Xorazm xonligini tugatilishi:
Sababi:
Rossiyadagi 1917-yil oktabr to‘ntarishi ta’sirida xonlikdagi qarshilik harakatlari yanada kuchaya boshladi. Demokratik kuchlar, aholining kambag‘al qatlami faollashdi. Junaidxon xon Asfandiyorxonni qatl ettirib, o‘rniga irodasiz tog‘asi Said Abdulloni xon qilib ko‘tardi. Junaidxonning harbiy zulmidan xalq norozi bo‘lib, ularning ko‘pi qo‘shni Turkistonga qochib o‘tdi. Bularning barchasi Turkistondagi sovet hukumatiga qo‘l keldi. Bunday vaziyatlardan foydalangan Sovet hukumati Xiva xonligini bo‘ysundirish uchun harakatlarni boshlab yubordi.
Oqibati:
1920-yilning 27-30-aprel kunlaridagi Butunxorazm qurultoyida Xiva xonligi tugatilganligi va Xorazm Xalq Sovet Respublikasi (XXSR) tuzilganligi e’lon qilindi. Qurultoyda XXSR Muvaqat Konstitutsiyasi ham qabul qilindi. Shuningdek, unda 15 kishidan iborat hukumat - Xalq Nozirlar kengashi tuzilib, uning raisi etib Yosh xivaliklar rahbarlaridan biri - Polvonniyoz Yusupov saylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |