N azorat savoMari va topshiriqlar
1. Algoritm nima? Misollar keltiring.
2. Algoritmning qanday xossalarini bilasiz?
3. Boshlang‘ich qiymatlar deganda nimani tushunasiz?
4. Hamma bajara olishi uchun algoritm qanday xossaga ega b o ‘lishi
kerak?
5. Tushunarlilik xossasi bajariladigan va bajarilmaydigan k o ‘rsatmalar
ketma-ketligiga misollar keltiring.
6. K o ‘rsatmalar ijrochiga tushunarli b o ‘lishi uchun qanday sistemadan
olinishi kerak?
7. Ijrochi algoritmni s o ‘zsiz bajarishi uchun qanday xossa ahamiyatli?
Javobingizni izohlang.
8. Algoritmning diskretlilik xossasini misollar yordam ida tushun-
tiring.
9. Algoritmning natijaviylik xossasini misollar yordamida tushun-
tiring.
19
10. Natijaviylik xossasi bajarilmaydigan k o ‘rsatmalar ketma-ketligiga
misollar keltiring.
11. Algoritmning ommaviylik xossasini misollar yordamida tushuntiring.
12. Algoritmning qanday tasvirlash usullari bor?
13. Algoritmni s o ‘zlar orqali ifoda etilishiga hayotiy misollar keltiring.
14. Qaysi fanlarda algoritmni formulalar yordamida berish qulay?
15. Algorimni form ulalar orqali ifoda etilishiga fizik a fanidan mi-
sollar keltiring.
16. Algorimni jadval k o ‘rinishida berilishiga misollar keltiring.
17. Algorimni grafik shaklda berilishiga misollar keltiring.
18. Blok-sxemaning asosiy elementlariga misollar keltiring.
19. Algorimni dastur shaklida berilishiga misollar keltiring.
20. Qanday algoritmlar chiziqli algoritm deb ataladi? Chiziqli algo-
ritmlarga hayotiy misollar keltiring.
21. Qanday algoritmlar tarmoqlanuvchi algoritm deb ataladi? Tarmoq-
lanuvchi algoritmlarga hayotiy misollar keltiring.
22. Qanday algoritmlar takrorlanuvchi algoritm deb ataladi? Takror-
lanuvchi algoritmlarga hayotiy misollar keltiring.
23. Chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi algoritmlarning bir-
biridan farqini tushuntiring.
24. Uchta sondan kattasini (UKT) aniqlab beruvchi algoritm tuzing.
25. Berilgan sonning ishorasini aniqlovchi algoritm tuzing.
26. Quyidagi ko ‘rsatmalar ketm a-ketligi qanday algoritm turiga
misol b o ‘ladi? Algoritmlar natijasini aniqlang:
a) a:=3, x:=2*a+a*a;
a=?, x= ?
b) x:=1, x:=x+11, x:=x*x-4;
x= ?
d) a:=15, b:=a, a:=a-b;
a=?, b = ?
27. Quyidagi ko ‘rsatmalar ketm a-ketligi qanday algoritm turiga
misol b o ‘ladi? Algoritmlar natijasini aniqlang:
a) 1) a:=3;
2) agar a > 2 b o ‘lsa, u holda x:=2*a+a*a va 4-bandga o ‘tilsin;
3) x:=9-a*x;
4) javobi x yozilsin;
5) tugatilsin;
b) 1) x:=1;
2) agar x > 2 b o ‘lsa, u holda x:=x+11 va 4-bandga o ‘tilsin;
3) x:=x*x-4;
4) javobi x yozilsin;
5) tugatilsin;
d) 1) a:=15;
2) b:= a;
3) agar a > b b o ‘lsa, u holda a:=a-b va 5-bandga o ‘tilsin;
4) a:=a+b;
5) javobi a, b yozilsin;
6) tugatilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |