Antropologiya inson haqidagi fan muammolari bilan shug’ullangan
Avesto Zardushtiylik dinining qonun-qoidalari bayon etilgan kitob
Axloq (arab. xulqning ko‘pligi; lot. moralis — xulq-atvor) — ijtimoiy ong shakllaridan biri, manaviy hayot hodisasi, manaviyat sohasiga oid tushuncha.
Axloqiy fazilatlar inson xulq-atvori, yurish-turishidagi eng YUk sak , ijobiy hatti-harakatlar, o‘y-fikrlar va ezgu amallar majmuasi: ezgulikka intilish, yaxshilik qilish, izzat-hurmatli bo‘lish, mehnatsevarlik, or-nomusli bo‘lish, vatanparvarlik, insonparvarlik, saxovatlilik, halollik, pokizalik kabi xislatlarning namoyon bo‘lishi
Axloqiy_ideal'>Axloqiy ideal axloq - meyorlarining yuk sak , orzu qilingan darajadagi tasavvufi, barcha eng yaxshi xislatlarga ega, har tomonlama tarbiyalangan inson obrazi.
Axloqiy axloqiy tarbiyaga doir asarlar, qarashlar, g‘oyalar, madaniyat ko‘nikmalar va ularga amal qilinish.
Axloqiy meyorlar jamiyatda o‘rnatilgan xulq-atvor qoidalari, ular urf-odat, ko‘nikma, marosim qoidalari sifatida namoyon bo‘ladi, axloqiy qadriyatlar sifatida qaraladi, ularga amal qilmaslik jamoatchilik tomonidan qoralanadi.
Axloqiy kishilarning xulq-atvorida asrlar davomida shakllangan qadriyatlar o‘zaro munosabatlar, yurish-turish qoidalari: xushxulqlik, xushmuomalalik, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, halollik, pokizalik, ezgulik, mehnatsevarlik, insonparvarlik, vatanparvarlik.
Axloqiy tafakkur axloq masalalariga bag‘ishlangan fikrlar, qarashlar g‘oyalar, har bir insonnning axloqiy meyorlar va qadriyatlarni anglash, ilmiy mushohada qilish jarayoni.
Axloqiy tarbiya inson tarbiyasining muhim qismi hisoblanib, odamga
yoshligidan boshlab to‘g‘rilik, halollik, izzat hurmat, burchmasuliyat, sog‘lom turmush tarzi, or-nomus, sharm-hayo, Vatan azizligi, oila muqaddasligi, e’tiqod mustahkamligi xislatlarining singdirib borilish jarayonidir.
Axloqsizlik jamiyatda qabul qilingan axloqiy meyorlardan chetga
chiqish: boqimandalik, yolg‘onchilik, ichkilikbozlik, fohishabozlik, o‘g‘rilik, hasad, g‘iybat, tuhmat, vatanfurushlik, e’tiqodsizlik va shular kabi barcha salbiy xislatlarning namoyon bo‘lishi. B
Bag‘rikenglik mehr-muruvvat, g‘amxo‘rlik, himoya, panoh, makon, saxiy, eshigi hamma uchun ochiq, dargohi keng; kengfellik. Bag‘rikenglik – o‘zgalarning dunyoqarashi, diniy e’tiqodi, milliy va etnik xususiyatlari, anana-marosimlariga hurmatehtiromda bo‘lish, muomala-munosabatda kamsitishlar, tahqirlashlarga yo‘l qo‘ymaslik, insoniylikni hamma narsadan ustun hisoblab, jamoada, ish joylarida, mahallakuyda bunga rioya etish. Xullas, turli dindagi, turli millat va elatlarga mansub kishilarning bir mamlakat doirasida, yagona davlat tarkibida bahamjihat, osoyishta yashashidir.
Bag‘rikenglik ayrim shaxslarga yoki butun bir xalqqa xos xususiyat bo‘lishi mumkin. Bag‘rikenglik – o‘zbek xalqining eng olijanob fazilatidir.
Barkamollik kamolot, balog‘atga erishgan, bekamu ko‘st, etuk , mukammal, nuq-sonsiz, kamoli xirad – aql komilligi, kamoli marifat – ilmu marifatda mukammallik, kamol ahli – ilmu hikmat egalari, olimlar. Barkamollik insonning aqliy axloqiy va bilimdonlik jihatidan etuk ligi, o‘zi tanlagan kasbu hunarning ustasi bo‘lishi, shaxs sifatida shakllanib, vatan taraqqiyoti, el-yurt farovonligi uchun jon kuydirishi, ezgu g‘oya va niyatlar b-n bunyodkorlik va yaratuvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |