Al-faqih abu lays as-samarqandiy


XXIII bob. G‘azabni yengmoq bobi hadislari



Download 3,59 Mb.
bet16/46
Sana24.06.2017
Hajmi3,59 Mb.
#14928
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   46

XXIII bob. G‘azabni yengmoq bobi hadislari
1. Abu Said Xudriy. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Albatta, g‘azab o‘tdan uchqundir...” Zaif*. Abdurazzoq (20720) va Ahmad (61-19/3).

2. Abu Said Xudriy. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “G‘azabdan saqlaningiz...” Zaif*. Oldingi hadisga qarang.

3. “Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: “Kim o‘ch olishga qodir bo‘lib...” Hasan*. Abu Dovud (4777) va Ibn Moja (4816).

4. Hadis. “Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilindi: “Kimda uch xislat bo‘lmasa...” Zaif, marfu’*. Ibn Abu Dunyo, “Al-hilm”da, Bayhaqiy “Ash- shu’ab”da (7423) Hasandan rivoyat qilib, “mursal” deyishgan.

5. Hadis. “Jabroil alayhissalomga Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Ey Jabroil! Bu oyatning tafsiri nimadir?” Mursal*. Ibn Jarir (10569) va Ibn

Kasir tafsiri (266/2) ga qarang.

6. Abu Hurayra. “Bir kishi Abu Bakr Siddiqni so‘kayotganida...” Hasan*. Ahmad (436/2) va Abu Dovud (4897) va “As-sahihat” (2376, 2231)

ga qarang.

7. Ibn Abbos. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Har bir narsaning sharafi bordir...” Mavzu*. Hokim (270,269/4).

8. Hadis. “Uhud jangida Payg‘ambarning (s.a.v.) tishlarini sindirishdi...” Sahih*. Muslim (2599/4).

9. Hadis. “Rasululloh aytdilar: “Kim musulmonlarni yomonlashdan tilini tiysa...” Zaif*. Ibn Abu Dunyo (21) Ibn Umardan.

10. Mujohid. “Payg‘ambar (s.a.v.) bir kuni to ko‘tarib...” Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (6114/4) Muslim (2609/4) Abu Hurayradan.

11. Hadis. “Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilishdi: “Qiyomat kunida nido qiluvchi nido qiladi...” Zaif*. Uqayliy, “Az-zuafo” (1498) va

Tabaroniy, “Al-avsat”.




XXIV BOB. TILNI SAQLASH
268. Abu Said Xudriy aytadi: «Bir kishi Payg‘ambar (s.a.v.) oldilariga kelib: «Ey Allohning elchisi, menga vasiyat qiling», dedi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Allohga taqvo qilgin. Chunki u barcha yaxshiliklarni jam qiluvchidir. Jiddu jahdni mahkam tutgin. Chunki u musulmonlarning (yoki «musulmonning», dedilar) rohibligidir». Va Allohning zikrini va Qur’on tilovatini qilgin. Chunki u senga yerda nur, osmonda zikrdir. Yaxshi- likdan boshqasidan tilingni saqlagin. Shu bilan shay-tonni yengasan».
Faqih aytadi: Payg‘ambarning (s.a.v.): «Allohga taqvo qilgin», degan so‘zlarining ma’nosi Alloh qaytargan ishlardan qaytish uchun Alloh buyurganlariga amal qilishdir. Agar taqvo qilsa, barcha yaxshiliklarni jam qilibdi. Endi «tilingni saqlagin», deganlarining ma’nosi faqat yaxshiliklardan gapirgin, g‘animatli bo‘lasan yoki jim yurgin, salomat bo‘lasan. Chunki salomatlik sukutdadir. Bilgin, inson shaytondan jim turishlik bilan g‘alaba qiladi. Musulmon shaytondan xoli qo‘rg‘onda bo‘lishi va Alloh uning avratini berkitishi uchun tilini saqlamog‘i lozim bo‘ladi.
269. Ibn Umar, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi: «Kim qulini ursa, kafforati uni ozod qilishlikdir. Kim tiliga podshoh bo‘lsa, Alloh uning uyat ishlarini berkitadi, kim g‘azabini yutsa, Alloh uni azobdan saqlaydi. Kim Allohdan uzr so‘rasa, uning uzrini qabul qiladi».
270. Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi: «Kim

Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan bo‘lsa, qo‘shnisi va mehmonini hurmat qilsin,

yaxshilikni gapirsin va jim tursin».
Faqih aytadi: Muhammad ibn Savqa Zohid dedi: «Sizlarga bir hadislarni aytayin, shoyadki, sizlarga ham foyda bersa, menga foyda berdi. Menga Ato ibn Abu Raboh aytdi: «Ey amakimning o‘g‘li, sizlardan oldingilar ortiqcha so‘zni yomon ko‘rardilar. Ular Allohning kitobi amri ma’ruf va nahiy munkar va hayotda yashash uchun kerak bo‘ladigan zarur so‘zlardan boshqa so‘zlarning hammasini ortiqcha deb hisoblar edilar».
Keyin aytdi:

«Allohning ushbu so‘zini inkor qilasizlarmi? «Holbuki, shak-shubhasiz, sizlarning ustingizda (qilgan har bir amalingizni) yod olib, yozib turguvchi ulug‘ (farishta)lar bordir» (Infitor, 10–11). Va yana:

«Zotan, o‘ng va chap (tomon)da o‘tirgan ikki qabul qilguvchi (yozib turguvchi farishta insonning aytgan va qilgan barcha yaxshi-yomon so‘z-amallarini) qabul qilib, yozib tururlar. U biron so‘zni talaffuz qilmas, magar (talaffuz qilsa)

uning oldida hoziru nozir bo‘lgan bir kuzatguvchi (farishta u so‘zni yozib olur(Qof, 17–18). Birontangiz kunning boshida yozilgan sahifasi ochilganda, undagi ko‘p amallari din va dunyo ishlaridan bo‘lmay, uyalib qolmaydimi?»
271. Anas ibn Molikdan rivoyat qilindi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «To‘rt narsa faqat taajjub bilan bo‘ladi. Sukut qilishlik, u ibodatning avvalidir. Tavozu’, Allohni zikr qilish va faqirligi ozgina bo‘lishi».
Bu lafz Iso alayhissalomdan ham zikr qilingan.
272. Abu Hurayradan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: Payg‘ambar (s.a.v.)

aytdilar: «Kishi musulmonligining go‘zalligi ma’nosiz so‘zlarni tark qilishligidir».


Luqmoni Hakimdan so‘raldiki: «Biz sizda ko‘rib turgan narsaga qanday yetdingiz?» deb. Aytdi: «Gapning to‘g‘riligi, omonatni ado etishlik va keraksiz so‘zlarni tark qilishlik bilan».
Abu Bakr ibn Iyyoshdan rivoyat qilindi. Aytdi: «To‘rt podshohning har biri bittadan kalima gapirishdi. Ular go‘yoki bir kamondan otilgan o‘qdek edi. Kisro aytdi: «Aytmagan so‘zimga pushaymon yemayman, aytgan so‘zimga pushaymon yeyman». Xitoy podshohi aytdi: «Gapirmagan gapimga men ega, gapirgan gapim esa, menga ega». Rum

podshohi dedi: «Men gapirmagan gapni rad qilishga gapirganimni rad qilishdan ko‘ra qodirroqman». Hind podshohi aytdi: «Ajabki, bir kishi bir kalimani gapirsa, u kalima og‘izdan chiqib, unga zarar beradi. Agar chiqmasa ham unga zarar bermasdi».


Rabi’ ibn Xusaymdan rivoyat qilindi: U kishi tong bo‘lsa, qog‘oz va qalamni olardi, hech narsa gapirmasdan faqat yozardi va yodlardi. Keyin kech bo‘lganda o‘zi bilan hisoblashardi.
Faqih aytadi: Bu ishlar zohidlarning amallaridan edi. Ular tilni saqlamoqlikni o‘z ustilariga yuklagan edilar va dunyoda o‘zlari bilan hisoblashardilar. Shuningdek, musulmon uchun oxiratda hisoblashmasdan oldin, bu dunyoda o‘zi bilan hisoblashmog‘i lozim bo‘ladi. Chunki dunyo hisobi oxirat hisobidan yengildir. Tilni saqlashlik oxiratdagi pushaymonlikdan dunyoda yengilroqdir.

Ibrohim Taymiydan rivoyat qilindi: «Menga bir kishi gapirib qoldi. U Rabi’ ibn Xusaym bilan yigirma yil birga bo‘lib, undan biron yomon gap eshitmagan ekan».


Muso ibn Said aytadi: Husayn ibn Aliga, Alloh ikkovlaridan rozi bo‘lsin, musibat yetib, u kishi o‘ldirildi, shunda Rabi’ning sahobalaridan biri: «Agar Rabi’ gapirsa, bugun gapiradi», dedi. Eshigining oldiga keldi va Xusaynning o‘ldirilgani xabarini u kishiga yetkazdi. U kishi shunda osmonga qarab, bu oyatni o‘qidi: «Ayting: Allohim, (ey) osmonlar va yerni ilk bor yaratgan Zot, (ey) g‘aybu shahodatni (ya’ni yashirin va oshkor narsalarni) bilguvchi zot, yolg‘iz o‘zinggina bandalaring o‘rtasida ular ixtilof qilib o‘tgan narsalar haqida hukm qilursan» (Zumar, 46). Rabi’ mana shundan boshqa hech narsa demadi.
Hakimlarning ba’zilari aytishdi: «Johil kishi olti xislat bilan bilinadi:

1. Behuda narsalarga g‘azab qilishlik, ya’ni Odam farzandiga g‘azab qilgandek, hayvonga yoki unga yomon ko‘ringan har narsaga g‘azab qiladi».

2. Foydasiz kalom. Oqil kishi o‘ziga foyda bermaydigan gaplarni gapirmaydi. Balki dunyo va oxirat ishlarida manfaat beradigan so‘zni sevadi.

3. Keraksiz joyga bermoq. Ya’ni molini ajr berishga noloyiq, uni berish mumkin bo‘lmagan joyga sarf qilishlik. Bu johillik alomatidandir.

4. Har kimning oldida sirini ochaverish.

5. Har insonga ishonaverish.

6. Do‘stni dushmandan ajrata olmaslik. Ya’ni, kishiga do‘stini topib, unga itoatda bo‘lmog‘i, dushmanini bilib, undan hazar qilmog‘i lozim bo‘ladi. Birinchi dushman shaytondir. Unga hech joyda bo‘ysunmaslik lozimdir.
Iso ibn Maryam alayhissalomdan rivoyat qilindi: «Har bir kalomda Allohning zikri bo‘lmasa, u bekordir. har qanday sukutda fikrlash bo‘lmasa, u g‘aflatdir. Har bir qarashda ibrat bo‘lmasa, u behudadir. Kalomida Allohning zikri, sukutida fikrlash va qarashida ibrat bo‘lgan kishiga qanday yaxshi».
Avzoiy aytadi: «Mo‘min kalomini kamaytiradi va amalini ko‘paytiradi. Munofiq kalomni ko‘paytirib, amalni kamaytiradi».
273. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilarki: «Besh narsa munofiqda bo‘lmaydi, dinni bilishlik, til bilan taqvo qilish, yuzida tabassumlik, qalbida nurlik va musulmonlarni yaxshi ko‘rish».
Yahyo ibn Aksam aytdi: «Kishining gapirgan gapi salohiyatli bo‘lsa, boshqa amallaridan ham bilinadi. Agar gapirgan gapi fasodli bo‘lsa, boshqa amallarida ham bilinadi».
Luqmon Hakim o‘g‘liga aytdi: «Ey o‘g‘ilginam, kim yomonlik egasining suhbatida bo‘lsa, omon bo‘lmaydi, kim yomonlik kiradigan joyga kirsa, tuhmatlanadi va kimki tiliga egalik qilmasa, pushaymon yeydi».
274. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilindi: «Tiliga egalik qilgan, uyidan tashqariga chiqmagan va xatosiga yig‘lagan kishiga naqadar yaxshi».
Faqih aytdi: Otam Hasan Basriydan gapirdi: «Hakimning tili yuragining orqasidadir. Agar gapirmoqlikni xohlasa, yuragiga qaraydi, mabodo unda yaxshilik bo‘lsa, gapiradi. Agar

birovning zarariga bo‘lsa, gapirmaydi. Johilning yuragi tilining atrofidadir, u yuragiga qaramaydi. Tiliga nima kelsa gapiraveradi».


275. Abu Zarr G‘iforiy aytdi: «Ey Allohning elchisi, Ibrohimning sahifalarida nima bor?» Aytdilarki: «Unda misollar va ibratlar bordir. Aqliga yengilmagan kishiga tilini

saqlamog‘i, zamonini bilmog‘i va o‘z ishiga yuzlangan bo‘lmog‘i lozim bo‘ladi. Chunki kim so‘zini amalidan hisob qilsa, foyda beradigan joydan boshqasida so‘zini kamaytiradi».


276. Ali ibn Abu Tolib aytdi: «Payg‘ambardan (s.a.v.) eshitdim, ul kishi bu so‘zlarni aytdilar: «Oqil kishi uchun uch narsaga diqqat bilan qaramog‘i lozim bo‘ladi:
Yashashni hurmat qilmog‘i. Oxirati uchun yolg‘iz bo‘lmog‘i. Harom bo‘lmagan narsalardan lazzatlanish».
Aytdilar: «Oqil kishi uchun kuni to‘rt soat bo‘lmog‘i lozim bo‘ladi: bir soatida Rabbiga murojaat qilmog‘i, bir soatida o‘zining nafsi bilan hisoblashmog‘i, bir soatida din va dunyo ishida yo‘l ko‘rsatadigan va nasihat qiladigan ilm ahliga kelmog‘i, bir soatida o‘zi va lazzatlari o‘rtasida yolg‘iz qolmog‘i».
Aytdilar: «Oqil kishi uchun o‘z ishiga qaramog‘i, zamon ahlini bilmog‘i, farjini va tilini saqlamog‘i lozim bo‘ladi».

Faqih aytadi: «Bu kalimalar Dovud oilasi hikmatlarida yozilgan.


Anas ibn Molikdan rivoyat qilindi, Alloh undan rozi bo‘lsin, «Luqmoni Hakim Dovud alayhissalomning oldilariga kirganida, Payg‘ambar alayhissalom sovut yasab o‘tirgan edilar. Bu ko‘rgan narsasidan ajablanib so‘ramoqchi bo‘libdi. Bundan hikmati qaytaribdi. Nafsini tiyib so‘ramabdi. Dovud alayhissalom ishidan bo‘shab, sovutni kiyibdilar. Keyin:

«Bu sovut urush uchun nechog‘lik yaxshi. Uni yasovchi ham qanday yaxshi!» debdilar. Shunda Luqmoni Hakim: «Jim turishlik hikmatdir va unday qiluvchilar ozchilikdir», dedi».


Shoir aytdi:

Ilm – ziynat, jim turishlik omonlikdir,

Gar gapirsang, ko‘p so‘zlovchi bo‘lma, tek tur, Gar jim turib bir marta bo‘lsam pushaymon,

Ko‘p so‘zlasam gar, ko‘p marta bo‘ldim pushaymon.
Ba’zilar aytdilar: Yigit tilining toyilishidan o‘ladi, oyog‘ining xatosidan emas. Tili bilan bo‘lgan xatosi uni boshi bilan uloqtiradi. Oyog‘i bilan bo‘lgan xatosi asta-sekin tuzaladi.
Hakimlarning ba’zilari aytdilar: «Jim turishlikda yetti ming yaxshilik bordir. Uning hammasi yetti kalimada jam bo‘ladi. Har kalimada ming yaxshilik bordir:

1. Jim turishlik charchog‘i yo‘q ibodatdir.

2. Bezaksiz ziynatdir.

3. Davlatsiz haybatdir.

4. Devorsiz qo‘rg‘ondir.

5. Birovlarga uzr aytishdan behojatlikdir.

6. Yaxshilik va yomonlik amallarini yozuvchi farishtalarga rohatdir.

7. Ayblari uchun berkituvchi va aytilganda jim turishlik olim uchun ziynat, johil uchun

satrdir (pardadir)».
Hakimlarning ba’zilari aytdilar: «Inson jasadi uch bo‘lakdir; bir bo‘lagi – qalbi, ikkinchisi

– tili, uchinchisi – a’zolari. Alloh taolo har bir bo‘lakni karomat bilan ikrom qildi. Qalbini o‘zini tanishlik va tavhid bilan ikrom qildi. Tilini «La ilaha illalloh» va kitob tilovat qilish bilan ikrom qildi. A’zolarni namoz, ro‘za va boshqa toatlar bilan ikrom qildi. Har bir bo‘lagiga kuzatuvchi va saqovchini vakil qilib qo‘ydi. Qalbini saqlashga Alloh o‘zi ega bo‘ldi. Uning ichida nima borligini Allohning o‘zidan boshqa hech kim bilmaydi. Tiliga farishtalarni vakil qildi. Alloh taolo aytadi: «U biron so‘zni talaffuz qilmas, magar talaffuz qilsa, uning oldida hoziru nozir bo‘lgan bir kuzatuvchi (farishta u so‘zni yozib olur)» (Qof, 18).

A’zolariga buyruq va qaytarishni boshqaruvchi qilib qo‘ydi.
Keyin har bo‘lakka vafo qilishni xohladi. Qalbining vafosi – iymonda sobit bo‘lmog‘i va hasad, xiyonat va makr-hiyla qilmasligi. Tilning vafosi g‘iybat qilmasligi. A’zolarining vafosi Allohga gunoh qilmasligi va musulmonlardan hech kimga aziyat bermasligidir. Kim qalbdan ketsa, munofiq, tildan ketsa, kofir, a’zolaridan ketsa, osiy bo‘ladi.
Hasan aytdi: Umar ibn Xattob bir yigitga qarab aytdi: «Ey yigit, agar uch yomonlikdan saqlansang, yigitlikning yomonligidan saqlanasan, bular: tilingning, farjingning va qorningning yomonligidir».
Zikr qilindi: Luqmoni Hakim habashiy qul edi. U kishidan birinchi hikmatning ko‘rinishi mana bu holda yuz bergan edi. Bir kuni xo‘jayini: «Ey g‘ulom, bizga bu qo‘yni so‘yib, eng mazali ikki joyidan keltirgin», dedi. U kishi qo‘yni so‘yib, yuragi bilan tilini olib kelibdi. Keyin yana bir marta: «Bu qo‘yni so‘yib, eng yomon joyidan keltirgin», dedi. U kishi qo‘yni so‘yib, yana yuragi bilan tilini keltirdi. Buning sababini so‘radi. Luqmoni Hakim aytdi: «Jasadda bu ikki parcha go‘shtdan shirinrog‘i yo‘q, agar ikkovi yaxshi bo‘lsa. Agar yomon bo‘lsa, ikkovidan yomonroq narsa yo‘q!»
277. Payg‘ambar (s.a.v.) Maoz ibn Jabalni Yamanga jo‘natayotganda Maoz: «Ey Allohning payg‘ambari, menga vasiyat qiling», dedi. Shunda Payg‘ambar (s.a.v.) tillariga ishora qildilar, ya’ni tilingni saqlagil, degandek. Maoz buni oson sanab: «Ey Allohning elchisi, vasiyat qiling», dedi. «Onang seni yo‘qotib qo‘ysin. Odamlarning yuzlari bilan do‘zaxga tushishlariga sabab tillarining yomonligidandir», dedilar Rasululloh (s.a.v.).
Hasan Basriy aytdi, Alloh undan rozi bo‘lsin: «Kimning so‘zi ko‘paysa, xatosi ko‘payadi; kimning moli ko‘paysa, gunohi ko‘payadi; kimki xulqini yomon qilsa, o‘ziga azob beradi».
Sufyon Savriydan rivoyat qilindi. Aytdi: «Menga kamonning o‘qini otgani tili bilan otgandan yaxshiroqdir. Chunki tilining otgani xato qilmaydi, o‘qni otsa gohida xato ketadi».
278. Abu Said Xudriydan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi. U kishi aytdi: «Tong otsa, odamning hamma a’zolari tilga aytishar ekan: «Ey til, Allohga qasam ichib sendan yolvorib so‘raymiz, to‘g‘ri bo‘l. Chunki, sen to‘g‘ri bo‘lsang, biz to‘g‘ri bo‘lamiz, agar qiyshaysang, biz ham qiyshayamiz».

Abu Zarr G‘iforiydan rivoyat qilindi, Alloh undan rozi bo‘lsin. U kishi Ka’ba oldiga kelib:

«Ogoh bo‘linglar! Kim meni bilsa, bilibdi. Kim bilmasa, bilsin. Men Jundub ibn Janodah G‘iforiy Abu Zarrman. Sizlarga nasihat qilguvchi, mehribon birodaringiz oldiga kelinglar», dedi. Odamlar u kishining oldiga to‘plandilar. Shunda u kishi: «Ey odamlar, kimki sizlardan dunyo safarini xohlasa, unga kerakli narsalar bilan chiqadi. Inson oxirat

safarini xohlasa-yu, qanday qilib narsasiz chiqsin?» dedi.

Odamlar: «Ey Abu Zarr, bizning zodimiz (yo‘lda kerakli narsalar va oziq-ovqat)

nimadir?» deyishdi.


Abu Zarr aytdi: «Qorong‘u kechada qabr azobining qo‘rqinchi uchun ikki rak’at namoz o‘qish, qattiq issiqda tirilish kuni uchun ro‘za tutish, miskinlarga sadaqa berishlikki, shoyad, sizlar qiyin kunning azobidan najot topsalaringiz. Haj esa ishlarning ulug‘idir.
Dunyoni ikki o‘rin qilinglar. Bir o‘rin – dunyo talabidagi o‘rin, ikkinchi o‘rin – oxiratning talabidagi o‘rin. Uchinchisi zarar beradi, foyda bermaydi.
So‘zni ikki kalima qilinglar. Bir kalima dunyo ishlaringizda foyda beradigan, qolgan kalima oxirat ishlaringizda yordam beradiganidir. Uchinchisi zarar beradi, foyda bermaydi.
Molni ikki dirham qilinglar. Bir dirhamini oilangizga infoq qiling va bir dirhami o‘zingizga

(ya’ni infoq qilib, oxiratingizga sarflang). Uchinchisi zarar qiladi, yordam bermaydi».


Keyin: «O, oh-h!» deb chuqur xo‘rsindi. «Men topmagan kunning g‘ami meni o‘ldirdi». Aytishdiki: «U nimadir?» «Mening orzularim ajalimdan ortib ketdi».
Iso ibn Maryamdan (alayhissalotu vassalom) zikr qilindi: «Allohning zikridan boshqa o‘rinda ko‘p so‘zni ko‘paytirmanglar. Qalbingizni qattiq qiladi. Toshbag‘ir yurak Allohdan uzoq bo‘ladi va lekin bilmaysizlar». Yana u kishidan: «Arboblarga o‘xshab, odamlarning gunohiga qaramangizlar, lekin bandaga o‘xshab o‘zlaringizning gunohlaringizga qarangizlar. Albatta, odamlar afv qilinganlar va balolanganlardir (baloga giriftor bo‘lganlardir). Allohga ofiyati uchun hamd aytinglar. Balolanganga rahm qilinglar»

U zotning sahobalaridan ba’zilari aytishdi: «Agar qalbingda qattiqlikni va badaningda zaiflikni, rizqingda ozgina mahrumlikni ko‘rsang, bilginki sen keraksiz, ortiqcha gaplarni gapirgansan».


XXIV bob. Tilni saqlash bobi hadislari
1. Abu Said Xudriy. “Bir kishi Payg‘ambar (s.a.v.) oldilariga kelib...” Zaif*. Tabaroniy. “As-sag‘ir” (949) va Asbahoniy “At-targ‘ib” (1363).

2. Atiya. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Mo‘minlar yumshoq va yengil bo‘ladilar...” Sahih*. Ahmad, “Az-zuhd” (463-bet) va Abu Na’im “Al- xulya” (180/5), Ibn Muborak, “Az-zuhd” (38), Bayhaqiy, “Ash-shu’ab” (8128).

3. Ibn Umar. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kim qulini ursa...” Sahih*. Muslim (1657).

4. Abu Hurayra. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kim Allohga iymon keltirsa...” Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (6018/10) va Muslim (47).

5. Anas ibn Molik. «Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «To‘rt narsa mo‘min kishida bo‘ladi...» Mavzu’*. Tabaroniy, «Al-kabir» (37/1), Hakim

(3114), Bayhaqiy, «Ash-shu’ab» (4982).

6. Abu Hurayra. «Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Kishida Islomning go‘zalligi...» Sahih*. Termiziy (2317), Ibn Moja (3976) va Ahmad (201/1).

7. Hadis. «Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Besh narsa munofiqda bo‘lmaydi...» Sahih*. Termiziy (2317) va «As-sahihat» (278).

8. Hadis. «Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Tiliga egalik qilgan...» Hasan*. Tabaroniy «Al-avsat va as-sag‘ir» (212).

9. Abu Zarr G‘iforiy. «Otam Abu Zarr G‘iforiyga isnodi boradigan hadisni aytdilar...» Zaif*. Ibn Hibbon (94), Abu Na’im, «Al-xulya» (166/1).

10. Ali ibn Abu Tolib. «Payg‘ambardan (s.a.v.) dan eshitdim...» Isnodi zaif*.

11. Hadis. «Payg‘ambar (s.a.v.) Maoz ibn Jabalni Yamanga jo‘natganda...» Sahih*. Ahmad (237,231/5) va Termiziy (2661), Ibn Moja (3973).

12. Abu Said Xudriy. «Tong otsa odamning hamma a’zolari tilga aytishar ekan...» Hasan*. Ahmad (96/3), Termiziy (2407) va Bayhaqiy,

«Ash-shu’ab» (4945).



XXV BOB. HIRS VA UZUN ORZU
Abu Dardo (roziyallohu anhu) aytadi: «Nimagadir olimlaringizning ketyaptiyu, johillaringiz ta’lim olmayaptilar. Ilm ko‘kka burilib ketmasdan oldin ilmni egallab olinglar. Sizlarga ishonib topshirilgan narsani zoe’ qilyapsizlar. Men sizlarning yomonlaringizning otlarini, hamma a’zolarini bilib, zo‘r davolaydigan tabibdan yaxshi bilaman. Ular zakot ado qilishmaydi. Magar qarzning evaziga ado qilishadi. Namozlarini oxirgi vaqtdagina o‘qiydilar va Qur’onning odobidan tashqari eshitadilar va qo‘llarini ozod qilmaydilar».
Faqih aytdi: Hirs ikki ko‘rinishida bo‘ladi: yomon hirs, yomon bo‘lmagan hirs. Uni tashlashlik afzaldir. Yomon hirs: U Alloh taolo buyurgan ishlardan boshqasi bilan shug‘ullanib qol-mog‘idir. Molni ko‘paytirish yoki ko‘paygan molidan faxrlanish uchun yig‘adi. Yomon bo‘lmagan hirs: Alloh taoloning buyruq-laridan lozimlarini tark etmasligidir: molni yig‘ishni u bilan faxrlanishni xohlaydi. Bu yomon bo‘lmagan hirsdir. Chunki Payg‘ambar (s.a.v.) sahobalarining ba’zilari dunyoni (molni) yig‘ar, jam qilardilar. Payg‘ambar (s.a.v.) ularga munkir bo‘lmadi. Agar ular tark qilsa, afzaldir. Chunki uni tark qilishi afzal ekanligi ravshan bo‘ldi.
Abu Dardo, Alloh undan rozi bo‘lsin, bu xabarda ravshan qildiki, hirs qilishlik yomon, vaqtiki Allohning amrlari zoe’ bo‘lsa. Chunki aytdi: «Alloh sizlarga taklif qilmagan narsalarga hirs qilasizlar. Ya’ni rizqlaringizda, uni talab qilishda hirs qilasizlar va sizlarga ishonib yuklatilgan narsani zoe’ qilasizlar, ya’ni toat ishini».
«Qullarni ozod qilmaydilar», degan so‘zning ma’nosi: qullarni ishlatgan kabi hurlarni ham ishlatadilar, dunyoga hirs qilib.
Aytdilar: Hafsa onamiz otalari Umarga, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: «Ey ota, Alloh taolo sizga yaxshilikni ko‘p qildi va rizqingizni keng qilib berdi, yaxshi ovqatlaringizdan yemaysizmi? Yumshoq, yaxshi kiyimlaringizni kiymaysizmi?»
Umar, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: «Yaqinda o‘zingga hukm chiqarasan». Keyin Payg‘ambarda nima bo‘lgan bo‘lsa, eslatdi. U yerda yana Hazrati Alining qullari va Umarning, Alloh undan rozi bo‘lsin, xotinlari Ruqiya ham bor edi. bularni eshitgandan keyin ikkovlari ham yig‘lab yuborishdi. Keyin aytdi: «Mening ikki sohibimning yo‘llari shu edi. Agar men ikkovi yurgan yo‘ldan boshqasidan yursam, ikkovining yo‘lidan boshqa yo‘lga kirgan bo‘laman. Mening Allohga qasamimki, ulardek yashashga sabr qilaman. Shoyadki men ikkovlari bilan birga rohatlik hayotni topa olsam».
Masruq aytdi: Oyisha onamizga, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdim: «Ey onajon, Payg‘ambar (s.a.v.) uyga kirganlarida qaysi gapni ko‘p aytardilar?» Dedilar: «Uyga kirayotganda eng ko‘p aytadigan so‘zlari: «Agar odam farzandiga ikki vodiy to‘la tilla bo‘lsa ham, uchinchisini xohlaydi. Odam farzandining ichi tuproq bilangina to‘ladi. Alloh, kim tavba qilsa, tavbasini qabul qiladi va Alloh taolo bu dunyoni (molni) namozni ado qilishlik uchun va zakotni ado qilishlik uchun beradi».
280. Anas ibn Molik, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambardar (s.a.v.) rivoyat qildi:

«Odam farzandida hamma narsa qariydi, lekin hirs va orzu-istak qarimaydi».


Ali ibn Abu Tolibdan rivoyat qilindi, Alloh undan rozi bo‘lsin. Aytdilar: «Sizlardan men

qo‘rqadigan xavfliroq ikki narsa bor: uchun orzu va havoga ergashishlik. Uzun orzu oxiratni unuttiradi. Havoga ergashishlik haqdan to‘sadi».


281. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Men dunyoga mukkasidan ketganga, unga hirslik bo‘lganga va unga baxillik qilganga boyilmas faqirlik, bo‘shalmas mehnat va g‘am tushishiga kafilman».
Abu Dardodan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: U kishi Xums ahliga boshliq bo‘lgan edi. Aytdi: «Saxiylik qilmaysizlarmi? O‘zlaringiz o‘tirmaysizlar-u, uy qurasizlar. Topmagan narsalaringizni orzu qilasizlar. Sizlardan oldingilar uylar qurishgandi, ko‘p mol jamlagandilar, uzun orzu qilardilar. Ularning maskanlari qabrlarga aylandi. Orzulari o‘ylaganlaridek bo‘lib chiqmadi va yiqqanlarining hammasi halok bo‘ldi».
Ali ibn Abu Tolib Umar ibn Xattobga, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: «Agar birodaringizga uchramoqni xohlasangiz, kuylagingizni yamoqli qiling, etigingizni tikib kiying. Orzularni kamaytiring va to‘ymasdan ovqat yeng».
Abu Usmon Hindiy aytadi: «Umarning, Alloh undan rozi bo‘lsin, o‘n ikki yamoq ko‘ylagida, xutba o‘qiyotgan-larini ko‘rdim».
Ali ibn Abu Tolib bozorga kirdi. U kishi qo‘pol kiyinib olgan edi. Aytishdiki: «Ey mo‘minlarning amiri! Bundan yumshoqroq kiyim kiysangiz-chi?» Aytadi: «Bu yurak uchun tavozu’lidir va solihlarning shioriga o‘xshaydi. Mo‘minlar uchun iqtido qilmog‘i yaxshiroqdir».
Abu Zarr G‘iforiy aytdi: «Men odamlarni hayvonlarning tabibidan ham ko‘ra yaxshi bilguvchiman. Ammo ularning yaxshisi zohidlardir. Ammo ularning yomonlari dunyodan kifoya qiladigandan ham ko‘p olgan kimsalardir».
Hakimlarning ba’zilari aytishdi: «Xatolarning onalari uch narsadir: hasad, hirs va kibr. Kibrning asli iblisdandir. U takabburlik qilgan vaqtda sajda qilmoqdan bosh tortdi. So‘ngra la’natlandi. Ammo hirs Odam alayhissalomdan edi. Unga aytilgan edi:

«Jannatning hammasi senga ijozatdir, faqat bu daraxtga yaqinlashma». Uni hirs ko‘tarib, daraxt mevasidan yemoqlikka undadi va jannatdan haydatdi. Hasadning asli Odamning o‘g‘li Qobildan edi. Ukasini o‘ldirgan vaqtda kofirga aylandi va uning joyi abadiy do‘zax bo‘ldi».


Zikr qilindi: Odam alayhissalom o‘g‘li Shis alayhissalomga besh narsani vasiyat qildi. Shis alayhissalom ham o‘g‘illariga vasiyat qilishni buyurdi, birinchisi, «Bolalaringga aytgin, dunyo bilan xotirjam, oromli bo‘lib qolmasin. Chunki men abadiy jannat bilan xotirjam bo‘lib qoldim, Alloh mendan rozi bo‘lmadi va jannatdan chiqardi». Ikkinchisi:

«Xotinlaringizning havosiga amal qilmangizlar. Men xotinimning havosiga amal qilib, man’ qilingan daraxtning mevasidan yedim va pushaymon bo‘ldim». Uchinchisi: «Qaysi amalni qilsangiz, oqibatini o‘ylang. Agar, men qilayotgan ishimning oqibatiga qaraganimda, menga yetgan bunday tushkunlikka tushmasdim». To‘rtinchisi: «Agar qalblaringiz biron narsa bilan iztirob cheksa, undan saqlaningizlar. Men daraxt mevasidan yeyayotgan vaqtimda qalbim iztirob chekdi. Lekin undan qaytmadim va pushaymonga qoldim». Beshinchisi: «Ishlaringizda maslahatlashingizlar. Agar men maloikalar bilan maslahatlashganim-da, (menga yetgan) bunday qiyin ahvolga tushib

qolmasdim».
Shaqiq Balxiydan rivoyat qilindi, Alloh undan rozi bo‘lsin. Aytdi: «Ilmimdan to‘rt ming hadis chiqardim, to‘rt ming hadisdan to‘rt yuztasini chiqardim va to‘rt yuztasidan qirqtasini chiqardim va qirqtasidan to‘rttasini chiqardim.
Bu to‘rttasi ushbulardir:

Birinchisi, qalbingni xotiningga bog‘lama. Chunki u bugan seniki bo‘lsa, ertaga boshqaniki bo‘lishi mumkin. Agar unga itoat qilsang, do‘zaxga kirgizadi.

Ikkinchisi, qalbangni molingga bog‘lama. Chunki mol yalang‘ochdir. Bugun seniki bo‘lsa, ertaga boshqanikidir. Agar molga qalbing bilan bog‘lansang, Allohning haqqidan man’ qilib qo‘yadi. Va senga faqirlik qo‘rqinchi kiradi va shaytonga ishoat qilasan.

Uchinchisi, qalbingda to‘planib qolgan narsalarni tashlagin. Chunki mo‘minning qalbi shohid o‘rnidir. Shubha oldida iztirob chekadi. Haromdan qochadi va halollik oldida turadi.

To‘rtinchisi, javobini yechmaguncha, bir narsaga amal qilmagin».
282. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar «Dunyoda go‘yoki g‘arib bo‘lgin yoki yo‘ldan o‘tuvchi

(o‘tkinchi) bo‘lgin va o‘zingni ahli quburlardan sanagin».


Mujohid aytdi: Abulloh ibn Umar menga dedi: «Agar tong ottirsang, nafsingga kechqurungacha yashayman demagin, agar kechasida bo‘lsang, nafsingga ertalabgacha yashayman demagin. Kasal bo‘lmasingdan oldin sog‘ligingni g‘animat bilgin. Albatta, sen ertaga isming nima ekanligini bilmaysan (o‘limmi yo hayotmi)».
Faqih aytadi: Kim orzularni kamaytirsa, qisqa qilsa, Alloh taolo to‘rt xil karomatlar bilan hurmat qiladi;

Birinchisi, toatda kuchli qiladi. Chunki banda yaqinda o‘limini bilsa, unga yuzlanadigan noxush narsalarga ahamiyat bermaydi. Toatlarda ko‘p harakat qiladi va amallarni ko‘paytiradi.

Ikkinchisi, g‘amlarini kamaytiradi, chunki yaqinda o‘li-shini bilsa, ro‘baro‘ kelgan karohiyatlarni o‘lim sanamaydi.

Uchinchisi, ozi bilan rozi bo‘ladi. Chunki yaqinda o‘limini bilsa, ko‘p narsani talab qilmaydi. Uning g‘ami faqat oxirat g‘ami bo‘ladi.

To‘rtinchisi, uning qalbini nurli qiladi.
Aytildi: «Qalbing nuri to‘rt narsadir:

Birinchisi, och qorin (ro‘za). Ikkinchisi, solih do‘st. Uchinchisi, o‘tgan gunohlarni eslash. To‘rtinchisi, qisqa orzu. Albatta, kimki orzuni ko‘p qilsa, to‘rt narsa bilan azoblanadi. Birinchisi, itoatlardan dangasa bo‘ladi. Ikkinchisi, dunyoda g‘amlari ko‘payadi. Uchinchisi, mol yig‘ishga haris bo‘ladi. To‘rtinchisi, qalbi qattiq bo‘ladi.


Qalbning qattiq bo‘lishi to‘rt narsadan: Birinchisi, to‘lib qolgan qorin. Ikkinchisi, yomon do‘stning suhbati. Uchinchisi, o‘tgan gunohlarni unutish. To‘rtinchisi, uzun orzular».
Musulmon kishi orzuni qisqa qilishi lozim bo‘ladi. chunki u qaysi nafasda va qaysi qadamda o‘lishini bilmaydi. Alloh taolo aytdi:

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish