishi hamma uchun oddiy
holdir. Hattoki, hukumat ham o‘z vazifalarining muayyan bir qismini Internet
orqali bajarmoqda. Global tarmoqning imkoniyati bu bilan cheklanib qolayotgani
yo‘q. Nafaqat insonlar, balki insoniyatning kashfiyoti hisoblanmish turli xil
maishiy texnikalar ham hozirgi kunda Internetdan foydalanmoqda. Shu sababli
ham axborot texnologiyalari sohasiga «Internet ashyo» atamasi kirib keldi.
Bulutli texnologiyalar -bu model iste’molchiga ATni servis sifatida internet
orqali
namoyon
qiladi.
Bulutli
hisoblashlarning
yuzaga
kelishida
“virtualizatsiya”texnologiyalarining ahamiyati juda katta hisoblanadi. Birinchi
bo’lib1960-yilda virtualizatsiya texnologiyalari IBM taklif qilingan ammo qimmat
meynfreym kompyuter texnologiyalarini arzon x86 protsesorli kompyuter
serverlariga o’tgandan so’ng virtualizatsiya termini ancha vaqtgacha esdan
chiqarildi. 2000-yildan boshlanib holat o’zgara boshladi, shu yillarga qadar
WMware x86 razryadli virtualizatsiyada monopoliyani qo’lga kiritdi. 2005-yilda
WMware kompaniyasi virtual mashinalarni DTdan foydalanganxolda bepul tadbiq
qildi. 2006-yilda Microsoft kompaniyasi “Microsoft virtual PC”Windows
versiyasini ishga tushirildi. 2006-yilda Amazon kompaniyasi o’z qurilmalarida
virtual serverlarni kengaytirish orqali “Amazon Elastic Compute Cloud”yuzaga
keldi buning yana asosiy sabablaridan biri virtual serverlarni boshqa qurilmalarga
(iste’molchilarga) ijaraga berish orqali bulutli texnologiyalarni kelib chiqishiga
turtki bo’ldi.