Александр Македонский “Iskandar Zulqarnayn” obrazining o’zbek adabiyotidagi talqini haqida ma`lumot
ISKANDAR ZULQARNAYN. Iskandar Zulqarnayn- Sharq xalqlari adabiyotida keng tarqalgan obraz. Bu obraz Aleksandr Makedonskiy faoliyati bilan bevosita bog`liq. Iskandar Qur’onning 18- surasidagi afsonalar orqali Zulqarnayn nomi bilan Sharqdagi musulmon xalqlari orasida keng tarqalgan. Iskandar 20 yoshida taxtga o`tirgan.Sharqda uni shoxi bor deb tasnif berishgan.Iskandarning otasi FilippIIni qastdan o`ldirilgach u tahtga o`tiradi. Iskandar Zulqarnayin miloddan avvalgi 356-yilda tug`ilgan. Iskandar o`sha paytda mashxur faylasuf Arestotel qo`lida tarbiyalangan. Iskandar miloddan avvalgi 336- yili Makedoniya taxtiga o`tiradi.
Iskandar Zulqarnayn deganda asosan ikki shoxli Iskandar, degan tushunchani tushunamiz. Haqiqatdan ham ko`pgina tarixiy manbalarda hikoyat va rivoyatlarda Iskandarning shoxi bor degan tahminlar bor.Bazilar Iskandarni ikkta shohi bor desa bazilarida bitta deb tarif berishgan. Bazi tahminlarga ko`ra Iskandar FilippIIning o`g`li emas balki u Misr hudosi Ammonning o`g`li degan tahminlar bor. Zulqarnayn quyoshga yaqin borib, uni ikki shoxi bilan tutibdi va ayni paytda shoxlari bilan Sharq va G`arbni ham ushlab turibdi. Shu tufayli u “Ikki shoxli” degan nom olibdi. Iskandar xaqidagi ilk ma’lumotlar 10-asr tarixchilari Xamza ibn Hasan al-Isfaxoniy, Dinovary, tabariylar asarlarida uchraydi.
Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” kitobida Zulqarnayn haqidagi mavjud fikrlarga aniqlik kiritganlar. Abu Ali Muhammad ibn Muhammad Bal’amiyning nasriy asarida Iskandar obrazi salbiy shaxs tarzida talqin qilingan. Firdavsiyning “Shohnoma”sida tarixiy fikrlardan birmuncha to`g`riroq foydalanishga xarakat qilingan. Nizomiy Ganjaviyning “Iskandarnoma”, Jomiyning “Xiradnomai Iskandariy”dostonlarida Iskandar obrazi fotih, olim, faylasuf va payg`ambar qilib ko`rsatilgan
Iskandar tarixi va shaxsi Sharq badiiy adabiyotiga to'laqonli syujet va timsol sifatida X-XI asrlarda kirib keldi. Bu davrga kelib, Markaziy Osiyo, Xuroson va Eron arablar bosqinchiligi natijasida yuz bergan inqirozdan anchagina o'ziga kelgan, qisman bo'lsa-da, milliy mustaqillikka erishgan, endilikda umuman mustaqillik uchun kurash muammosi turar edi. Ana shu tarixiy sharoitda milliy ong o'sdi, natijada qahramonona o'tmishga qiziqish ortdi. Abulqosim Firdavsiyning mashhur "Shohnoma"si xuddi ana shu davrda vujudga keldi.