Algoritmlash p65. p65


Yangi  tuzilmani  qo‘Mash:  Oshiruvchi



Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/223
Sana09.12.2021
Hajmi2,81 Mb.
#190361
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   223
Bog'liq
2 5226458987112694377

Yangi  tuzilmani  qo‘Mash:  Oshiruvchi
62


4 .4 -   masala
0  sonidan 729  sonini  30  qadamdan oshirmasdan hosil  qiling.
Yangi  tuzilmani  qo‘llash:  Baga
Ijrochi Baqa uchun soddalik va aniqlik maqsadida belgilashlar 
kiritamiz,  ya’ni  ko‘rsatmalari  oldinga  d,  oldinga  k,  orqaga  m  va 
orqaga  h  b o ‘lganda  Baqa(d;  k;  m;  h)  deb  belgilab  olamiz.  II 
bobda  ko‘rilgan  Baqa(1;  2;  1;  2)  uchun  ko‘rsatmalar 4  ta  edi: 
oldinga  1 
oldinga  2 
orqaga  1 
orqaga 2
4 .5 -   masala
Baqa  n  ta bargli nilufarning  1  tartib  raqamli bargiga tushdi.  U 
barcha  pashshalarni  yeb  n  tartib  raqam li  barg  ustiga  borish 
algoritmini  tuzing.
Javob:  Yechim juda  sodda:
TAKRORLANSIN n MARTA 
oldinga  1 
TAMOM
4 .6 -   masala
Baqa toq sondagi n ta bargli nilufarning  1 tartib raqamli bargiga 
tushdi.  U  barcha  pashshalarni  yeb  2  tartib  raqamli  barg  ustiga 
borish  algoritmini tuzing.
Yechim.  Masala  shartida  Baqaning  boshlang‘ich  nuqtasi  va  n 
soni toq ekanligi berilgan.  Demak, toq tartib raqamli barglar ustida 
sakrab  oxirgi  nuqta  n  ga  borish  uchun  oldinga  2  ko‘rsatmasini 
kerakli  marta  qo‘llaymiz.  Mayli-ku,  lekin  necha  marta?  Bu juda 
oson:  s o n = ( n —1):2  m arta  (n-1  soni  juft  ekanligini  tekshirib 
ko‘ring).  Endi  algoritmni yozish mumkin:
TAKRORLANSIN son  MARTA 
oldinga  2 
TAMOM
Baqa  n  tartib  raqamli  barg  ustida  ko‘p  qololmaydi,  shuning 
uchun  masalani  tezroq  hal  etishimiz  kerak.  Baqa  endi  orqaga  2 
ko‘rsatmasini  qo‘llay olmaydi,  chunki u  sakrab  o‘tib  ketgach,  toq 
tartib  raqamli barglar suv  ostida ko‘rinmay qoldi.  Lekin juft tartib 
raqamli barglar orasida bitta barg  sig‘adigan masofa qoladi.  Oxirgi
63


n  tartib  raqamli  bargdan  (n-1)  tartib  raqamli  barg  ustiga  o ‘tish 
uchun orqaga 1 ko‘rsatmasini qo‘llaymiz.  Endi Baqa yana ikkitalab 
sakrashga  majbur,  ya’ni  orqaga  2  ko‘rsatmasini  son-1  marta 
qo‘llaymiz  (to‘g‘riligini  tekshirib  ko‘ring),  demak,  to ‘liq  algoritm 
quyidagicha  bo‘ladi:
TAKRORLANSIN son MARTA 
oldinga  2 
TAMOM 
orqaga  1
TAKRORLANSIN son-1  MARTA 
orqaga 2 
TAMOM
Baqani  bu  algoritmni  bajarishidagi  sakrashlari  quyidagi  4.2- 
rasmda  strelkalar bilan  ko‘rsatilgan.
4.4-m ashq
Baqa  toq  sondagi  n  ta  bargli  nilufarning  2  tartib  raqamli 
bargiga  tushdi.  U  barcha  pashshalarni  yeb  1  tartib  raqamli 
barg  ustiga  borish  algoritmini  tuzing.
Yo‘llanma.  Agar  Baqa  2  tartib  raqamli bargdan  keyin  3  tartib 
raqam li  bargga  o ‘tsa,  hech  qachon  1  tartib  raqam li  bargga 
qaytolmaydi.  Shuning  uchun,  juft  tartib  raqamli  barglar  orqali 
o‘ng  tomonga borish  lozim.
Xulosa. 
Baqa ikkita yonma-yon turgan barglarga  sakrab,  o‘ng 
tomonga  o‘tgan  b o ‘lsa,  u  hech  qachon  bu  barglarni  chap 
tomoniga  o ‘ta  olmaydi  va  aksincha,  chap  tomonga  o ‘tgan 
bo‘lsa, u hech qachon bu barglarni o‘ng tomoniga o ‘ta olmaydi.
4.7-m asala
Baqa juft sondagi n ta bargli nilufarning  1 tartib raqamli bargiga 
tushdi.  U  barcha  pashshalarni  yeb,  2  tartib  raqamli  barg  ustiga 
olib  boradigan  algoritm  tuzing.
64


Yo‘llanma.  Avvalgi  masalalar  yechimidan  foydalaning.
4 .8 -   masala
Baqa toq sondagi n ta bargli nilufarning  1 tartib raqamli bargiga 
tushdi.  U barcha pashshalarni yeb, juft songa teng  b tartib raqamli 
barg  ustiga  olib  boradigan  algoritmini  tuzing.
Yo‘llanma.  Baqa  oldinga  1  ko‘rsatmasini  qo‘llab  (b-1)  tartib 
raqamli  barg  ustiga  boradi.  Keyin  esa  4.6-masala  yechimidan 
foydalaniladi.
4 .9 -   masala
Baqa juft sondagi n ta bargli nilufarning  1 tartib raqamli bargiga 
tushdi.  U barcha pashshalarni yeb juft  songa teng  b tartib  raqamli 
barg  ustiga  olib  boradigan  algoritm  tuzing.

Download 2,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   223




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish