Yiringli omfalitda
kindik yarasi nam lanadi, atrofidagi teri
yallig‘lanib, qizarib yiring chiqa boshlaydi (teri shishadi, qizaradi).
Bola bezovtalanadi, nafas olishi va tomir urishi tezlashadi, harorati
ko‘tariladi.
Sepsis
yangi tug‘ilgan chaqaloqda eng og‘ir asorat qoldiradigan
yuqumli kasallik hisoblanadi. Bunda doimiy yoki vaqt-vaqti bilan
bakteriyalar qonga o ‘tadi. Butun badanga yoyiladi, xatar kuchayadi,
chaqaloqda kasallikka qarshi kurashish kuchlari pasayadi. Chala
tugMlgan chaqaloqlar orasida sepsis tez-tez uchrab turadi. Odatda,
sepsisning paydo bo‘lishi chaqaloq 2—3 haftaligiga to ‘g‘ri keladi.
Bolaning um um iy ahvoli yom onlashadi, harorati ko‘tariladi,
ko'kim tir shishlar paydo bo ‘ladi va taxikardiya namoyon bo'ladi,
nafas olish tezlashadi, og'ir behushlik holati kuchayadi, natijada
bola nobud bo'lishi mumkin. Shuning uchun yuqumli kasalliklar
asorati bilan tug'ilgan chaqaloqlar qattiq nazorat ostida bo'lishi,
aseptika va antiseptika choralari ko'rilib, yaxshi parvarish qilinishi
zarur.
Agar yiringli piodermiyani mahalliy davolay olinsa, unda
puzirchatkani davolash umumiy tartibda olib boriladi, (antibiotik-
lar, organizmni um um iy chiniqtirish).
Kindik yarasini
(omfolit)
davolash o'sha joyning o ‘zi yoki
umumiy davolashdan iborat. Bunday paytda antibiotikoterapiya,
umumiy chiniqtirish bilan birga kindik yarasi 70° li spirt, 5% li
permanganat eritmasi bilan yuviladi.
Sepsis holatda vitaminoterapiya (С, B,, B12, B6) va bakterial
floraga sezuvchanlik holatiga qarab antibiotiklardan foydalanib,
kuchli infuzion terapiya o'tkaziladi. Y urak-tom ir preparatlari
yuboriladi, shuningdek, kasallikka qarshilik ko'rsatish vositalaridan
foydalaniladi
104
Kasallikni davolashda ona suti bilan boqishning tashkil qilinishi
katta ahamiyatga ega. Tug‘uruqxonada o‘z vaqtida sanitariya-gigiyena
va epidemik kurash kuchaytirilsa, har qanday yuqumli kasallikka
chalinish xavfi keskin kamayadi. Bolaning yuqumli kasalliklarga
qarshi immunitetini oshirish, ona ko‘kragiga ertaroq berish, xavfli
guruhga moyil chaqaloqlarni o‘z vaqtida aniqlash, tug'uruqxonadagi
infeksiya m anbayini y o ‘qotish kabi c h o ra-tad b irlar yuqum li
kasalliklar bilan asoratlanishning oldini oladi. Chaqaloqda yuqumli
kasallik paydo bo‘lsa, zudlik bilan alohida palataga qo'yish kerak.
Bunday chaqaloqni parvarish qilish uchun alohida ham shira
tayinlanadi.
H om ilador ayolning jinsiy a ’zolaridagi yuqumli kasalliklar
chaqaloqning chilla davri kasalliklariga asos bo ‘ladi. Bunday holat
2—10 % tug'gan ayolda uchraydi. Tug‘gandan keyingi davrda
bachadonning ichki devori kasallik manbayi b o ‘lib xizmat qiladi.
Bachadon bo‘yni yirtilishi, oraliq va qinning yirtilishi tug‘uruq
shikastlari hisoblanib, kasallik boshlanishiga sabab b o ‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |