Qo’shiq va romans
XIX asr paytdagi romanslarning ko’pi shahar maishiy qo’shiq bilan tor
bog’langan edi. O’z tuzilishiga ko’ra ular xalq qo’shiqlaridan deyarli farq
qilmas, ko’proq bandli (kuplet) shaklini saqlab kelardi.
XIX asr birinchi yarmidagi rus romansining rivojlanishida Alyabyev,
Varlamov, Gurilyov, Verstovskiy, Bulaxov kabi kompozitorlar katta hissa
qo’shib, muhim rol o’ynagan. Romans va kamer qo’shig’i janri Glinka va
Dargomijskiy ijodlarida ham salmoqli o’rin egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |