Alell va alell bo’lmagan genlarning o’zaro ta’sirini tahlil qilish



Download 1,16 Mb.
Sana20.06.2022
Hajmi1,16 Mb.
#681741
Bog'liq
Alell va alell bo’lmagan genlarning o’zaro ta’sirini tahlil qilish

Alell va alell bo’lmagan genlarning o’zaro ta’sirini tahlil qilish

Company name

Reja:

  • Alell va alell bo’lmagan genlar
  • Komplementar irsiylanish
  • Modifikator genlarning ta’siri.

Allel bo‘lmagan genlarning o‘zaro ta’sirini epistatik xilida ham belgini rivojlantirishda ikkita gen qatnashadi. Mendel qonunlariga ko‘ra dominant allelning retsessiv allel ustidan dominant bo‘lishi kuzatildi.


Bu hodisani gen allellaridagi domi nantlik deb nomlanadi. Epistazda esa bir allel A, allel bo‘lmagan B ustidan dominantlik qiladi. Dominantlik qiluvc hi gen ingibitor I deb ataladi. U dominant (I) va retsessiv (i) holatda bo‘ladi. Retsessiv ingibitor faqat gomozigota holatda dominant gen ta’sirini bo‘g‘ishi mumkin.

Allel bo‘lmagan genlarning polimer tipi komplementar va epistazdan tubdan farq qiladi. Agar komplementar irsiylanishda belgi asosiy, to‘ldiruvchi gen allellari ta’sirida paydo bo‘lsa, epistazda belgiga bir allel gen bevosita, ikkinchi allel bo‘lmagan gen bilvosita ta’sir qilsa, polimeriyada bir-biriga allel bo‘lmagan genlar bir yo‘nalishda belgiga ta’sir ko‘rsatib uni rivojlantiradilar.

Mendel, Morganlarning irsiyat qonunlariga ko‘ra bir belgi bir gen ta’sirida rivojlanadi. Bunday holat bilan sizlar monod u ragay, diduragay va genlarning birikkan holda irsiylanishi mavzularida tanishdingiz.


Qayd qilingan dalillarga asoslanib har bir organizm genotipi bir-biridan mustaqil bo‘lgan genlar majmuasidan iborat degan xulosaga kelish yaramaydi.
1.Bir gen bir belgiga, ikkinchi gen ikkinchi belgini rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi.
2.Ikki yoki uch gen birgalikda bir belgini rivojlanishigata’sir qiladi.
3.Bir gen ayni vaqtning o‘zida bir qancha belgilarning rivojlanishiga ta’sir qilishi mumkin.

Komplementar degan atama – lotinchi complement – to‘ldiruvchi degan ma’noni anglatadi. Komplementar irsiyla- nishda belgini rivojlanishiga bir asosiy gen, ikkinchi to‘ldiruvchi gen ta’sir qiladi.


Polimeriyaga misol qilib bug‘doyda don rangini irsiylanishini ko‘rsatish joiz. Bug‘doyning qizil va oq donli navlari chatishtirilsa, F1 avlodda donning qizil rangi dominantlik qiladi. Birinchi avlod duragay o‘simliklar o‘zaro chatishtirilgan taqdirda, ulardan hosil bo‘lgan ikkinchi avlod duragaylarda 15/16 qizil, 1/16 oq donli bo‘ladi

Polimer irsiylanish kumulyativ va nokumulyativ polimeriyaga ajratiladi. Kumulyativ polimeriya miqdor belgilarni, nokumulyativ polimeriya esa sifat belgilarining irsiylanishini namoyon etadi. Yuqoridagi qizil va oq bug‘doy chatishtirishdan olingan natijalar kumulyativ polimeriyaga misoldir.


Kumulyativ polimeriya irsiylanishda duragaylarning birinchi va ikkinchi avlodida belgilarning rivojlanish darajasi dominant genlar soniga bog‘liq bo‘ladi. Shunga ko‘ra duragay genotipda to‘rtta dominant gen bo‘lgan taqdirda qizil, 3 ta dominant gen bo‘lsa och qizil, 2 ta dominant gen bo‘lsa pushti, 1 ta bo‘lsa och pushti rangli donlar rivojlanadi. Genotipda dominant genlar bo‘lmasa don oq rangli bo‘ladi.

Genlarning ko‘p tomonlama ta’siri – pleyotropiyada bir gen bir vaqtning ozida bir qancha belgilarning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Misol tariqasida mutatsiya tufayli ayrim tovuqlarda patning jingalak ko‘rinishda bo‘lishini olamiz.


Odatda bunday tovuqlarda patlari zich joylashmaydi va tana harorati past bo‘ladi. Natijada yurak urishi tezlashadi, hajmi ortadi, ozuqaga talab ko‘payadi, tuxum qo‘yishi kamayadi. Shunday qilib patni jingalak bo‘lishiga ta’sir etuvchi gen ayni vaqtda tovuqning boshqa belgi xossalariga ham ta’sir ko‘rsatadi.

Belgilarning rivojlanishiga allel bo‘lmagan genlar ta’siri o‘rganilganda e’tibor asosiy genlarga qaratilgan edi. Lekin organizm genotipida modifikator genlar ham uchraydi. Ular belgiga bevosita ta’sir ko‘rsatmay, balkibelgiga ta’sir etuvchi gen faoliyatini kuchaytiradi yoki susaytiradi.

Adabiyotlar:

1. G’afurov A. T. Darvinizm Toshkent, o’qituvchi1992 yil.

2. Воронцов Н. П.,Сухорукова Л.Н. Эволюционная

органического мира. М.

Просвешение 1991

3. To’raqulov Yo. X. malekulyar biologiya. Toshkent, o’qituvchi

1993 yil

4. Иорданскис Н. Н. Эволюция жизни. М.Издательский центр

“Академия” 2001

5. Inge-Vechtomov S.G. Genetika s osnovami selektsii. Moskva.,

«Vsshaya shkola», 1989 g.


Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish