Hujayralarnining umumiy tuzilishi. - Hujayralarnining umumiy tuzilishi.
- Tuzilishi , kelib chiqishi va funksiyasi bir-biriga o`xshash bo`lgan hujayralar to`plami to’qima deb ataladi. Organizmdagi hamma to`qimalar 4 guruhga bo`linadi (2-sxema).
-
-
-
- Tiriklikning eng kichik birligi hujayra hisoblanadi. Hujayralar shakli, tashqi, ichki tuzilishi va bajaradigan funksiyasiga ko'ra bir-biridan farq qiladi. Hujayralar sharsimon, duksimon, prizmasimon, kubsimon va boshqa shakllarda bo’lib, hajmi 5-10 mikrondan 100 mikrongacha bo’ladi. Hujayrani o’rganuvchi fan sitologiya deyilib, uning ma’lumotlariga ko’ra odam hujayrasining o'rtacha vazni 10-7 dan 10-5 gacha bo'ladi.
- Har bir hujayra membrana (parda), sitoplazma, yadro va hujayra organoidlaridan tashkil topgan.
- Hujayra membranasi 3 qavat tuzilishga ega, har biri taxminan 25 A0 qalinliklarda bo’ladi. Hujayra membranasi tashqi va ichki muhit orasidagi moddalar almashinuvini boshqaradi, hamda turli ionlarni tanlab o'tkazish xususiyatiga ega.
- Hujayra organoidlariga maxsus tuzilishga ega bo'lgan va ma'lum bir funksiya bajaradigan tuzilmalar kiradi. Ular endoplazmatik to'r, ribosoma, Golji kompleksi, mitoxondriya, lizosoma, hujayra markazi va hokazolar.
- Endoplazmatik to'r juda ko'p naycha, pufakcha, vakuolalar, donachalarni hosil qilgan membranadan iborat bo’lib, asosiy funksiyasi oqsil, uglevodlar, yog’ va yog’li gormonlar sintezlanishida qatnashishidan iborat.
- Ribosomalar oqsillar sintezida ishtirok etuvchi hujayra organoidi hisoblanadi. Voyaga yetgan eritrositlarda ribosomalar bo'lmaydi.
- Golji kompleksi qo'sh qavat membrana bilan qoplangan yirik vakuolalar va mayda pufakchalardan iborat. Endoplazmatik to’rda sintezlangan moddalar Golji kompleksiga keladi. Bu yerda konsentrasiyalanib, ma'lum shaklga kirib tashqariga chiqarish uchun tayyorlanadi yoki hujayraning o'zida sarflanadi. Shuningdek uglevodlar sintezida, lizosomalar va hujayra membranalarini hosil bo’lishida ishtirok etadi.
- Mitoxondriyalar tayoqchasimon, donador, ipsimon shaklda bo'lib, hajmi 0,5 mkm, uzunligi 7 mkm gacha. Ular fermentlar va vitaminlarga boy bo’lib, soni 50-500 mingtagacha yetadi va ikki qavat membrana bilan o'ralgan. Mitoxondriyalar hujayrani energiya bilan ta'minlovchi ko'pgina kimyoviy reaksiyalarda ishtirok etadi.
- Lizosomalar bir qavat membranaga ega bo'lgan va hajmi 0,2-0,8 mkm keladigan tuzilmalardir. Lizosomalarda oziq moddalarni parchalaydigan 40 ga yaqin gidrolitik fermentlar saqlanadi.
- Hujayra markazi ikkita sentrioladan iborat bo'lib, yadroning yaqinida joylashadi. Sentriolalarning har biri 9 ta mikronaychadan tuzilgan. Hujayraning bo'linishida bo'linish dukini hosil qiladi.
- Yadro sitoplazmadan membrana orqali ajralib turadi. Membranada teshiklar bo'lib, shu teshiklar orqali sitoplazma va yadro o'rtasida moddalar almashadi. Membrananing ostida yadroning yarim suyuq qismi-yadro shirasi bor. Unda xromosomalar va yadrochalar joylashadi. Yadrochalar dumaloq, to'q bo'yaluvchi tanacha bo'lib, unda ribosomalar sintezlanadi. Xromosomalar organizmning o'ziga xos bo'lgan barcha biologik belgilarini irsiy yo'l bilan nasldan naslga o'tkazadi. 1888 yilda nemis olimi V. Valdeyer aniqlab, ularni xromosomalar deb atagan. Xromosoma grekcha so`z bo`lib, “xromos”– bo`yoq, rang “soma” tanachalar deb atagan. Xromasomalar organizmning o`ziga xos bo`lgan barcha biologik belgilarini irsiy yo`l bilan nasldan-naslga o`tkazadi. U oqsillar va nuklein keotalarining yirik molekulalaridan tashkil topgan.
Bolalarda o’sish va rivojlanish jarayoni - Bolalarda o’sish va rivojlanish jarayoni
Do'stlaringiz bilan baham: |