boshlig`i oilasida tug`ildi. Kompozitorning yoshlik yillari dastlab Votkinsk va
Alapayevsk shaxarlarida o`tdi. Bolaning muzikaga bo`lgan xavasi juda erta
departamentida chinovnik lavozimida ishlaydi, shu davrda unda muzika va
Rubinshteyin tomonidan tashkil qilingan muzika sinflarida qatnasha boshladi,
1862 yilda esa Peterburg konservatoriyasiga o`qishga kirdi, oradan bir yil
A.Rubinshteyn kompozitsiya sinfida o`qigan chog`ida A. N. Ostrovskiyning
uchun xarakterli raqslar, fortepiano uchun sonata va variatsiyalar xamda
Shillerning «Shodlik» qasidasiga kantata yozdi. 1865 yilda Chaykovskiyning
Peterburg konservatoriyasini muvaffaqiyat bilan tugatdi. 1866 yilda Moskva
pedagoglik faoliyatini ijodiy ishlari bilan birga olib bordi. Mana shu yillarda
Ostrovskiyning “Volgada ko`rgan tush” piyesasi asosida “Voyevoda” operasi
(1868 yilda , bu asar partiturasi keyinchalik kompozitor tomonidan yirtib
tashlangan edi) va «Taqdir» deb atalgan simfonik poemasi yozilgan edi.
bilan tanishdi. Ular bilan yaqindan aloqada bo`ldi, rus milliy muzika san`atini
50
fantaziyasini yaratdi, Jukovskiyning «Undina» poemasi asosida opera yozdi
(bu opera ham «Voyevoda» operasining qo’l yozmasi singari yo’q qilib
tashlangan edi).
Yetmishinchi yillarda Chaykovskiyning ijodi yanada rivoj topdi; u uchta torli
kvartet, ikkinchi, uchinchi, va to’rtinchi simfoniyalar, A.N.Ostrovskiyning
«Dovul» va «Francheska da Rimini» nomli simfonik asarlar, foprtepiano bilan
orkestr uchun ikkita kontsert, skripka bilan orkestr uchun bitta kontsert, orkestr
uchun syuita, fortepiano p’yesalari, «Oprichnik», «Temirchi Vakula»,
«Yevgeniy Onegin» va «Orlean qizi» nomli operalar yaratdi. Bu asarlarni
yozish davrida kompozitorning g’oyat kuchli mahorati, ijodkorlik qobiliyati
yuzaga chiqdi, ijodiy uslubi shakllandi.
Chaykovskiyning pedagoglik faoliyati uning yangi-yangi ijodiy rejalarini
amalga oshishga halaqit bera boshladi. Nihoyat, kompozitor 1877 yilning
kuzida pedagogik faoliyatini to’htatib, Peterburgga ketadi, so’ngra 1885
yilgacha chet ellarda Shveytsariya, Italiya va Frantsiyada yashaydi. Bu vaqt
ichida kompozitor o’z ijodiy rejalarini amalga oshira boshladi . Torli orkestr
uchun «Serenada», «Italyan Kaprichchiosi», “Fortepiano triosi, romanslar,
orkestr uchun uchta syuita, Beshinchi simfoniya, «Uyqudagi Go’zal» baleti,
«Cherevichki», va «Charodeyka» operalarini yozishga muvaffaq bo’ldi.
Chaykovskiy «Charodeyka» operasini tamomlagan yili, ya’ni 1887 yilda
jahonning ko’pchilik mamlakatlarida shuxrat qozondi va Yevropa shaharlariga
borib, kontsertlar berdi. Bunday sayohatlar yana bir necha bor takrorlanib turdi.
Keyingi sayohatlaridan birida Angliya va Germaniyada bo’ldi, unga Kembridj
universiteti tomonidan «Huquq doktori» faxriy unvoni berildi.
Rossiyada ham Chaykovskiy nomi hurmat bilan tilga olinadigan
bo’ldi.U1885 yilda Rus musiqa jamiyati Moskva bo’limlaridan birining
direktori lavozimiga saylandi. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan asarlar nomidan shu
narsa ma’lumki, Chaykovskiy musiqaning barcha janrlarda ijod qilgan hamda
yuksak badiiylikka erishgan. Ammo san’atning barcha janr va shakllar orasida
kompozitor opera san’atini juda yaxshi ko’rgan. Ijodkor o’zining maqolalari,
kundaligi va xatlarida opera janrning juda muhimligi va eng demokratik janr
ekanligini aytadi. U N.Fon Mekka yozgan xatida «Sizni kishilarga opera,
faqatgina opera yaqinlashtiradi. Sizning musiqangizni haqiqiy shinavandaga
yetkazadi…» deydi. Chaykovskiy butun ijodiy faoliyati davomida opera
janriga qayta –qayta murojaat qildi. Kompozitorning operalari mazmun, janr
hajmi jihatidan xilma hildir. Chaykovskiy operalarida orkestr muhim rol
51
o’ynaydi, u dramaturgiya bilan organik tarzda bog’lanib ketadi va opera
simfonizmiga aylanadi.
Kompozitorning birinchi operasi «Oprichnik» bir- biri bilan bog’langan bir
necha dramatik yo’nalmaga ega. «Temirchi Vakula» operasi esa xajviy –
fantastik mazmunda yozilgan.
Chaykovskiyning o’ziga xos uslubi uning «Yevgeniy Onegin» operasida
yaqqol ko’rinadi. Bu operada ijodkorning butun e’tibori qahramonlarning ichki
dunyosini ochishga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: