Akusherlik va ginekologiyada hamshiralik ishi



Download 13,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/175
Sana19.02.2022
Hajmi13,22 Mb.
#458745
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   175
Bog'liq
A.M. Fozilbekova. Akusherlik va genekologiyadan hamshiralik ishi

Katta jinsiy lablar 
{Labia majora) —
uzunasiga ketgan jinsiy 
yoriqni ajratib turuvchi 2 ta teri burm asidan iborat. O ldidan qov 
terisiga tutashib, orqa to m o n d an torayib borib, pastga tushadi va
5 - rasm. Ayol tashqi jinsiy a ’zolari:
/ —qov; 2—klitor; J —siydik chiqarish kanali; 4—qizlik parda; 5—qin 
og'zi; 6—kichik jinsiy lab; 7—katta jinsiy lab; S—orqa bitishma; P—oraliq; 
/0 —orqa chiqaruv teshigi.
20


o ‘rta chiziqda birikib, orqa bitishm a hosil qiladi. Jinsiy lablar tashqi 
yuzasi tu k bilan qoplangan, ichki yuzasida te r va yog1 bezlari 
joylashgan.
T ashqi jinsiy lablar orasidagi teshik 
jinsiy yoriq
 
deyiladi.
K atta jinsiy lablar pastki qism ida qin dahlizi katta bezlari — 
Bartolin bezlari joylashgan, orqa bitishma bilan to ‘g‘ri ichak orasidagi 
joy
oraliq
 
deb yuritiladi. O raliq m uskul — fassiyadan tuzilgan 
q atlam b o 'lib , ta sh q arid an teri b ilan q o p la n g an , te rid a o rq a 
bitishm adan orqa chiqaruv teshigigacha davom etadigan chiziq 
bo ‘lib, 
oraliq choti
 
deb yuritiladi. Tashqi tom on dan oraliq balandligi
3—4 sm ni tashkil etadi. Oraliq ichki tom onga qarab torayib boradi, 
chunki qin va to 'g 'ri ichak bir-biriga yaqinlashib boradi.
Kichik jinsiy lablar 
(Labia minora pudendi) —
uzunasiga 
joylashgan ikki ju ft teri burm alari b o 'lib , katta jinsiy lablar ichida 
— uning asosida yotadi. Old to m o n d an kichik jinsiy lablar ikkiga 
b o 'lin ib , ikki ju ft oyoqcha hosil qiladi. O ld juftlik klitor ustidagi 
o 'rta chiziqda birikib, kichik bo 'rtm a — klitoming chekka kertmasini 
hosil qiladi. O yoqchalarning ikki jufti klitor ostida birikib, klitor 
yuganchasini hosil qiladi. O rqa to m o n d a n kichik jinsiy lablar 
nafislanib borib, katta jinsiy lablar ro'parasida unga qo'shilib ketadi.
K litor 
(Clitoris) —
ik k ita g 'o v a k s im o n ta n a d a n ib o ra t 
konussim on tuzilm a. K litor jinsiy yoriqning old burchagida kichik 
d o 'm b o q c h a sh ak lid a tu rtib ch iq ib tu ra d i. K lito r b o sh c h a , 
g'ovaksim on tan a va oyoqchalardan iborat. U tom irlar va nervlarga 
boy a ’zodir, terisida ju d a k o 'p nerv uchlari joylashgan. K litor 
jinsiy sezish a ’zosi hisoblanadi.
Qin dahlizi 
(Vestibulum Vaginali) —
old to m o n d an klitor, 
orqadan jinsiy lablar orqa bitishm asi, yon to m o n d an kichik jinsiy 
la b la r ich k i yuzasi b ila n c h e g a ra la n g a n b o 's h liq d a n ib o rat. 
Y uqoridan — qin to m o n d an qizlik parda bilan chegaralanadi. Q in 
dahliziga siydik ch iq arish kan alin in g tash q i teshigi, B artolin 
bezining chiqarish yo'llari ochiladi.
Qizlik parda 
(Humer) —
b irik tiru v ch i to 'q im a d a n ib orat 
bo'lib, qizlarda qinga kirish teshigini berkitib turadi. Tashqi va ichki 
qin to m o n d an yassi epiteliy bilan qoplangan b o 'lib , biriktiruvchi 
to 'q im a, m ushak tolalari, to m ir va nervlar h am joylashgan. Q in 
teshigi h ar xil shaklda bo 'lg an i u ch u n qizlik p ard a ham turli xil: 
aylana, yarim oysim on, tishli, naysim on shaklda b o'lad i.
Birinchi jinsiy aloqa vaqtida qizlik parda yirtilib, undan geminal 
so'rg'ichlar qoladi. Tug'uruqdan keyin qizlik parda bir-biridan ajrab 
ketgan parchalari m irtasim on so 'rg 'ic h la r deyiladi.
21



Download 13,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish