Width - ob`ekt uzunligi. (ob`ekt.Width := 15; ob`ekt uzunligi 150 pikselga teng).
24. Dasturlash tillarining grafik imkoniyatlari
Delphi dasturchiga turli xildagi sxemalar, chizmalar va illyustrasiyalar bilan ishlash imkoniyatlarini beradi. Dastur grafikani obyekt (forma yoki komponent Image) sirtida hosil qiladi. Obyekt sirti Canvas xususiyatiga mos keladi. Grafik element (to’g’ri chiziq, aylana, to’g’ri to’rtburchak va x.k.)larni obyekt yuzasida hosil qilish uchun Canvas dan foydalaniladi.
Masalan, Form1.Canvas.Rectangle(10,10,50,50) instruksiyasi dastur oynasida to’g’ri to’rtburchak hosil qiladi.
Chizma hosil bo’luvchi sirt.
Yuqorida aytib o’tilganidek, grafikani hosil qiluvchi sirt (yuza) Canvas xususiyatiga to’g’ri keladi. O’z navbatida Canvas xususiyati Tcanvas tipidagi obyektdir. Bu tip uslublari grafik primitivlarni (nuqta, chiziq, aylana va x.k.) hosil bo’lishini ta’minlaydi, xususiyati esa hosil bo’luvchi grafikani xarakteristikalarini: rangi, chiziq qalinligi va turi; bo’yaluvchi hududni rangi va ko’rinishini; harfni xarakteristikalarini beradi. Canvas «sirt», «chizish uchun yuza» sifatida tarjima qilinadi. Chizish yuzasi alohida nuqta – piksellardan tashkil topadi. Pikselni joylashuvi gorizontal (X) va vertikal (Y) koordinatalar bilan xarakterlanadi. Chap yuqoridagi nuqta koordinatasi (0,0). Koordinatalar yuqoridan pastga va chapdan o’ngga qarab o’sib boradi Graph modulida 80 dan ortiq protsedura va funksiyalar mavjuddir. Ular yordamida nuqta, kesma, ellips, to’g’ri to’rtburchak, ko’pburchaklar chizish, ularni har xil ranglarda bo’yash, ekran bo’ylab harakatga keltirish mumkin. Lekin bu protsedura va funksiyalarni ishlatishdan avval ekranni grafik tuzumga o’tkazish lozim. Chunki kompyuter ekrani asosan matn tuzumida ishlaydi. Matn tuzumdan grafik tuzumga o’tish uchun Graph modulining InitGrapn protsedurasi ishlatiladi. Bu protseduraning umumiy ko’rinishi quyidagicha:
InitGrapn(Gd,Gm,Path)
bu protsedurada Gd-Graphdriver-drayver nomeri;
Gm-Graphmode- tuzum nomeri;
Path-kerakli drayver faylining yo’li.
Agar drayver ishchi katalogning o’zida joylashgan bo’lsa, u holda Path o’rniga bo’sh belgi qo’yiladi(Path=' '). Gd va Gm o’zgaruvchi parametrlar hisoblanib, INITGRAPH protsedurasi yuklatilganda Gd parametr nolga teng bo’lsa, bu holda kerakli drayver va bu drayver uchun optimal grafik tuzum avtomatik ravishda aniqlanadi. Shu maqsadda dastur chiroyli chiqishi uchun Graph modulida qiymati nolga teng bo’lgan Detect nomli o’zgarmas kiritilgan.
Grafik tuzumdan yana qayta matn tuzumiga o’tish uchun esa CloseGraph protsedurasi ishlatiladi.
Quyidagi dastur grafik tuzumni initsializatsiya qilib va uni darhol yopadi:
uses Graph;
var
GDriver,GMode:integer;
begin
GDriver:=Detect;
InitGraph(GDriver,GMode,' ');
Readln;
CloseGraph;
Quyida statik chizmalar hosil qilish uchun ishlatiladigan asosiy protsedura va funksiyalar keltirilgan.
Putpixel(x,y,color) - (x,y) koordinatadagi nuqtani Color parametrida aniqlangan rangga bo’yaydi.
GetPixel(x,y)- (x,y) koordinatadagi nuqtaning rangini aniqlaydi.
Line(x1,y1,x2,y2) - (x1,y1) koordinatali nuqtadan (x2,y2) koordinatali nuqtaga kesma o’tkazadi.
LineRel(x,y) - (x,y) koordinatali nuqtadan joriy nuqtagacha kesma chizadi.
LineTo(x,y) - joriy nuqtadan berilgan koordinatadagi nuqtagacha kesma chizadi.
MoveRel(x,y) - ko’rsatkichni berilgan nuqtaga nisbatan ko’chirish.
MoveTo(x,y) - ko’rsatkichni berilgan nuqtaga ko’chiradi.
GetMaxX-joriy tuzum va drayver uchun gorizontal nuqtalar sonini aniqlaydi.
GetMaxY-joriy tuzum va drayver uchun vertikal nuqtalar sonini aniqlaydi.
Circle(x,y, Radius) markazi (x,y) nuqtada radiusi Radiusga teng bo’lgan aylana chizadi.
25. Fayllar. Fayllar bilan ishlash funksiyalari
ythonda turli xil fayl turlari bilan ishlash imkoniyati mavjud bo‟lib, shartli ravishda ularni ikki turga bo'lish mumkin: matn va binar fayllar. Matn fayllari, masalan, kengaytmasi cvs, txt, html, umuman, matn shaklida ma'lumot saqlaydigan barcha fayllarlarni o‟z ichiga oladi. Binar fayllar tasvirlar, audio va video fayllar va boshqalardan iborat. Fayl turiga qarab u bilan ishlash biroz farq qilishi mumkin.
Fayllar bilan ishlaganda, quyidagi tartibdagi operatsiyalar ketma-ketligini amalga oshirish talab etiladi:
open() metodi yordamida faylni ochiladi;
read() metodi yordamida faylni o'qish yoki write() metodi yordamida faylga yozish amalga oshiriladi;
close() metodi faylni yopadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |