Yangi Ispaniya (Meksika), 1803–1804
La Valensiana, Guanajuato, Meksikaning kumush qazib olish kompleksi
1803-yil 15-fevralda meksikaning hozirgi akapulka shahriga keldi. U yerda kumush ishlab chiqaruvchi Carera shahri bn tanishadi. Shu yil aprelida Kuernavaka, Morelos shaharlariga tashrif buyurishadi va bu yerlarni abadiy bahor shahri deb nom berishadi. So'ngra gumbolt va Bonplan mehiko shahriga tashrif buyurishadi. Bu yerda ularni qirol Xose de Iturrigaray kutib olib ularga iltifot ko'rsatadi va butun qirollik bo'ylab sayohat qilishi va maxalliy hokimlardan turli malumotlar olishga huquq bruvchi ruxsatnomalar bilan taminlaydi.
Santa-Mariya Regla shahridagi bazalt prizmalar, Meksika
Gumbolt 1804-yilda qisqa muddatda AQSH prezidenti Jefersenning taklifiga ko'ra qo'shma shtatlarda bo'ladi. AQSHning meksikaga chegaradosh hidudlarini o'rganib xaritalar tushiradi.
Gumboldt va uning shogirdlari tomonidan Amerika sayohati natijasida yig`ilgan ma’lumotlarni umumlashtirish va chop etish uchun 26 yil vaqt sarf qilingan. «Amerika sayohati» asarining 1-jildi 1807-yilda va so`nggi 30-jildi 1833-yilda chop etilgan va jami 1425 ta jadvalni o`z ichiga oladi.
1827-yil noyabrdan 1828-yil aprelgacha Berlinda davom etgan ilmiy munozaralarda «dunyo tabiatining tasviri haqida» qilgan ma’ruzalari uchun A.Gumboldt Quyosh tasviri tushirilgan va «Dunyoni yorqin nurlar bilan yoritayotgan shaxs», degan yozuv tushirilgan medalga sazovor bo`lgan.
Rus imperatori Nikolay II «mamlakat va fan manfaati» uchun Rossiyaning Sharqiga sayohat uyushtirishni taklif etgach, A.Gumboldt 1829-yilda Peterburg shahriga keldi. Sayyoh dastlab Moskvaga, keyin Nijniy Novgorodga borib, u yerdan Volga daryosi orqali Qozon shahriga, keyin Perm va Yekaterinburg shaharlariga sayohat qildi. Quyi va o`rta Ural tog`larini bir necha hafta davomida geologik jihatdan o`rganib, Sibir kengliklarini tadqiq qilgan.
Olimning Rossiyadagi sayohati davomida ilmiy jihatdan o`rgangan so`nggi joy Astraxan shahri va Kaspiy dengizi bo`lgan, chunki u o`z asarlaridan birida «Kaspiy dengizini ko`rmasdan o`lishni hecham xohlamas edim», deb yozgan edi. Gumboldtning Rossiyaga safari natijalari uch jildli kitob bo`lib «Markaziy Osiyo» nomi bilan bosilib chiqqan.
Fan oldidagi xizmatlari uchun 1842-yilda A.Gumboldt Fridrix II tomonidan ta’sis etilgan harbiy orden bilan taqdirlangan. Fridrix Vilgelm IV esa uni Germaniya va Yevropadagi fan, san’at va adabiyotning buyuk vakillariga beriladigan orden bilan mukofotlagan. Bundan tashqari, olim dunyoning turli mamlakatlari, hukumatlari va ilmiy tashkilotlarining ko`p sonli mukofotlariga ham sazovor bo`lgan. Uning nomi qator geografik, botanik va zoologik adabiyotlarda abadiylashtirilgan, turli geografik ob’ektlar, daryolar, tog`lar va dengiz oqimlariga uning nomi berilgan.
A.Gumboldt 1859-yilda 90 yoshida vafot etgan. Zamondoshlarining so`zlariga ko`ra, tabiat olimga beqiyos kuch-g`ayrat ato etgan va u 90 yoshida ham tetik va sog`lom bo`lib, «Koinot» asarining 5-jildi ustida ish olib borayotgan edi.
Aleksandr Gumbol`dt faoliyatining ilmiy-ommabop tomoni yozilishi 1796-yildayoq rejalashtirilgan «Koinot» nomli asarida o`z aksini topgan. Ushbu asarning birinchi jildi 1845-yilda «Koinot: tabiiy olamni tasvirlash rejasi» nomi bilan nashr etilgan. Uning muqaddimasida Gumboldt shunday yozgan: «Ijodiy hayotimning yuksaklik davrida qariyb yarim asr qalbimda olib yurgan asarimni nemis ommasiga taqdim etaman». «Koinot» asari XIX asrning birinchi yarmidagi ilmiy bilimlarning jamlanmasi hisoblanadi. Kitobning ko`pchilik qismlarida yoritilgan bilimlar hozirgi zamon nuqtai-nazaridan bir oz eskirgan bo`lsa-da, ammo u o`z davrining bilimlari darajasini aks ettiruvchi yorqin asar bo`lib qolaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |