Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


- bu mazmunan farq qilmaydigan, o‘xshash sifatga ega bo‘lgan ob’ektlarning turkumlanishidan chiqqan o‘lchamdir



Download 1,22 Mb.
bet94/341
Sana28.06.2022
Hajmi1,22 Mb.
#711810
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   341
Bog'liq
Falsafa. 2021 y (2) янги

- bu mazmunan farq qilmaydigan, o‘xshash sifatga ega bo‘lgan ob’ektlarning turkumlanishidan chiqqan o‘lchamdir. Mazmun jihatidan farq qiladigan, sifat va xossasi tafovutda bo‘lgan ob’ektlar miqdorni, miqdoriy munosabatni hosil qilmaydilar. Masalan, alohida – alohida olingan elektron, atom va molekula turkumni tashkil qilmaydi, sifat jihatidan turli moddalarga mansub bo‘lganlari uchun ularni sanab bo‘lmaydi. Predmetda mavjud bo‘lgan miqdordagi elementlarning o‘zaro aloqadorligi va ta’siri o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan sifatni hosil qilishi. Kislorod atomining sifati undagi o‘zaro aloqada bo‘lgan elementar zarra uning miqdoriy muayyaligi bilan belgilanadi. U yoki bu ijtimoiy tuzumning sifati ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlarning ko‘p xilligi, iqtisodiyotni potensial imkoniyati, shaxs, ijtimoiy uyushma va guruhlar, hamda jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni sur’ati, darajasi bilan xarakterlanadi. Demak, ma’lum miqdor muayyan sifatni keltirib chiqaradi. Sifat bilan miqdorning bir – biriga nisbatan qanchalik mustaqil bo‘lishi va ayni paytda uzviy bog‘lanish chegarasi «me’yor» kategoriyasi orqali ifodalanadi. YA’ni, «me’yor» faqat miqdor bilan sifatning birligini belgilamasdan, balki ular o‘rtasidagi chegarani ham bildiradi. Me’yor – bu ob’ektdagi qismlarning o‘zaro aloqadorligi xususiyatidan kelib chiqadigan sifat va miqdor birligining chegaranganligini,
shu birlikning muayyanligini saqlaydigan miqdoriy o‘zgarishlar intervalini ifodalaydigan kategoriyadir.
Sabab va oqibat. Narsa va hodisalarning ichki birligi, yaxlitligi va tarixiy-tadrijiy rivojlanish tamoyiliga ko‘ra, ularning mazmuni va shakli o‘zgarib turadi. O‘z navbatida, har qanday sistemaning elementlari o‘rtasidagi strukturaviy bog‘lanish konkret mazmunga ega bo‘lib, unga mos mazmunlarda o‘z ifodasini topadi. Boshqacha qilib aytganda, mazmun va shakl o‘rtasidagi aloqadorlik, bog‘lanish, munosabatning xarakteri muayyan sababga asoslanadi. YA’ni, narsa va hodisalarning sistema shaklida namoyon bo‘lishi, muayyan sabab oqibatidir. Demak, narsa va hodisalarning tadrijiy rivojlanishi sabab-oqibat munosabatlari tarzida namoyon bo‘ladi. SHunga ko‘ra, sabab – biror narsa va hodisa rivojlanish jarayonining oqibatidir.
Narsa va hodisalarning rivojlanishi jarayonidagi sabab va oqibat munosabatlarini bilishda, ularning makon va zamondagi tarixiy va mantiqiy izchilligi muximdir. Boshqacha qilib aytganda, bir tomondan, har qanday sabab avvalgi hodisalar yoki ularning rivojlanish oqibati tarzida namoyon bo‘ladi. Ikkinchi tomondan esa, bu oqibat keyingi rivojlanishning sababi bo‘lib hisoblanadi. Sababning mohiyati avvalgi hodisalarning oqibati sifatida vujudga kelayotgan hodisalar uchun sababligidadir. SHunga ko‘ra, sababni bir vaqtning o‘zida oqibat tarzida qarash mumkin. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, har qanday oqibat sabab tarzida namoyon bo‘ladi. SHu bilan birga, sababni narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonidagi makon va zamondagi davriy takrorlanishdan farqlash kerak. Chunki, sabab mavjudlikning genetik bog‘lanishlarini, aloqadorliklarini ifodalashi bilan birgalikda, ularning istiqbollarini ham belgilab beradi. Sabab falsafiy kategoriya sifatida quyidagi xususiyatlarga ega: 1) uning ob’ektiv harakteri narsa va hodisalarning ichki, targ‘ibiy elementlari munosabatlariga xos bo‘lib, mohiyatning real mavjudlik holatini ifodalaydi; 2) sababning konkretligi narsa-hodisalarning xususiyatlaridan kelib chiqadi, hamda uning individualligini ta’minlaydi; 3) sababumumiy harakterga egabo‘lib, xech qanday narsa va hodisaning rivojlanishi sababsiz sodir bo‘lmaydi; 4) sabab zaruriy bo‘lib, muqarrar ravishda, muayyan oqibatlarni keltirib chiqaradi; 5) sababning uzluksizligi, bir tomondan, turli sabablarning izchil bog‘lanishlarini, munosabatlarini, ikkinchi tomondan, har bir sababning oqibat tarzida oldingi sabab bilan bog‘liqligini harakterlaydi.

Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish