Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


Ong haqidagi tasavvurlarning rivojlanishi



Download 1,22 Mb.
bet102/341
Sana28.06.2022
Hajmi1,22 Mb.
#711810
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   341
Bog'liq
Falsafa. 2021 y (2) янги

Ong haqidagi tasavvurlarning rivojlanishi. Yangi davrda ong haqidagi tasavvurlar ancha kengaydi. R.Dekart (1596-1650) ongni tafakkur bilan tenglashtirib, uni umumiyroq tusdagi «ruhiyat» tushunchasidan ajratdi va ongni mustaqil, erkin fikrlovchi substansiya deb hisoblab, yonma-yon joylashgan boshqa – ko‘lamli, fikrlamaydigan, moddiy substansiyaga qarshi qo‘ydi. Dualizm deb nomlangan mazkur falsafiy yondashuv keyinchalik ongning tabiatini tushunishga nisbatan ikki qarama-qarshi yondashuv yuzaga kelishiga zamin hozirladi. Shulardan biri ruhiyni jismoniyga (Gobs); manaviyni – moddiyga bog‘lash bilan tavsiflanadi. Ikkinchi yondashuv subektiv (Berkli, Yum, Fixte, Max va boshqalar) va obektiv (Platon, Foma Akvinskiy, Gegel) idealizm bilan bog‘liq bo‘lib, moddiy va jismoniy narsalar va hodisalarni ikkilamchi, ideal, manaviy, ruhiy narsalar va hodisalar mahsuli deb tushunishi bilan ajralib turadi.
Ikkala yondashuv ham nemis klassik falsafasida faol rivojlantirildi. Masalan, Gegel individual ongga butun rivojlanish negizi sanalgan mutlaq g‘oyaning pirovard shakllaridan biri sifatida yondashdi. Bu erda ong tarixan belgilangan faol asos sifatida tushuniladi. Mazkur asosda uning tuzilishi darajalari, xususan, hissiy, mantiqiy, individual va ijtimoiy darajalar farqlanadi.
Byuxner, Foxt, Moleshott kabi faylasuflar ongga «vulgar materializm» nuqtai nazaridan yondashadi. Bu yondashuvga ko‘ra ong sof moddiy jarayon sifatida talqin qilinar, uning mazmuni esa inson eydigan oziq-ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibi bilan bog‘lanar edi. Ular jigardan safro ajralganidek, aqldan fikr ajraladi, deb hisoblagan.
Tabiatshunoslikning rivojlanishi, ayniqsa neyrofiziologiya, biologiya, eksperimental psixologiya sohasida qo‘lga kiritilgan yutuqlar so‘nggi yillarda bizning ong tabiati haqidagi tasavvurlarimizni sezilarli darajada kengaytirdi.
SHunga qaramay, suniy intellekt yaratish borasidagi ishlar, «fikrlovchi mashinalar»ning paydo bo‘lishi va «axborot portlashi» va kompyuter inqilobining boshqa natijalari, xususan shaxmat o‘yinida hatto jahon chemionlarini ham yutishga qodir superkompyuterlarning yaratilishi inson ongining mohiyati va imkoniyatlari haqidagi masala yangidan qo‘yilishiga sabab bo‘ldi. Shunday qilib, avvalgi savollarga javob olish barobarida yangi muammolar ham paydo bo‘ldi. Biroq ular ong muammosini echishga nisbatan har xil, bazan bir-birini istisno etuvchi nuqtai nazarlar va falsafiy yondashuvlar sonini aslo kamaytirgani yo‘q.

Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish