10. Algoritm (Algarifm). Biror amallar sistemasini ma’lum, tartibda bajarish haqidagi
aniq qoida bo‘lib, ma’lum sinfga oid masalalarni yechishga imkon beradi.
Masalan, 3-tartibli determinatlarni hisoblash algoritmi, matritsaning rangini
hisoblash algoritmi va hokazo.
Algoritm so‘zi IX asrda yashagan o‘zbek matematik olimi Al-Xorazmiy nomining
buzib olinishi natijasida kelib chiqqan.
11. Analiz(tahlil). Noma’lumdan ma’lumga, izlanayotgandan berilganga o‘tish yo‘li
bilan fikr yuritish yoki isbotlash usulidir. Masalan, arifmetik masalalarni analiz usuli
225
bilan yechishda, fikr yuritishimizda mulohazani noma’lumdan, ya’ni masalaning
savolidan boshlab, masalada berilgan miqdorlarga va ular orasidagi bog‘lanishlarga
kelamiz; bir yoki bir necha noma’lumli tenglamalar tuzishga doir masalalarni yechishda
mulohazani noma’lumdan boshlaymiz va berilgan miqdorlar bilan noma’lum miqdorlar
orasidagi bog‘lanishni topamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |