Al-faqih abu lays as-samarqandiy


Qo‘l ostidagilarning rioyasi haqidagi bob hadislari



Download 3,59 Mb.
bet26/46
Sana24.06.2017
Hajmi3,59 Mb.
#14928
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   46

Qo‘l ostidagilarning rioyasi haqidagi bob hadislari
502-hadis. Sahih. Abu Dovud, Ahmad rivoyat qilgan.

503-hadis. Muttafaqun alayh.

504-hadis. Zaif. Ahmad ibn Mojja rivoyat qilgan.

505-hadis. Sahih. Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan.

506-hadis. Sahih. “Sahihul jome’”ga qarang.

507-hadis. Muttafaqun alayh.

508-hadis. Haysamiy uning sanadini yaxshi degan.

509-hadis. Avvali sahih. Ahmad, Abu Dovud rivoyat qilgan.

510-hadis. Zaif. “Az-zaifa”ga qarang.

511-hadis. Juda zaif. “Az-zaifaga”qarang.

512-hadis. Zaif. “Az-zaifaga” qarang.

513-hadis. Abdurazzoq “Al-jome’”da keltirgan.

514-hadis. Sahih. Ahmad, Tayolisiy, Bazzor rivoyat qilgan.

515-hadis. Mavzu’. “Tanzihush-shari’at”ga qarang.



QIRQ TO‘RTINCHI BOB YETIMLARGA YAXSHILIK QILISH
516. Faqih Abu Lays Samarqandiy sanadi bilan Abu Varqodan, u kishi Abdulloh ibn Abu

Avfodan, u kishi esa, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. Nabiy

sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim yetimning boshini rahm qilib silasa, Alloh taolo unga qo‘li tekkan har bir soch miqdoricha yaxshilik yozadi, har bir soch miqdoricha yomonliklarini o‘chiradi va har bir soch miqdoricha uning darajasini ko‘taradi".
517. Boshqa bir rivoyatda aytiladi: "Kim yetimning boshini silasa, faqat Alloh uchun silasa, qo‘li silab o‘tgan har bir soch uchun unga hasanot bordir. Kim o‘zining oldidagi yetimlarga yaxshilik qilsa, u bilan men jannatda mana shunday bo‘lamiz", deb Nabiy sollallohu alayhi vasallam ikki barmoqlarini bir-biriga yaqinlashtirdilar.
518. Ibn Abbos (r.a.) naql qiladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim musulmonning yetimlari orasidan bir yetimning ovqatiga, ichimligiga qo‘shsa, Alloh uni behojat qilib qo‘yadi va unga jannatni, albatta, vojib qiladi, illo Alloh kechirmaydigan amallar qilgan bo‘lsa, (unday bo‘lmaydi). Kimning ko‘zini Alloh ketkazgan bo‘lsa va u

sabr qilsa, albatta, unga Alloh jannatni vojib qiladi, illo Alloh kechirmaydigan amal qilgan bo‘lsa, (unday bo‘lmaydi). Kimning uchta qizi yoki singlisi bo‘lsa, ularga yaxshi odob bersa, ular, vafot qilgunlaricha infoq etib tursa yoki ularni munosib joyga uzatsa, agar u Alloh kechirmaydigan amalni qilmagan bo‘lsa, albatta, Alloh unga jannatni vojib qiladi". Shunda a’robiylardan bittasi nido qilib: "Ey Allohning elchisi, ikkita (qizi) bo‘lsa-chi?" deb so‘radi. Aytdilar: "Ikkita bo‘lsayam".


Aytishlaricha, bu hadisni har rivoyat qilganlarda Ibn Abbos (r.a.): "Allohga qasamki, bu ajoyib hadisdir", deb qo‘yar ekanlar.
519. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi: Bir kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelib, qalbining qattiqligidan shikoyat qildi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam unga: "Agar qalbning muloyim bo‘lmog‘i seni xursand qilsa, yetimning boshini sila va taom ber", dedilar.
520. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Musulmonlarning yaxshi uyi yetimi bor uy bo‘lib, unda yetimga yaxshilik qilinadigandir. Musulmonlarning yomon uyi, yetimi bo‘lib, unga yomonlik qilingan uydir".
521. Ibn Umardan (r.a.) katta gunohlar haqida so‘rashdi. U zot aytdilar: "Ular to‘qqiztadir: Allohga shirk keltirish, mo‘min kishini qasddan o‘ldirish, urushdan qochish, soliha xotinni zino bilan ayblash va yetimning molini yeyish, ota-onaga oq bo‘lish, sehr qilish va baytul haromning hurmatini oyoq-osti etish".
Mujohid Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat etadilar: "Oltita halok qiluvchi narsa bor, ularda tavba yo‘q; yetimning molini yeyish, soliha xotinni zino bilan ayblash, urushdan qochish, sehrgarlik, Allohga shirk keltirish va payg‘ambarlardan birini o‘ldirish".
Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. U zot Allohning

"Yetimlarning mollarini zulm yo‘li bilan yeydigan kimsalar shak-shubhasiz, qorinlariga olov yegan bo‘lurlar va, albatta, do‘zaxga kirajaklar" (Niso, 10), degan so‘zini o‘qib: "Ular oxiratda, albatta, do‘zaxga kiradi", dedilar.
Aytadilarki, yetim bo‘lgan uy naqadar yaxshi uy, agar uy egalari uning haqqini bilsa, yetim bo‘lgan uy naqadar yomon uy, agar uy egalari uning haqqini bilmasa.

522. Bir kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelib: "Menda yetim bor, qaysi vaqtda urishim mumkin?" deb so‘radi. Aytdilar: "Farzandingni urganingda".


Ya’ni, uni tarbiyalash uchun xuddi ota o‘g‘lini urgandek ursa, zarari yo‘q.
Rivoyat. Fuzayl ibn Iyoz (Alloh u kishi rahmat qilsin) aytadilar: "Ko‘pincha yetimni bir tarsaki urish shirin taom yedirgandan ko‘ra foydaliroq bo‘ladi".
Faqih aytadilar: Agar yetimni urmasdan odob bermoqqa qodir bo‘lsa, urmasligi lozim, chunki yetimni urish og‘ir ishdir.
523. Said ibn Musayyab Umar ibn Xattobdan (r.a.), u kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan aytadilar: "Agar yetim urilsa, uning yig‘isi bilan arsh titrab ketadi. So‘ngra Alloh taolo aytadi: "Ey farishtalarim, otasi tuproqqa yashirilgan yetimni kim yig‘latdi?" Holbuki, Allohning o‘zi uni biluvchiroq. Farishtalar: "Ey Parvardigor, bizda ilm yo‘q, bilmaymiz", deyishadi. Alloh: "Bas, Men sizlarga guvohlik beramanki, kim Mening yo‘limda yetimni rozi qilsa, Men uni qiyomat kunida o‘zim huzurimda rozi qilaman", deydi".
Aytadilarki, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam yetimlarning boshini silar, ularga muloyimlik qilar edilar. Umar ibn Xattob (r.a.) ham shunday qilganlar.
Abdurahmon ibn Abzo aytadilar: Alloh taolo Dovud alayhissalomga aytdi: "Yetimga rahmdil otadek bo‘l, bilginki, ekkaningni o‘rasan va bilginki, soliha xotin eriga tillo tojli podshoh kabidir. Qachon xotinini ko‘rsa, ko‘zlari quvonadi, yomon xotin eriga qari cholga og‘ir yukni ko‘tartirib qo‘ygan kabidir".
524. Zayd ibn Aslamdan (r.a.) rivoyat. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Men va musulmon yetimni kafillikka olgan odam jannatda xuddi shunday bo‘ladi", deb ikki barmoqlarini bir-biriga yaqinlashtirdilar.
Abu Xalil aytadilar: "Dovud alayhissalomning masalalarida o‘qidimki, u zot: "Ey Parvardigor, yetimga va beva xotinga Sening rizoliging yo‘lida yaxshilik qilgan bandangga qanday mukofot bor?" deb so‘radilar. "Uning mukofoti shuki, qiyomat kuni soya bo‘lmagan vaqtda uni arshning soyasiga olaman", dedi Alloh".
525. Avf ibn Molik Ashju’iy Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Qaysi mo‘minning uchta qizi bo‘lib, toki ularni uzatib yuborgunicha yoki vafot etgunicha ularga infoq qilsa, ular unga do‘zaxdan hijob (parda) bo‘ladi". Bir xotin aytdi: "Ey Allohning elchisi, ikkita bo‘lsa-chi?" "Ikkita bo‘lsa ham", dedilar Nabiy sollallohu alayhi vasallam.
526. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Ikki yuzi qoraygan xotin jannatda men bilan mana shunday birga bo‘ladi", deb barmoqlariga ishora qildilar, ya’ni, eri o‘lgan, qizlarining tarbiyasi uchun ularni uzatgunicha yoki vafot etguncha turmushga chiqmagan xotin.
527. Yazid Raqqoshiy Anas ibn Molikdan rivoyat qiladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim bozordan farzandlariga hadya keltirsa, u sadaqa qilgan kishi kabi

bo‘ladi, hatto uni ularning og‘ziga soladi. Tarqatishni qizlardan boshlasin, chunki Alloh taolo ayollarga yumshoqlik qildi. Kim ayollarga yumshoqlik qilsa, Allohdan qo‘rqib yig‘lagan kishi kabidir. Kim Allohdan qo‘rqib yig‘lasa, uni Alloh kechiradi. Kim qizlari bilan xursand bo‘lsa, Alloh qiyomat kuni uni xursand qiladi".


528. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ey Ali, agar yetim yig‘lasa, arsh titraydi. Alloh taolo aytadi: "Ey Jabroil, kim yetimni yig‘latgan bo‘lsa, unga do‘zaxdan joyni keng qil, Men uni u yerda yig‘lataman. Kim yetimni kuldirgan bo‘lsa, unga jannatdagi o‘rnini keng qil, Men uni u yerda kuldiraman".


Yetimlarga yaxshilik qilish bobi hadislari
516-hadis. Juda zaif.

517-hadis. Juda zaif. “Kaboir”ga qarang.

518-hadis. Juda zaif. “Kaboir”ga qarang.

519-hadis. Hasan. Ahmad rivoyat qilgan.

520-hadis. Zaif. Buxoriy “Adabul-mufrad”da rivoyat qilgan.

521-hadis. Zaif. Hokim, Bayhaqiy rivoyat qilgan.

522-hadis. Zaif. Tabaroniy, Bayhaqiy rivoyat qilgan.

523-hadis. Zaif. Ibn Adiy rivoyat qilgan.

524-hadis. Muttafaqun alayh.

525-hadis. Zaif. Tabaroniy rivoyat qilgan.

526-hadis. Zaif. Ahmad, Abu Dovud rivoyat qilgan.

527-hadis. Zaif.

528-hadis. Zaif. 523-hadisning izohiga qarang.


QIRQ BESHINCHI BOB ZINO HAQIDA
529. Ubaydulloh ibn Abdulloh ibn Utba Abu Hurayra va Zayd ibn Xolidlardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ular aytishdi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga ikki kishi xusumatlashib kelishdi. Ulardan biri: "Ey Rasululloh, bizning oramizda Allohning kitobi bilan hukm qiling", dedi. Boshqasi – u ilmliroq edi – aytdi: "Ha, Allohning rasuli, o‘rtamizda Allohning kitobi bilan hukm qiling. Izn bersangiz, gapirsam". "Gapir", dedilar. "O‘g‘lim mana bu odamning uyida ijarada ishlardi, – dedi u, – uning xotini bilan zino qilib qo‘yibdi. Menga o‘g‘limning toshbo‘ron qilinishi kerakligini aytishdi. Bu (jazo)ning o‘rniga yuz bosh qo‘y va uyimdagi joriyani berdim. Keyin ilmlilardan so‘rasam, o‘g‘limga yuz darra urilib, bir yil surgun qilinishi lozimligini aytishdi. Toshbo‘ron qilinish esa, ayolning jazosi ekan". Shunda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, albatta, oralaringizda Allohning kitobi bilan hukm chiqaraman. Qo‘ylaring va cho‘ring o‘ziga qaytariladi. O‘g‘ling esa, yuz darra urilib, bir yilga surgun qilinadi". So‘ngra uning o‘g‘liga darra urishdi va bir yilga surgun qilishdi. Anis Aslamiyga xotinning oldiga bormoqni buyurdilar va: "U ayolning oldiga bor, agar (gunohini) e’tirof etsa, toshbo‘ron qil", dedilar. Ayol e’tirof etdi va uni toshbo‘ron qilishdi".
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bu yerda zinoning hukmini bayon etdilar. Demak, zoniy (ya’ni, zino qilgan erkak) va zoniya (zinokor xotin) agar bo‘ydoq bo‘lsa, ularga yuz darra urish vojibdir. Alloh taolo: "Ulardan har birini yuz darradan uringlar, Alloh haddida sizlarni rahm va muloyimlik olmasin", deydi. Ya’ni, rahm-shafqat sizlarni hadni (jazoni) botil qilishga olib bormasin. Chunki Alloh taolo bandalariga sizlardan ham rahmliroqdir. Alloh taolo zinokorlarga bu dunyoda had urishni buyurdi. Kimga dunyoda had urilmasa, qiyomat kuni xaloyiqning oldida o‘tdan bo‘lgan qamchi bilan uriladi.

Alloh taolo keyin aytyaptiki: "Agar sizlar Allohga va oxirat kuniga imon keltiruvchi bo‘lsangizlar", ya’ni, Allohning birligiga va qiyomat kuniga ishonsanglar, "hadni botil qilmanglar". "Ularning azoblanishiga bir toifa mo‘minlar guvoh bo‘lsinlar", (Nur, 2) ya’ni, zinokorni urayotganda mo‘minlardan bir toifasi hozir bo‘lsin.


Albatta, hadni urilayotganda, odamlar kelishsa, ularga azob ziyodalashadi. Chunki qavmning oldida uyalishadi va bu ham ularni zinodan qaytaradi. Bunday had urish eri yoki xotini bo‘lmagan zinokorlarga uchundir.
Ammo muhsan, ya’ni, turmushi mavjud holatda zino qilsa, ularning haddi toshbo‘ron qilishlikdir.
530. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ham Moiz ibn Molikni toshbo‘ron qildirganlar.
531. Rivoyat qilinishicha, bir xotin Nabiy sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelib, zino etganini aytdi. U o‘shanda homilador edi. U zot ayolga qaytishni, homilasini tuqqanidan keyin kelish buyurdilar. Homilasini tuqqandan keyin ayol keldi. Uni toshbo‘ron qilishga buyurdilar va u toshbo‘ron qilindi.
Bilingki, zinoning haddi Islomning avvalida ayblamoq va etiklar bilan urmoq edi. Alloh taolo aytadi:

"Sizlarda ikkitasi shunday qilsa", ya’ni, fohisha ishni – zinoni, "...ularning ta’zirlarini beringlar, agar tavba qilib, o‘zlarini tuzatsalar, ularni tinch qo‘yinglar. Albatta, Alloh tavbalarni qabul qiluvchi rahmli zotdir" (Niso, 16).
Agar zinokor ayol muhsan bo‘lmasa, ya’ni, beva bo‘lsa, erkakning ham xotini bo‘lmasa, yuqorida aytib o‘tganimizdek, erkakning haddi darra va surgun, xotinning haddi esa, to o‘lgunicha uyga qamab qo‘yish edi. Alloh taoloning so‘zi shunday:

"Xotinlaringizdan qay bir ayol fohishalik qilsa, unday ayollarning ustida o‘zlaringizdan bo‘lgan to‘rt kishini guvoh qiling. Agar ular guvohlik bersalar, to bu ayollarga o‘lim kelgunicha yoki Alloh biron yo‘lga solgunicha ularni uylarda saqlangiz" (Niso, 15).
Bu hukm Islomning avvalida, hadlar tushmasdan oldin edi. Keyin bu oyat Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning ushbu so‘zlari bilan nasx (bekor) bo‘ldi:
532. "Mendan olinglar, mendan olinglar. Alloh u ayollarga bir yo‘l qildi. Bikr bikr bilan zino qilsa, yuz darra va bir yil surgun, tul tul bilan zino qilsa, yuz darra va toshbo‘ron qilish".
Bu ikki hukm Qur’on bilan emas, sunnat bilan joriy bo‘lgan. Bu hadisda xotinlarning zikri bilan xotinlar va erkaklarga ishora qilindi. Boshqa oyatda erkaklarning zikri bilan

erkaklar va xotinlar ishora qilingan edi. Keyinchalik bir yillik surgun bikrning (bo‘ydoqning) haqqidan o‘chirildi va muhsan xotinning haqqidan darra urish tushirildi. Surgun qilish haddi ushbu oyat bilan nasx qilindi: "Zinokor xotin va zinokor erkakning har birini yuz darradan uringlar" (Nur, 2). Muhsan ayolni darra urish Mo’izning, Fomidiya voqeasidagi ayolning hamda zinoga iqror bo‘lgan kishining hadislari bilan nasx qilindi.

Ulamolarimiz aytishadi: Surgun qilishdan o‘sha yerdan haydashni iroda etsalar, bunday qilish oyat bilan nasx qilingan. Agar surgundan qamashni va qamoqda ushlashni murod etsalar, bu ish hukmdir. Chunki maqsad yomonlikni kesish. Zoniyning yomonligi surgun bilan kesilmaydi.
Bu hukm zinoning dunyodagi haddidir. Bu had ularga bu dunyoda qoim qilinmasa, oxiratda qilinadi va oxirat azobi dunyo azobidan qattiqroq va uzoqroqdir. Bas, zinodan hazar qilinglar, zino katta gunohdir.
Alloh taolo aytadi:

"Zinoga yaqinlashmanglar, chunki u buzuqlikdir", ya’ni, zino qilmanglar, zinodan saqlaninglar, chunki zino gunoh, yomonlik keltiradi va Allohning g‘azabiga duchor qiladi. U shunday "eng yomon yoldir" (Isro, 32). Naqadar yomon yo‘l! Zinokorlar bu yo‘lni tutib do‘zaxga boryaptilar.
Alloh taolo aytadi:

"Buzuq ishlarning oshkorasiga ham, maxfiysiga ham yaqinlashmangiz" (An’om,

151). "Oshkorasi", ya’ni, kattasi – zino, "...va maxfiysi", ya’ni, o‘pishlik, silash-siypash, hammasi zinodir.

533. Xabarda kelganidek: "Ikki qo‘l zino qiladi, ikki ko‘z zino qiladi". Alloh taolo aytadi:

"(Ey Muhammad), mo‘minlarga ayting, ko‘zlarini (nomahram ayollarga tikishdan) to‘ssinlar va avratlarini (haromdan) saqlasinlar. Mana shu ular uchun eng toza (yo‘ldir). Albatta, Alloh ular qilayotgan hunarlardan xabardordir. Mo‘minalarga ham ayting, ko‘zlarini (nomahram erkaklarga tikishdan) to‘ssinlar va avratlarini (haromdan) saqlasinlar hamda ko‘rinib turgandan boshqa zeb-ziynatlarini (ya’ni, ustlaridagi liboslaridan boshqa zeb- ziynatlarini nomahramlarga) ko‘rsatmasinlar" (Nur, 30-31).
Alloh taolo ayollarga va erkaklarga ko‘zlarini haromdan to‘sishni va avratlarini haromdan saqlashni buyurdi.
Alloh taolo zinoni Tavrotda, Zaburda, Injil va Furqonning ko‘p oyatlarida harom qilgan. U katta gunohdir, u bilan musulmonlarning hurmati oyoq osti bo‘ladi, nasablar aralashib ketadi.
Rivoyat qilinishicha, Ja’far ibn Abu Tolib (r.a.): "Hurmatimni toptashlari menga yoqmaydi, mening o‘zim ham hech kimning hurmatini oyoq osti qilmayman", deganlar. o‘zlari johiliyat paytlarida ham zino qilmaganlar.
Ba’zi sahobalar (r.a.) aytishadi: "Zinodan saqlaninglar. Chunki unda oltita ofat bor, uchtasi dunyoda, uchtasi oxiratda.
Dunyodagi uchtasi: Rizqning kamayishi, ya’ni, rizqidan baraka ketadi; yaxshiliklardan mahrum bo‘ladi va odamlarning qalbida yomon kishiga aylanadi.

Oxiratdagi uchtasi: Alloh g‘azab qiladi; qattiq hisob qilinadi; do‘zaxga kiradi. U do‘zaxni

Alloh taolo katta do‘zax, deb nomlagan.
534. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Mana bu olovlaringiz jahannam olovining yetmishdan bir bo‘lagidir".
535. Rivoyat qilinishicha, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Jabroil alayhissalomga: "Menga do‘zaxni sifatlab ber", dedilar. Jabroil aytdilar: "Ey Muhammad, qop-qorong‘u, zulmat, agar ignaning teshigidek teshik ochilsa, so‘zsiz yer yuzidagi hamma narsa kuyib ketadi. Agar do‘zax kiyimining bittasi osmon va yer orasida osib qo‘yilsa, yer ahli uning sassiqligidan o‘lib ketadi. Agar zaqqumdan bir tomchi yerga tashlansa, yer ahlining

butun hayoti buzilib ketadi. Agar Allohning kitobida zikr qilingan o‘n sakkizta farishtaning bittasi yer ahliga ko‘rsatilsa, uning badbasharaligidan va a’zolarining har xilligidan yer ahli hammasi o‘lib ketadi. Agar Alloh taolo kitobida zikri kelgan zanjirlarning bir bo‘lakchasi yerga tashlansa, yerning eng pastigacha buzib yuboradi, keyin uni tiklash mumkin bo‘lmaydi". So‘ngra Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Ey Jabroil, yetadi", deb yig‘ladilar. Jabroil ham yig‘ladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar:

"Ey Jabroil, sen nega yig‘layapsan, Alloh huzurida sening joying bor-ku?" deb. Jabroil alayhissalom aytdilar: "Ey Muhammad, men Allohning oldida bo‘lganim bilan Horut va Morutni yoki mal’un iblisni imtihon qilgani kabi meni ham imtihon qilmasligiga ishonchim yo‘q".
Jabroil (a.s.) Rabbi oldidagi shuncha hurmati bilan yig‘lab tursa, gunohkorlar qanday yig‘lamasinlar?! Bas, hayotingiz, sihatingiz sizni aldab qo‘ymasin, chunki bu dunyo o‘tkinchi, ammo uning azobi uzoqdir. Zinodan hazar qiling. Chunki u g‘azab va alamli azobni keltiradi. Zinoning yomoni unda davomli bo‘lishdir. Chunki unday odam xotinini taloq qiladi. Lekin xotini bilan haromda turaveradi, chunki odamlar oldida sharmandalikdan qo‘rqib, iqror bo‘lmaydi. Endi, qanday qilib, oxirat kunida, sirlar oshkor qilinganda sharmanda bo‘lishdan qo‘rqmaydi. O‘sha kundagi sharmandalikdan qo‘rq, zinodan saqlan, unda davom etma, chunki senda Allohning azobiga toqat yo‘qdir.

Allohga tavba qil, chunki Alloh taolo bandalaridan tavbalarni qabul qiluvchi zotdir. O‘limdan keyingi pushaymon va tavbalar foyda bermaydi. Tavba va pushaymonni tirikligingda qilsang, foyda beradi.


Alloh taolo avratlarini saqlagan mo‘minlarni maqtab, najot va xursandchilikning bashoratini beradi. Alloh aytadiki:

"Ular avratlarini saqlovchi kishilardir. Magar o‘z jufti halollaridan va qo‘l ostidagilardangina (saqlamaydilar), ular malomat qilinmaslar. Endi kim shundan o‘zgani istasa, bas, ana oshalar haddan oshguvchilardir" (Mo‘minlar,

5–7).
Avratni saqlash haromdan pok tutishdir. "Magar o‘z jufti halollaridan", ya’ni, xotinlaridan tiymaydilar "yoki qo‘l ostidagilardan", ya’ni, qo‘l ostida turgan cho‘rilaridan ham tiymaydilar. Bu oyat erkaklar uchun xosdir, "yoki qo‘l ostidagilardan (saqlamaydilar)" jumlasi ayollarga tegishli emas. "Ular malomat qilinmaslar", ya’ni, avratini xotini va cho‘risidan boshqalardan saqlash bilan malomat qilinmaslar. Malomat qilinadigan vaqti ham bor: Hayz va nifos holatida saqlamasalar, chunki u man’ qilingan. Endi kim

shundan o‘zgani istasa, ya’ni, xotini va qo‘l ostidagi cho‘risidan boshqalarni talab etsa, "ana o‘shalar haddan oshguvchilardir".

Bu yerda qo‘l bilan shahvatni qondirishning haromligigacha dalil bor. Bu so‘zlar ulomalarning so‘zlari. Jurayj aytadilar: "Atodan shu ish haqida so‘ragan edim, makruh, dedi. Bir qavm qiyomat kuni qo‘llarida homilalari bilan to‘planishini eshitdim va o‘shalar deb gumon qildim".

Said ibn Jubayr aytadilar: "Zakarlari bilan o‘ynaydigan ummatni Alloh azoblaydi". Boshqa oyatda ham: "Ular o‘z avratlarini saqlovchilardir, magar o‘z jufti halollardan va

qo‘l ostidagilardan", deydi.


Bu ikkisi (jufti halol va cho‘rilar)ning sanalishi er bilan erning qo‘shilishi, istimno

(onanizm) va boshqalar harom ekaniga dalildir.


Demak, bu ikkisidan keyin ham avratlarini saqlay olmasa, u Alloh belgilab bergan haddan oshuvchi zolimdir, gunohkordir. Qaysi bir musulmon zino etgan bo‘lsa, tavba qilmog‘i va odamlarni bu ishdan qaytarmog‘i vojibdir. Chunki qay joyda bu ish ko‘payib, odamlar unga mubtalo bo‘lgan bo‘lsa, Alloh ularni vabo bilan balolaydi.
Ibn Abbosga (r.a.) Ka’bul Ahbor (r.a.) aytdilar: "Agar qilichlar yalang‘ochlanganini ko‘rsanglar, qonlar oqsa, bilinglarki, Allohning hukmi ularni halok qilibdi, Alloh taolo bir- birlari bilan ulardan intiqom olayotir. Agar yomg‘ir yog‘mayotganini ko‘rsanglar, bilinglarki, odamlar zakot bermay qo‘yganlar. Alloh ham ularga yomg‘ir bermay qo‘ygan. Agar vabo tarqalganini ko‘rsanglar, bilinglarki, u yerda zino tarqalgandir".
536. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Ummatim ustida Lut qavmining amalidan qo‘rqqanchalik qo‘rqmayman".
537. Ibn Abbos (a.s.) aytadilar: "Lut qavmi amalini qilayotgan kishilarni ko‘rsanglar, foilni ham maf’ulni ham, ya’ni, ikkisini ham, o‘ldiringlar. Kim hayvonga yaqinlik qilgan bo‘lsa, u bilan birga hayvonni ham o‘ldiringlar".
Aytishlaricha, to‘rt amal bilan arsh larzaga keladi va Alloh g‘azablanadi: Nohaq birovni o‘ldirsa; fosiqni maqtasa; erkak erkak bilan aloqa qilsa; ayol ayol bilan aloqa qilsa.
538. Xabarda keladi: "Agar lo‘ttivoz dengizda cho‘milsa ham, tavba qilmasa, pok bo‘lmaydi".
Jufti halollardan va cho‘rilardan boshqalarga qo‘shilish haromdir.
539. "Qur’on harom qilganini halol sanagan odam unga imon keltirmabdi".


Zino bobi hadislari
529-hadis. Muttafaqun alayh.

530-hadis. Muttafaqun alayh.

531-hadis. Sahih. Muslim rivoyat qilgan.

532-hadis. Sahih. Muslim rivoyat qilgan.

533-hadis. Sahih. Ahmad rivoyat qilgan.

534-hadis. Muttafaqun alayh.

535-hadis. Izohi yo‘q.

536-hadis. Sahih. Ahmad, Termiziy, Ibn Mojja rivoyat qilgan.

537-hadis. Sahih. Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan.

538-hadis. Mavzu’. Ibn Javziy “Mavzu’ot”da keltirgan.



539-hadis. Zaif. Termiziy uning isnodini zaif degan.


QIRQ OLTINCHI BOB RIBO YEYISH HAQIDA
540. Abu Lays Samarqandiy aytadilar: Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambardan sollallohu alayhi vasallam rivoyat qiladilar: "Isro kechasi yettinchi osmonda boshim ustida momaqaldiroq bilan qichqiriqni eshitdim. Chaqmoqni va qorinlari oldilarida uy kabi katta bo‘lib osilib yotgan kishilarni ko‘rdim. Ichlarida ilonlar bo‘lib, tashqarisidan ko‘rinadi. Shunda: "Ey Jabroil, ular kimlar?" deb so‘radim. "Ular ribo yeydigan sudxo‘r kishilardir", dedi u".
Ato Xurosoniydan rivoyat qilinadi: Abdulloh ibn Salom (r.a.) aytdilar: "Sudxo‘rlik yetmish ikki gunohdir. Gunohning eng kichigi onasi bilan zino qilganga barobar. Bir ribodan topilgan bir dirham o‘ttiz olti marta zino qilishdan yomon. Alloh taolo qiyomat kunida yaxshiga ham, fojirga ham turishga ruxsat beradi. Ribo yeganga ruxsat berilmaydi. Ular shayton chalgan kabi turadi", ya’ni, jinni kabi, qachon tursa, yiqilaveradi.
Umar ibn Xattob (r.a.) aytadilar: "Qur’on oyatlarining oxirgi tushgani ribo oyati edi. So‘ngra Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam vafot etdilar, bizlarga uning tafsirini aytmadilar. Sizlar ribo va rabiyani tashlanglar", ya’ni, katta va kichik gunohlarni tark qilinglar.
541. Ali (r.a.) aytadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ribo yeyuvchini, unga vakil bo‘lganni, guvohlarni va uni yozganni, bezovchi xotinni, unga da’vat qiluvchini, bosh-qaning badaniga iz yoki surat soluvchini, surat soldiruvchini, uch taloq qilingan ayolni halol qilib borish maqsadida nikohiga oluvchini, uni o‘zi uchun halol qildiruvchini (ya’ni, uch taloq qilingan ayolning erini), zakotni bermaydigan kishilarni la’natladilar".
Ribo yeyuvchi – molning egasi, foyda oluvchi, vakil qilingan kishi esa, unga ribo beruvchi. Shuningdek, guvohlar – o‘shaning ustidagi va uni yozgan kishilar. Chunki ular bu ishda yordam qilyaptilar. Bezovchi xotin boshqa xotinlarning badanlariga naqsh soladi, ularni igna bilan yorib, yoriqning ostiga ko‘k bo‘yoq qo‘yadi, unga da’vat qiluvchi xotin boshqalarni ham bu gunohga tortadi.
542. Abu Juhayfa (r.a.) rivoyat qiladilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Ribo yeyuvchini, unga vakil qilingan kishini, badanga surat soluvchini, unga boshqalarni ham chaqiruvchilarni va musavvirlarni la’natladilar".
543. Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Banda molni haromdan topsa, so‘ngra uni sadaqa etsa, unga ajr olmaydi, nafaqa qilsa, barakasi bo‘lmaydi, o‘zidan keyin qoldirgani esa do‘zaxdagi azobini ziyoda qiladi. Albatta, Alloh taolo yomonlikni yomonlik bilan o‘chirmaydi, balki yaxshilik bilan yomonlikni o‘chiradi. Chunki nopok narsa nopoklikni ketkazmaydi".
Alloh taolo aytadi:

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish