Nazorat savollari
1. “VertualBox” muhitini vazifasini tushintirig ?
2. Linux operasion tizimiga ta’rif bering va o‘rnatilish jarayonini tushintiring ?
3. Linux operasion tizimi yadrosi vazifasini tushintiring ?
4. Linux operasion tizimi nima sababdan ochiq kodli operasion tizim xisoblanadi ?
5. Linux operasion tizimining boshqa operasion tizimiga nisbattan avfzalliklari
nimada ?
Javoblar
1. Virtual Box (Virtual Machine) – dasturi kompyuteringizdagi asosiy operasion
tizimni o‘zgartirmagan holda boshqa bir operasion tizimni o‘rnatish
imkonini beruvchi virtual mashina hisoblanadi.
2. Linux bu zamonaviy UNIX ga o‘xshash, POSIX standartini qondiruvchi
shaxsiy kompyuterlar va ishchi stansiyalar uchun yaratilgan OT dir. Linux bu
erkin tarqatiladigan UNIX – tizimi versiyasidir. Bu tizimni Linus Torvald
ishlab chiqgan bo‘lib, u kodlarni ochiq qilib yaratish shartini taklif qildi.
Ixtiyoriy foydalanuvchi koddan foydalanishi va o‘zgartirishi mumkin, ammo
bu holda albatta u tizimning modullariga kiritgan kodini ochiq qoldirishi
shart. Tizimning hamma komponentalari (hatto berilgan matnlar ham) erkin
nusha olish va chegaralanmagan sonli foydalanuvchilarga o‘rnatish sharti
bilan, lisenziyali tarqatiladi.
3. Linux tizimi. UNIX uchun qator standartlar bilan berilgan matnlar darajasida
mutanosibdir (sovmestim). UNIX uchun internet orqali erkin tarqatiladigan
dasturlar, Linux uchun, amalda kam o‘zgartirishlarsiz kompilyasiya qilinishi
mumkin. Bundan tashqari, Linux uchun hamma berilgan matnlar, ya’ni
yadro, qurilmalar drayverlari, kutubxonalar, foydalanuvchi dasturlari va
vositalari erkin tarqatiladi.
A) loyixalashtirish va jarayonlarni ishga tushirish;
B) xotirani boshqarish;
C) pastpog‘onali qurilmalarni qo‘llab-quvvatlash (drayverlar orqali);
D) disklarni boshqarish va ma’lumotlarni buferlash
4. Free BSD operasion tizimi. Linux OTdan tashqari erkin tarzda tarqatiladigan
operasion tizimlar oilasiga kiruvchi Free BSDni ham aytish mumkin. Bu OTlar
orasidagi prinsipial va eng muhim farq shundaki, kelishuvga ko‘ra, Linux
tizimiga har kim o‘z o‘zgartirishlarini kiritishi mumkin, ammo bu holda u
o‘zini kodini ochiq holda koldirishi kerak. Ammo hamma kompaniyalar
bunga rozi emas. Ko‘pchilik, berilgan matnlar va tayyor yechimlardan
foydalanishni hohlaydilar, ammo o‘z dasturiy ta’minot sirlarini ochkilari
kelmaydi. Shuning uchun ham, bu operasion tizim uchun distributivlar
ishlab chiquvchi kompaniyalar mavjud. Har bir kompaniya o‘z OTdan
tashqari unga o‘z installyatorini, utilitlarini, shu bilan birga dasturlar
paketini, konfiguratorlarni va nihoyat amaliy dasturlar paketining katta
to‘plamini qo‘shadi. Bunda u, o‘z tizimiga o‘z o‘zgarishlarini boshqalar bilan
kelishmasdan kiritishi mumkin.
5. Linux, ma’lumotlarni saqlash uchun turli tipdagi fayl tizimlarini qo‘llaydi.
EXT2FS kabi fayl tizimi Linux uchun maxsus yaratilgan. Masalan, Minix-1 va
Xinix kabi fayl tizimlari ham qo‘llaniladi. Bundan tashqari, FAT asosidagi
faylni boshqarish tizimi amalga oshirilgan, bu esa bu fayl tizimi
bo‘limlaridagi fayllarga bevosita murojaatga imkon beradi. HPFS, NTFS va
FAT32 larga murojaat va fayllarni boshqarish tizimi variantlari yaratilgan.
Linux ga qarama-qarshi ravishda, Free BSD OT i o‘z koordinatoriga egadir,
bu Kaliforniya Berkli universitetidir. Hohlagan odam bu OT kod matnlarini
o‘rganishi va unga o‘z o‘zgartirishlarini kiritishni taklif etishi mumkin, ammo
bu o‘zgarishlar kiritiladi degan so‘z emas, hatto o‘zgarishlar foydali bo‘lsa
ham. Bunga faqat kordinator huquqi bor. Shunday qilib, Free BSD – bu UNIX
ga o‘xshash OT, u ham ochiq kodli, uning yadrosi mikroyadro prinsipida
qurilgan