Algoritmning ta’rifi - Elektron hisoblash mashinalarining vujudga kelishiga qadar algoritmga har xil taʼrif berib kelindi. Lekin ularning barchasi maʼno jihatdan bir-biriga juda yaqin boʻlib, bu taʼrif hozirgi kunda quyidagicha talqin qilinadi.
- Taʼrif. Algoritm deb, biror masalani yechish uchun maʼlum qoidaga asosan bajariladigan amallarning chekli ketma-ketligiga aytiladi yoki aniq natija beruvchi sodda hisoblashlar ketma-ketligi.
- Yoki boshqacha aytsak algoritm - bu to’g’ri aniqlangan hisoblash jarayoni bo’lib, natijada kirishda berilgan ma’lumotlarni chiquvchi ma’lumotlarga aylantirib beradi, ya’ni algoritm kiruvchi ma’lumotlarni chiquvchi ma’lumotlarga aylantiruvchi hisoblash qadamlari ketma-ketligidan iborat jarayondir.
Tushunarlilik – algoritmda ijrochiga berilayotgan koʻrsatmalar aniq mazmunda boʻlishi;
Diskretlilik – algoritmlarni chekli qadamlardan tashkil qilib boʻlaklash imkoniyati;
Natijaviylik - algoritm chekli qadamlardan so’ng natija berishi;
Ommaviylik – har bir algoritm mazmuniga koʻra bir turdagi masalalarning barchasi uchun ham oʻrinli boʻlishi;
Formallik – komandalarni mexanik bajarish imkoniyati. Bu xossa robotlar, kompyuterlar va boshqa qurilmalarda komandalarning ketma-ket bajarilishini taʼminlaydi.
Algoritmning xossalari:
So’z orqali tavsiflash algoritmning strukturasini tabiiy tilida ifodalashni anglatadi. Masalan, ixtiyoriy bir maishiy texnika (konditsioner, dazmol va h.) foydalanish yo’riqnomasiga ega, ya’ni algoritmning so’z orqali tasnifiga ega. So’z orqali tavsiflashda hech qanday qoida mavjud emas.
Psevdokod – algoritmning dasturlash tilida yozilishidan avval masalaning asosiy yechish bosqichlarini qisman formallashgan shaklda tabiiy tilidan foydalanib ifodalash. Psevdokodda ba’zi formal konstruksiyalar va umum qabul qilingan matematik simvollardan foydalaniladi. Psevdokod uchun qat’iy sintaksis qoidalari mavjud emas.
Blok-sxema – algoritm strukturasini alohida instruksiyalar tartibli bajarilishini ko’rsatadigan chiziqli-bog’lanishlarga ega geometrik figuralar yordamida ifodalash. U alohida buyruqlarning bajarilish tartibini yaqqol ifodalaydi. Blok sxemada har bir formal konstruksiya uchun belgilangan geometric figura yoki figuralarning chiziqlar bilan bog’lanishi majmuasi mos keladi.
Dastur – algoritm strukturasini algoritmik dasturlash tilida ifodalanishi.
Algoritmlarni ifodalash usullari
Do'stlaringiz bilan baham: |