500 dan kichik har to‘rtinchi kvadratni bo‘yash algoritmini tuzing.
Ch-5. Chigirtka 0 tartib raqamli kvadratda turibdi va uni bo‘yadi.
U -500 dan katta va 500 dan kichik har to‘rtinchi kvadratni bo‘yash
algoritmini tuzing.
V bob. MANTIQ ELEMENTLARI VA
SHARTLAR
Mantiq elementlari
Har bir dasturlash tilida biror-bir shartni tekshirish imkoni
bor. Shartni tekshirish deganda biror narsani da’vo qilib, uni rost
yolg‘onligini aniqlashni tushunamiz. Masalan, biz son juft deb
da’vo qildik deylik, agar son haqiqatan ham juft bo‘lsa, u holda
da’vomiz ROST, aks holda da’vomiz YOLG‘ON bo ‘ladi. Demak,
shartni tekshirish degani juft son da’voyimiz o‘rinlimi, degan savol
berish kabi ekan. Faqat bu savolga HA deb yoki YO‘Q deb javob
beriladi. Shu sababli blok-sxem ada, avval ko ‘rganingizdek,
quyidagi ko‘rinishdagi blok qaraladi:
Agar da’vomiz shartning qisqa ko‘rinishi ekanligini hisobga
olsak, u holda oddiy ko‘rinishi qanday bo ‘ladi? Mana bunday:
tekshirilayotgan shart o‘rinli. Endi bu da’vo rost yoki yolg‘onligi
haqida fikr yuritish mumkin bo‘ladi.
Hayotimizda juda ko‘p bu kabi da’volarni aytamiz. Masalan:
«Bugun havo issiq», «0 soni juft», «Qishda qor yog‘adi», «Men
algoritmikani yaxshi ko‘raman» va hokazo. Bu barcha da’volar
ROST b o ‘lavermaydi, boshqacha aytganda, sharoitga bog‘liq
bo ‘ladi. Haqiqatan, birinchi gapni qishning barcha kunlarida,
uchinchi gapni esa Afrika qishida, to ‘rtinchi gapni esa hammamiz
ham ayta olmaymiz. Faqatgina ikkinchi gap doimo ROST bo ‘ladi.
E’tibor qilgan bo‘lsangiz, bu gaplarning har biri darak gapdir,
y a’ni bizga axborot berm oqda. Bu gaplarning ROST yoki
YOLG‘ON bo‘lishi mazmunan berilayotgan axborotmi ROST yoki
YOLG‘ON bo‘lishi bilan o ‘zaro bir qiymatli bog‘liq.
K o‘pincha darak gaplarda biz ikki va undan ortiq axborot
beramiz yoki biror narsani inkor etamiz. Masalan, «Bugun havo
bulut va yomg‘ir yog‘yapti», «2 juft va tub son», «Kurashda men
yutaman yoki sen yutasan», «Men im tihondan o ‘tam an yoki
75
imtihondan yiqilaman», «Oynani sindirgan men emas» va hokazo.
«va» hamda «yoki» bog‘lovchili gaplarni alohida ajratish mumkinmi,
ya’ni alohida da’vo sifatida qarash mumkinmi? Agar ularning
m a’nosini yo‘qotishni istamasak, ajratishimiz mumkin emas. U
holda bu kabi murakkab da’volar shart sifatida qanday qo‘lla-
niladi? Bu savolga javob quyida keltirilgan.
Murakkab (birikkan) shartlarni yozish uchun juda qulay vosita —
mantiqiy amallar o ‘ylab topilgan. Ular uchta:
VA, YOKI, EMAS
VA mantiqiy amali. Umumiy ko‘rinishi: VA .
VA mantiqiy amali ikkita shartni biriktirib, bitta qo‘shma shartga
aylantiradi: VA amali orqali hosil qilingan qo‘shma shart rost
bo‘ladi, shunda va faqat shundaki, agar biriktirilayotgan ikkala
shart ham rost bo‘lsa. Agar shartlardan biri yolg‘on bo ‘lsa, u
holda qo‘shma shart ham yolg‘on bo‘ladi. Masalan, 2 sonini ham
juftligi, ham tubligi sharti quyidagicha yoziladi: 2 juft VA 2 tub.
Agar har bir shartni (da’voni yoki darak gapni) bosh lotin
harflari bilan belgilab olsak, natijaning ta ’rifga asosan mantiqiy
qiymati qanday b o ‘lishini quyidagi jadval orqali ko‘rishimiz
mumkin.
A shart
B sh art
A VA B q o ‘shm a
(da‘vo)
(da‘vo)
shart
ROST
ROST
ROST
ROST
YOLG‘ON
YOLG‘ON
YOLG‘ON
ROST
YOLG‘ON
YOLG‘ON
YOLG‘ON
YOLG‘ON
YOKI mantiqiy amali. Umumiy ko‘rinishi: < shart 1> YOKI
< shart 2> . YOKI m antiqiy amali ikkita shartni biriktirib, bitta
qo‘shma shartga aylantiradi: YOKI amali orqali hosil qilingan
qo‘shma shart rost bo‘ladi, shunda va faqat shundaki, agar
biriktirilayotgan ikkala shartdan hech bo‘lmaganda bittasi rost
bo‘lsa. Agar shartlarnixn ikkalasi yolg‘on b o ‘lsa, u holda qo‘sh-
ma shart ham yolg‘on b o ‘ladi. M asalan, xonadagi o ‘quvchi
chap devor yoki to ‘g‘ridagi devor yoniga kelib qolganligi sharti
quyidagicha yoziladi: to ‘g‘ri bo‘sh emas, YOKI chap bo‘sh
emas.
76
Belgilashlardan keyin bu mantiqiy amal uchun ham ta ’rifga
asosan jadval tuzamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |