II variant
1. Tadbirkor supermarketga bir kunda kirgan insonlarning o’rtacha sarflagan mablag’lari 67000 so’m ekanligi aniqladi.
a) U qanday bosh to’plamni o’rgaqndi?
b) U qanday parametrni o’rgandi?
c) Tanlanma kuzatuvni amalga oshirsak, uning statistikasi qanday ma’nioga ega? U nechaga teng bo’lishi mumkin?
2. Iqtisodchi firma ishchilarning malaka toifalarini o’rganish uchun 20 nafarining hujjatlari asosida quyidagi statistic ma’lumotlar qatorini hosil qildi: 4;4;3;5;5;2;5;2;3;5;4;3;5;4;3;3;2;5;4;5;4;6;3;4;5.
a) variatsion qatorni hosil qiling.
b) variantaning nisbiy chastotasini aniqlang.
c) Nisbiy chastotalar poligonini toping.
3. (2;2), (1;2),(3;2), (3;4), (4;5),(5;6),(4;3),(4;4),(6;6) nuqtalar bo’yicha sochilish diagrammasini yasang. Birinchi koordinata o’sganda, ikkinchi koordinata ham o’sadi, degan umumiy xulosaga kela olasizmi?
4. Bir guruh sportchilarning vaznlari va yugurishdagi maksimal (eng katta) tezliklari o’lchandi:
Vazn x,(kg)
|
80
|
65
|
78
|
100
|
83
|
67
|
79
|
62
|
88
|
Maksimal tezlik, y (km/h)
|
26
|
29
|
24
|
17
|
22
|
30
|
25
|
24
|
19
|
Olingan ikki tur ma’lumotlar orasidagi bog’lanishni tadqiq qiling.
5. 5 ta firma xodimlarining oylik maoshi (X) va bir yil mobaynida ishdan bo’shaganlar soni (Y) quyidagi jadvalda keltirilgan:
X(ming so’m)
|
1100
|
1500
|
2200
|
2500
|
3000
|
Y (nafar)
|
60
|
35
|
20
|
20
|
15
|
1) bir yil davomida ishdan bo’shagan xodimlarning o’rtacha maoshi qancha bo’ladi?
2) X va Y ma’lumotlar qatorlari orasidagi bog’lanishni tahlil qiling.
12 yozma ish 1-variant
1. Idishda 35 ta olma bor, shulardan 8 tasi qizil, qolgani esa yashil rangda. Tasodifiy ravishda (tavakkaliga) olingan olma qizil rangda bo’lish hodisasi ehtimolligini toping.
2. Biologiya fanidan savollar to’plamida 35 ta savol bor. Shu savollar ichida 2 tasi genetikaga oid ekan. Tavakkaliga tanlangan saavol genetika haqida emasligining ehtimolligini toping.
3. O’quvchi tavakkaliga 200 dan katta bo’lmagan natural sonni aytdi. Shu son 5 ga karrali bo’lishining ehtimolligini toping.
4. Tanga 6 marta tashlanganda 2 marta gerb va bir marta raqam tomoni tushishining ehtimolligini toping.
5. Merganning nishonga tegish ehtimolligi 0,6 ga teng. U nishonga 3 marta o’q uzganda barcha o’qlari nishonga tegishining ehtimolligini toping. Biror marta ham nishonga tegmasligi hodisasining ehtimolligi bilan solishtiring.
2- variant
1. Idishda 35 ta olma bor, shulardan 8 tasi qizil, qolgani esa yashil rangda. Tasodifiy ravishda (tavakkaliga) olingan olma qizil rangda bo’lish hodisasi ehtimolligini toping.
2. Biologiya fanidan savollar to’plamida 25 ta savol bor. Shu savollar ichida 2 tasi genetikaga oid ekan. Tavakkaliga tanlangan saavol genetika haqida emasligining ehtimolligini toping.
3. O’quvchi tavakkaliga 100 dan katta bo’lmagan natural sonni aytdi. Shu son 5 ga karrali bo’lishining ehtimolligini toping.
4. Tanga 3 marta tashlanganda 2 marta gerb va bir marta raqam tomoni tushishining ehtimolligini toping.
5. Merganning nishonga tegish ehtimolligi 0,9 ga teng. U nishonga 3 marta o’q uzganda barcha o’qlari nishonga tegishining ehtimolligini toping. Biror marta ham nishonga tegmasligi hodisasining ehtimolligi bilan solishtiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |