Akula va skatlarning ichki va tashqi tuzilishi, ko’payishi va rivojlanishi



Download 0,93 Mb.
bet5/10
Sana09.04.2022
Hajmi0,93 Mb.
#539805
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
akula va skatlar

Kitsimon akula (Rhincodon typus) hozirgi baliqlarning eng yirigi hisoblanadi. Uning boshi kichik, og'zi boshining uchida joylashgan. Mayda baliqlar va plankton bilan oziqlanadi. Atlantika, Hind va Tinch okeanlarining subtropik va tropik qismida tarqalgan. Tuxum qo'yib, ko'payadi.
Tikanli akula, ya'ni katran (S q u a lu s a ca n th ia s) eng k en g tarqalgan akulalardan biri bo'lib, Qora, Barens, Oq, Yapon va Bering dengizlarida uchraydi. Arktika va Atlantika suvlarida esa uchramaydi. Bu akula dengizning sohilga yaqinroq joylarida to'da bo'lib ko'chib yuradi. Uzunligi 2 m gacha og'irligi 14 kg gacha keladi. Go'shti m azali bo'lgani uchun ovlanadi. Tikanli akula tirik tuxum qo'yib, ko'payadi.
Seldsimon akula (Lamna nasus) Atlantika okeanining shimoliy qismi, O'rta yer dengizida ko'p uchraydi, tropik mintaqada uchramaydi. Uzunligi odatda 1,5 —2,5 m keladi. To'da bo'lib yashovchi baliqlar (seld, sardina, skumbriya) va boshoyoqli molluskalar bilan oziqlanadi. Tirik tug'ib, ko'payadi. Go'shti uchun ovlanadi.
Arraburun akula (O ristiophorus japonicu s) suv tubida sekin harakatlanuvchi baliq hisoblanadi. Jag'lari cho'ziq va yassi qilichsimon tumshuqqa aylangan. Tumshug'i ikki yonida joylashgan yirik tishlari ikki tomoni tishli arrani eslatadi. Mayda baliqlar hamda suv tubidan uzun tumshug'i yordamida kovlab oladigan bentos hayvonlar bilan oziqlanadi. Tirik tug'ib, ko'payadi. Tinch va Hind okeanlaming iliq suvlarida uchraydi.
Dengiz avliyosi (Squatina squatinajning uzunligi 2,4 m ga yaqin. O'rta yer dengizi va Yevropaning A tlantika okeani qirg'oqlarida uchraydi. Tanasi, yassi boshning old in gi tom oni yum aloq, ko'krak suzgichlari juda keng. Tana shakli skatlarga o'xshab ketadi. Suv tubida hayot kechiradi. Umuman, akulalar turkum iga 2 5 0 - 3 0 0 ga yaqin tur kiradi.
    1. Akulalarning ichki va tashqi tuzilishi.


1.2. Tog’ayli baliqlar sinfi. Vakillari asosan dengiz va okeanlarda yashaydi. Tog`ayli baliqlarning tuzilishi ko`ppak akula misolida berilgan (25-rasm). Uning bo`yi 1 m ga boradi. Gavdasi uzunchoq. Boshining uchida qazg`ichi bor. Boshining yon tomonlarida 5 juftdan jabra yoriqlari joylashgan. Ko`zlarining orqasida ikkita halqumga ochiladigan sachratqichlari bo`ladi. Gavdaning ostki tomonida dumning oldida kloaka bor. Dum suzgich qanoti teng pallali bo`lmaydi, ya’ni ustki pallasi pastkisiga nisbatan katta bo`ladi. Bunday dum suzgich qanoti geteroserkal dum deyiladi. Gavdaning oldingi yon tomoniga gorizontal joylashgan juft ko’krak suzgich qanoti, orqa qismining qorin tomonida esa juft qorin suzgich qanoti joylashgan.


25 — rasm. Akulaning tashqi va ichki tuzilishi.
A — tashqi tuzilishi:
1 — tumshug’i (rostrumi), 2 — ko’zi, 3 — sachratg’ichi, 4 — og’iz teshigi, 5 — burun teshigi, 6 — jabra yoriqlari, 7 — yon chiziq organi teshiklari, 8 — kloakasi,
9 — ko’krak suzgich qanoti, 10 — qorin suzgich qanoti, 11 — orqa suzgich qanoti,
12 — dum suzgich qanoti;
B — ichki tuzilishi: 1 — burun teshigi, 2 — og’iz teshigi,
3 — jabralari, 4 — tashqi jabra teshiklari, 5 — venoz qo’ltig’i, 6 — yurak oldi bo’lmasi, 7 — yurak qorinchasi, 8 — arterial konusi, 9 — qorin aortasi, 10- olib keluvchi jabra arteriyasi, 11 — oshqozonning kardial qismi, 12 — oshqozonning pilorik qismi, 13 — ingichka ichak, 14 — ichi yorilgan spiral klapanli yo’g’on ichagi, 15 — to’g’ri ichak, 16 — rektal bezi, 17 — kloakasi, 18 -jigari, 19 — o’t pufagi, 20 — o’t yo’li, 21 — oshqozon osti bezi, 22 — talog’i, 23 — buyragi, 24 — urug’ yo’li, 25 — qorin juft suzgich qanotining kopulyativ o’simtasi, 26 — qalqonsimon bez, 27 — urug’don.
Tog`ayli baliqlarning tashqi va ichki tuzilishi. Tog`ayli baliqlarning tuzilishini ko`ppak akula misolida ko`rib chiqamiz.
Tashqi ko`rinichi. Bo`yi 1 m ga boradi. Gavdasi uzunchoqyoy shaklida bo`ladi. Boshining uchida kazgichi bor. Boshining yon tomonlarida 5 juftdan jabra yoriqlari joylashadi. Ko`zlarining orqasida ikkita xalqumga ochiladigan sashratqilari bo`ladi. Gavdaning ostki tomonida, dumning oldida kloaka bor. Dum suzgich qanoti teng pallali bo`lmaydi, ya’ni ustki pallasi pastkisiga nisbatan katta bo`ladi. Bunday dum suzgich qanoti getyerosyerkal dum deyiladi. Gavdaning oldingi yon tomoniga gorizontal joylashgan juft ko`krak suzgich qanoti, orqa qismining qorin suzgich qanoti joylashadi. erkaklarining qorin suzgich qanotlarini bir qismi o`zgarib, ko`pulyativ organga aylanadi. Orqasining keyingi tomonida toq orqa suzgich qanoti joylashgan. Qorin suzgich qanotining orqa tomonida toq orqa suzgich qanoti bo`ladi. Og`iz teshigi boshning ostki tomonida ko`ndalang joylashadi. Og`izninig ustki tomonida bir juft burun teshigi bor.
Teri qoplagichlari. Epidyermisi ko`p qavatli bo`lib, bir hujayrali bezlarga boy, chin teri tolali biriktiruvchi to`qimadan tuzilgan. Terisi plakoid tangacha bilan qoplangan. Bu tangacha plastinka shaklida chin terida joylashgan. Tangacha suyakka yaqin dentin degan moddadan tuzilgan, konusi esa maxsus emal moddasi bilan qoplangan. Plakoid tangachalar jag’ga o`tar ekan, chin tishlarga aylanadi. Bosh bilan tananing ikki yon tomonida yon chiziq sezuv organi bor.
Skeleti faqat tog’aydan iborat bo`lib, quyidagi bo`limlarga ajratiladi:
1) o`q skeleti,
2) bosh skeleti,
3) juft suzgich qanotlar skeleti,
4) toq suzgich qanotlar skeleti.
O`q skeleti bir nechta umurtqalarning o`zaro qo`shilishidan hosil bo`lgan umurtqa pag’onasidan iborat. Umurtqalarning ichida va umurtqalar orasidagi bo’shliqda xorda joylashadi. Gavdaning tana bo`limidagi umurtqalilarni yon tomonlaridan ko`plab turadi.
Bosh skeleti ikki bo`limdan: miya qutisi va vissyeral skeletdan tashkil topgan. Miya qutisi eshituv, ko`ruv va hidlov organlari, tog’ay kapsulalarihamda kazgish burun skeletlaridan tashkil topgan bo`lib, bu kapsulalar bosh miyani hamma tomondan himoya qilib turadi. Miya qutisining pastki tomoni paraxordali va trabekula tog’ay plastinkalaridan topgan.
Vissyeral skelet jabra yoyi, til osti yoyi va jag’ yoylaridan tuzilgan. Jabra yoylari to`rt juft va bitta toq tog’aylardan hamda jabra to`siqlarni to`tib turadigan tog’ay shulalardan iborat.
Til osti yoyi juft ustki giamandibo`lyar tog’aydan: uning ostida joylashgan gioid tog’aydan hamda toq ko`pula tog’aylaridan tashkil topgan.
Jag’ yoyi ustki tanglay- kvadrat tog’aylaridan va pastki juft mekkel tog’ayidan iborat. Jag’ yoyi tog’aylarining oldida bir juftdan lab tog’aylari bo`ladi.
Juft suzgich qanotlar skeleti erkin suzgich qanotlar skeletidan va kamar skeletidan tashkil topgan.
Ko`krak suzgich qanotlar kamari yokiy elka kamari akula gavdasining ikki yoydan va pastki tomonidan o`rab oladigan yaxlit tog’ay yonidan iborat. Yoyning o`rtasida birikish yuzasi bo`lib, bunga erkin suzgich qanot skeleti birikadi. Shu yoydan yuqori qismi kurak, pastki qismi korakoid bo`limlari deyiladi. Ko`krak suzgich qanotining erkin skeleti uch bo`limdan iborat. Ko`krak suzgich qanotining kamariga tegib turgan qismi uchta tog’ay – bazalilardan, bazalilarga birikkan tayoqsimon radialilardan va bularga birikkan uzun elastik ishlardan tashkil topgan.
Qorin suzgich qanotlarining kamar skeleti yoki chanoq kamari tayoqchasimon tog’aydan iborat. Qorin suzgich qanotining erkin skeletida faqat bitta bazaliya bo`ladi. Bazaliyaning tashqi chetiga radialilar birikadi.
Nerv sistemasi. Bosh miyasi nisbatan katta. Nerv moddasi oldingi miya yarim sharlarini tagida, yon tomonlarida va hatto qopqog`ida ham bo`ladi. O`rta miya yaxshi rivojlanmagan, miyachasi yirik. Bosh miyadan 11 juft nervlar chiqadi.
Sezuv organlari. Juft ko`zlari tipik tuzilgan bo`lib, shox pardasi yassi, ko`z gavhari sharsimon bo`lib, ustki va pastki qovoqlari yo`q. Eshituv organi uchta yarim naysimon kanaldan tuzilgan ichki quloqdan iborat. Hid biluv xaltachalari juft. Tashqi burun teshiklari og`iz teshigining oldiga ochiladi. Akulalar hidni 400-500 m masofadan sezadi. Yon chiziq organlari teri ostiga o`rnashib, yon chiziq kanalini hosil qiladi.
Hazm qilish organlari. Hazm organlari og`iz bo`shlig`iga olib kiradigan og`iz teshigidan boshlanadi. Jag’larida plakoid tangachaning o`zgarishidan hosil bo`lgan konussimon tishlari joylashgan. Xalqumga yana sachratqich ham ochiladi. Xalqum q`izilo`ngachga, q`izilo`ngach esa Oshqozonga ochiladi. Oshqozon ingishka ichakka ochiladi. Shu joyda oshqozon osti bezi joylashadi. Yug`onichakning diametri ancha keng va ichida spiral klapini bor. Bu ichakning so`rish yuzasini kengaytirish uchun xizmat qiladi. Yo`g`on ichak kloakaga ochiladi. Tana bo`shlig`ida taloq joylashgan.
Tog`ayli baliqlarning uch pallali jigari gavda massasining 14-25% ini tashkil qiladi. Tog`ayli baliqlarning jigarida juda ko`p yog` zaxirasi to`planadi. Yog` zaxirasi jigar massasining 60-70% ini tashkil qilib, nafaqat baliqning enyergiya zaxirasi, balki gidrostatik organ vazifasini o`taydi, ya'ni gavdaning suzuvchanlik qobiliyatini oshiradi. Baliqlarning jigarida hayvon kraxmali - glikogen va vitaminlar to`planadi.
Nafas olish organdari. Tog`ayli baliqlarning tilosti va jabra yoylariga jabralararo to`siqlar birikadi. Bularning yon tomonlariga ektodyermadan kelib chiqqan jabra yaproqlari joylashadi. Besh juft jabra yoriqlarida to`rtta jabra bo`ladi, chunki beshinchi jabra yoyida jabrasi bo`lmaydi. Har bir jabralararo to`siqning asosidan jabraga olib keluvchi jabra yaproqlarida kapillyarlar tarmoqlanadi.
Tog`ayli baliqlar nafas olganda halqum kengayadi va og`iz teshigi orqali halqumga suv kiradi. Suv jabra yaproqlarini yuvib, tashqi jabra bo`shlig`iga o`tadi. Bunda suv bosimi tashqaridan jabralararo to`siqni qisadi va jabralararo to`siq tashqi jabra yoriqlarini bekitadi. Nafas chiqarilganda jabra yoylari ikkala tomondan o`zaro yaqinlashadi, bunda halqumning hajmi kichrayadi, jabra yaproqlari bir-biriga yaqinlashib, suvning halqumga qarab oqishiga to`siq bo`ladi. Tashqi jabra bo`shlig`ida suv bosimining oshishi jabralararo to`siqning klapinlarini ko`taradi va suv tashqariga oqib chiqadi. Bu jarayonni halqum devoridagi muskullar va jabra muskullari bajaradi.
Qon aylanish sistemasi. Tog`ayli baliqlarning umumiy qon aylanish sistemasi to`garakog`izlilarning qon aylanish sistemasiga o`xshash, lekin ulardan ayrim xususiyatlari bilan farq qiladi. Hamma suvda yashovchi tuban umurtqalilar singari bitta qon aylanish doirasi bor, yurakda vena qoni bo`ladi. Yuragi, yurak bo`lmasi, yurak qorinchasi hamda yurak bo`lmasining ustida joylashgan vena sinusi va yurak qorinchasidan keyin joylashgan arterial konusdan tashkil topgan. Arterial konusning devori ko`ndalang-targ`il muskuldan tuzilgan. Shuning uchun arterial konus va yurak qorinchasi muskullarining navbatlashib qisqarishi qon oqimini tezlatadi.
Arterial konusdan qorin aortasi boshlanadi va besh juft jabraga olib keluvchi arteriyalarga ajraladi. Jabra yaproqparida oksidlangan arterial qon jabradan olib ketuvchi arteriyalarga yig`iladi. Bularning oldingisidan boshni toza qon bilan ta'minlovchi umumiy uyqu arteriyasi chiqsa, qolganlari toq orqa aortaga yig`iladi. Orqa aorta umurtqa ostida joylashadi. Yelka kamari atrofida orqa aortadan juft o`mrovosti arteriyasi chiqib, qonni jabra apparatiga va ko`krak suzgich qanotlariga olib boradi. Keyin orqa aorta tananing hamma ichki organlarini qon bilan ta'minlab, dum arteriyasi bilan tugaydi.
Vena qoni dum vena bilan tana bo`shlig`iga kiradi va chap va o`ng buyrak qopqa venalariga bo`linadi hamda kapillyarlarga ajralib, buyrak qopqa sistemasini hosil qiladi. Buyraklardan chiqib, chap va o`ng kardinal venalarga quyiladi. Tana bo`shlig`ining yon devorlari bo`ylab juft yon venalar qonni qorin suzgich qanotlaridan va tana bo`shlig`i devorlaridan to`playdi. Yurak atrofida juft o`mrovosti venalari bilan qo`shiladi. O`mrovosti venalari qonni ko`krak suzgich qanotlaridan olib keladi. Bosh qismidan vena qoni juft oldingi kardinal venalarga va juft pastki bo`yinturuq venaga to`planadi. Oldingi va keyingi kardinal venalar va pastki bo`yinturuq venalar qo`shilib, Kyuve yo`lini hosil qiladi, bu vena sinusiga quyiladi.
Hazm qilish yo`lidan (oshqozon, ichak) va taloqlardan vena qoni yig`ilib, jigar qopqa venasiga to`planadi. Bu jigarga kirib, kapillyarlarga ajraladi va jigar qopqa sistemasini hosil qiladi. Undan jigar venasi nomi bilan vena sinusiga quyiladi.
Ko`payish organlari. Tog`ayli baliqlar ko`pulyativ organi yordamida ichki urug`lanishi va sariqlik moddasiga boy bo`lgan yirik, lekin kam tuxum qo`yishi yoki tirik tug`ishi bilan boshqa baliqlardan farq qiladi. Shu munosabat bilan birlamchi chiqarish yo`llari — Myullyer va Volf naylari kuchli taraqqiy etgan. Juft tuxumdonda pishib yetilgan tuxum hujayra gavda bo`shlig`iga tushadi. U yerdan tuxum yo`li — Myullyer nayiga o`tadi. Tuxum yo`lining keyingi qismi kengayadi, bunga bachadon deyiladi. Bu kloakaga ochiladi. Erkaklarida juft urug`donda pishib yetilgan urug` hujayralari urug` yo`liga — Volf kanaliga tushadi. Shunday qilib, Volf nayi ham, siydik yo`li ham urug` yo`li vazifasini bajaradi.
Ayirish organlari. Ayirish organi bo`lib qorin buyragi mezanefros xizmat qiladi. Ularning chiqaruv yo`llari vazifasini Volf kanallari bajaradi va kloakaga ochiladi. Urg`ochisining tuxumdoni tuxum yo`li bilan qo`shilmagan.
Juft urug`donining kanallari buyrakning oldingi bo`limi bilan qo`shilgan. Urug`don kanallari buyrak orqali o`tib Volf kanaliga quyiladi. Shunday qilib, erkaklarida Volf kanali ham siydik yo`li ham urug` yo`li vazifasini bajaradi. Volf kanallari ham kloakaga ochiladi.


    1. Download 0,93 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish