mahalla Mahalla — Oʻzbekistonda maʼmuriy-hududiy birlik; oʻzini oʻzi boshqarishning o‘zbek xalqining anʼanalari va qadriyatlariga xos boʻlgan usuli. Mahalla atamasi arabcha so’z boʻlib, „oʻrin-joy“ degan maʼnoni anglatadi. U turli mintaqalarda mahallot (joy), guzar, jamoa, elat, elod nomlarda atalib kelingan. Adabiyotlarda Mahallalarning koʻp ming yillik tarixga ega ekanligi haqida maʼlumotlar uchraydi. Masalan, Narshaxiy oʻzining „Buxoro tarixi“ asarida Buxoroda bundan 1100 yil ilgari bir qancha mahallalar boʻlganini qayd etib oʻtgan. Mahallaning asosiy vazifalari: marosimlarni birgalikda oʻtkazish, oʻz hududini batartib saqlash va obodonlashtirish, yosh avlodni ijtimoiy ruhda tarbiyalash, jamiyat hayotida tartib saqlanishini taʼminlash, barcha anʼanaviy meʼyorlarning bajarilishi ustidan nazorat oʻrnatish, urf-odatlarga rioya qilish va ularni buzgan, jamoat majburiyatlaridan boʻyin tovlaganlarni jazolashdan iborat boʻlgan. Mahalla rahbariyati ariq-hovuzlarni tozalash, koʻchalar, yoʻllar qurish va Mahalla obodonchiligi bilan bogʻliq boshqa jamoat ishlarini uyushtirganlar. Bu ishlarning barchasi birgalikda hashar yoʻli bilan amalga oshirilgan. Mahallaning asosiy vazifalari: marosimlarni birgalikda oʻtkazish, oʻz hududini batartib saqlash va obodonlashtirish, yosh avlodni ijtimoiy ruhda tarbiyalash, jamiyat hayotida tartib saqlanishini taʼminlash, barcha anʼanaviy meʼyorlarning bajarilishi ustidan nazorat oʻrnatish, urf-odatlarga rioya qilish va ularni buzgan, jamoat majburiyatlaridan boʻyin tovlaganlarni jazolashdan iborat boʻlgan. Mahalla rahbariyati ariq-hovuzlarni tozalash, koʻchalar, yoʻllar qurish va Mahalla obodonchiligi bilan bogʻliq boshqa jamoat ishlarini uyushtirganlar. Bu ishlarning barchasi birgalikda hashar yoʻli bilan amalga oshirilgan. Mahalla kichik maʼmuriy hudud boʻlishi bilan birga, turmush tarzi, qadriyatlar, anʼanalar, urf-odatlar umumiyligi bilan bogʻlangan kishilar jamoasi birligidir. Tarixning turli bosqichlarida davrlar, tuzumlar oʻzgarishiga qarab Mahallaning vazifalari ham oʻzgarib turgan. Hozirgi paytda mahallalarning bozor iqtisodiyoti qonunlari asosida, oʻz faoliyatlarini tashkil etishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratildi. Ular, toʻy-maʼraka marosimlarini oʻtkazish, hasharlar uyushtirish, oilaviy nizolarni bartaraf etish, bemorlar holidan xabar olish ishlari bilan shugʻullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |