Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot-texnologiyalari unversiteti
Fan: O’zbekiston Tarixi
Guruh: HSM024-1
Talaba: Yahyoyev Komronbek
O’qituvchi:Bobojonov Hasan
Vazifa: 6-nazorat savollari
Savollar
1. Markazlashgan moʻgʻullar davlati qachon qaerda tashkil topdi?
2. XII asr oxiri -XIII asr boshlarida Xorazmshohlar davlatidagi siyosiy ahvol qanday boʻlgan?
3. Moʻgʻullarning Oʻrta Osiyoga istilosi necha yoʻnalishda boshlandi?
4. Moʻgʻullarga qarshi kurashda kimlar qahramonlik koʻrsatdi?
5. Chigʻatoy ulusi qachon tashkil etilgan?
6. Chigʻatoy ulusidagi boshqaruv tizimi qanday boʻlgan?
7. Mahmud Tarobiy qoʻzgʻalonining sabablarini aniqlang?
Javoblar
XII asr oxiri – XIII asr boshlarida moʻgʻul urugʻ boshliqlari orasida ichki kurashlar avj oldi. Bu kurashlarda Temuchin ismli bahodir gʻolib chiqib, 1204-1205- yillarda koʻchmanchi chorvador urugʻlarni siyosiy jihatdan birlashtirishga muvaffaq boʻldi. 1206- yilda u Onon daryosining yuqori qismida qurultoy chaqirdi. Bu qurultoyda Temuchinga Chingizxon unvoni berildi, ya’ni kuchli, qattiq, shiddatli xon ma’nosini bildirgan.
Xiva xonligi Sirdaryo bo‘ylaridan to Suriyagacha cho‘zilgan katta davlat bo’lgan. Xonlik va mo’g’ullar orasidagi nizo avj olgan edi. Oʻtror noibi Inalxonning Chingizxon elhi va karvonlarini talashi vaziyatni og’irlshtirgan edi.
1219- yilning kuzida Chingizxonning deyarli 200 minglik qoʻshini toʻrt yoʻnalish boʻyicha Xorazm yerlariga yopirilib keladi. Oʻgillari Chigʻatoy va Oʻqtoy Oʻtror (Sirdaryo boʻyida)ga, yana bir oʻgʻli Joʻji Urganchga, Chingizxonning oʻzi Buxoroga hujum boshlaydi.
Temur Malik Xorazmda urushga qurbi yetadigan kattagina qo‘shin to‘plab, mo‘g‘ullarga qarshi kurash olib boradi. Hatto Sirdaryoning quyi oqimlaridagi Yangikent shahrini mo‘g‘ullardan tortib olishga ham erishadi. U keyinchalik Jaloliddin Manguberdi bilan birlashdi.1220-yil fevralida Chingizxon katta kuch bilan qadim Buxoroni qamal qildi. Noteng dushmanga qarshi Gurxon boshchiligidagi 400 jangchi 12 kun davomida Buxoroning Ark qal'asida taslim boʻlmay, umrining oxirigacha kurashadilar.
Baroqxon (1266-1271)davrlariga kelib Chig‘atoy ulusi (Movarounnahr yerlari) Oltin 0 ‘rda ta’siridan xoli boiishga muvaffaq boiadi. Shunday qilib, Chingizxon avlodlari o‘rtasidagi merosiy boiinish natijasida Movarounnahr asosan Chig‘atoy ulusi va uning vorislariga o‘tib, u Chig‘atoy ulusi nomi bilan atala boshladi.
Mo‘g‘ul hukmdorlari Movarounnahr o’lkasini boshqarishga kirishar ekanlar,ular qanday qilib bo’lmasin, uning xalqini yanada itoatga keltirish, bu yerdan mo‘g‘ul zodagonlari uchun ko‘proq soliq va o’lponlar undirish, qo‘shimcha majburiyatlar yuklash harakatida bo’ldilar.
Kelgindi mo‘g‘ul zodagonlarining mahalliy yuqori tabaqa vakillari bilan
til biriktirib, bechorahol xalqni talab, boylik orttirayotganligi, shohona aysh-u ishrat ko‘rayotganligi, oddiy fuqaroning turmushi tobora nochorlashib borayotganligi Mahmud Torobiy va uning maslakdoshlarini g‘azabga keltirdi. Ular qo’lga qurol olib mo‘g‘ullar zulmini ag‘darib tashlash uchun kurashga otlandi. Mahmud Torobiy tevaragiga ming-minglab alamzada oddiy mehnat kishilari to‘planishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |